Spirtlar. To’yingan bir atomli spirtlarning nomenklaturasi, izomeriyasi va olinishi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə2/7
tarix10.05.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#109487
1   2   3   4   5   6   7
2-MAVZU

Olinish usullari. Spirtlar, asosan, quyidagi usullarda olinadi:

  1. Murakkab efirlarni gidroliz qilib olinadi:



2. Galoid birikmalarga ishqorlarning suvli eritmasi ta’sir ettirib olinadi:
3. Etilen uglevodorodlarga temperatura va katalizator – sulfat kislota
i
shtirokida suv ta’sir ettirib olinadi(Gidratlash reaksiyasi):
Etilenning gomologlari gidratlanganda ikkilamchi yoki uchlamchi spirtlar ham hosil bo‘lishi mumkin. Alkenlarga suv Markovnikov qoidasiga muvofiq birikadi. Qo‘shbog‘ tutgan uglerodlarning vodorod atomlari ko‘p bo‘lganiga vodorod, vodorodlar soni kam bo‘lgan uglerodga esa gidroksil guruhi birikadi. Bunda, masalan, propilendan ikkilamchi propil spirti hosil bo‘ladi:

2-metil propilendan esa uchlamchi spirtlar hosil qilinadi:


4. Sanoatda metanol sintez gazi (CO+2H2)dan olinadi. Reaksiya yuqori


h
arorat, bosim va katalizator ishtirokida boradi.
Fizik xossalari. Spirtlarning dastlabki to‘rt vakillari suyuqliklar bo‘lib o‘ziga xos hidga ega. Yuqori spirtlar (C12H25OHdan boshlab) qattiq moddalardir va ular suvda amalda erimaydilar. Spirtlarning molekular massasi ortishi bilan qaynash temperaturasi ham ortib boradi.
Тegishli uglevodorodlarga qaraganda spirtlarning qaynash harorati anchagina yuqori. Bunga sabab spirtlarda molekulalararo vodorod bog‘lanishning borligidir. Spirtlar va suv molekulalarida vodorod bog‘ kislorod atomlaridagi erkin elektron juftlar hisobiga hosil bo‘ladi: bir molekuladagi kislorod atomi boshqa molekuladagi vodorod atomi bilan o‘zaro molekulalararo vodorod bog‘lanish hosil qiladi.
Vodorod bog‘lar spirt molekulalari o‘rtasida ham, shuningdek, spirt bilan suv molekulalari o‘rtasida ham yuzaga kelishi mumkin.

Shuning uchun ham spirtlarning qaynash harorati yuqori bo‘ladi. Spirtlarning


qaynashi uchun sarflanadigan asosiy issiqlik vodorod bog‘ning uzilishiga va molekulalarning bir-biridan ajralishiga sarflanadi.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə