|
Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, vazifalari va metodiTanlash muammosi. Alternativ xarajatlar
|
səhifə | 3/5 | tarix | 22.12.2022 | ölçüsü | 21,33 Kb. | | #97712 |
| Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, vazifalari va metodi3.Tanlash muammosi. Alternativ xarajatlar
Iqtisodiy resurslarni cheklanganligi va insonlar ehtiyojlarining cheklanmaganligifundamental iqtisodiy muammoni – tanlash muammosini keltirib chiqaradi. Turli xil talab va ehtiyojlarni qondirish uchun inson ulardan birini tanlashi va iqtisodiy resurslarni to‘g‘ri taqsimlashi zarur.
Resurslar – inson uchun kerakli bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan moddiy ne’matlar va xizmatlar yig‘indisidir.
Ularni ikkiga bo‘lish mumkin : Erkin va iqtisodiy.
Erkin resurslar – cheklanmagan hajmda mavjud: masalan, havo, quyosh energiyasi, shamol energiyasi.
Iqtisodiy resurslar – qisman chegaralangan. Ulardan foydalanganda xarajatlarni qoplash majburiyati mavjud.
Erkin va iqtisodiy resurslar bir – biriga aylanishi mumkin: masalan, suv. Bir vaqtning o‘zida erkin va iqtisodiy bo‘lishi mumkin. Qum (qurilishda yoki dengiz bo‘yida).
Shuning uchun bu resurslarni optimal ravishda taqsimlash va samarali foydalanish shart. Iqtisodiy resurslar (ishlab chiqarish omillari) – quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘linadi :
Mehnat resurslari, mehnat
Investitsion resurslar, kapital
Tabiiy resurslar, yer
Tadbirkorlik iqtidori, qobilyati va salohiyati.
Axborot resurslari
Bilim, boshqaruvchanlik qobiliyati.
Mehnat – aqliy va jismoniy qobiliyat orqaliiqtisodiy ne’matlarni yaratish bo‘yicha insonning faoliyati.
Investitsion resurslar -ilgari inson mehnati orqali yaratilgan ne’matlar.
Real kapital – iste’molchilar uchun xizmatlar ko‘rsatishda tovarlar ishlab chiqarish va tashishda foydalaniladigan binolar, stanoklar, mashinalar, asbob – uskunalar, vositalar, inshoatlar va boshqalar.
Moliyaviy kapital – (ular, obligatsiyalar, bank depozitlari va pullari) ishlab chiqarish omillariga kirmaydi, chunki real ishlab chiqarish bilan bog‘liq emas, faqatgina real kapitalga erishishda foydalaniladigan bir vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|