O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»



Yüklə 7,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/146
tarix23.05.2023
ölçüsü7,06 Mb.
#112204
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   146
UMK 3-kurs Nazariya 2022

3.
 
O‘quvchilar jismoniy madaniyati mashg‘ulotlarining dars shaklini tashkil etish 
va darsning vazifalari 
Maktab jismoniy tarbiya darsi (o‘quv ishlari) - o‘quvchi jismoniy tarbiyasini tashkillash 
mashg‘ulotlarining asosiy shakllaridan biri bo‘lib, maktabning o‘quv rejasida jismoniy 
madaniyat darsi sifatida, o‘quv xaftasining ikki kuniga (darslar oralig‘iga ketma-ket - dushanba, 
seshanba kunlari qo‘yilmay), dars oralig‘idagi kunlar teng qilib qo‘yilishi qoidaga aylantirilishi 
lozim. Barcha siniflar va o‘quv guruhlarida dars jadvali asosida majburiy, maktab ―Jismoniy 
madaniyat‖ darsi shaklida, maxsus ma‘lumotga ega bo‘lgan mutaxassis tomonidan o‘tkaziladi va 
jismoniy madaniyat davlat dasturi o‘quv materialini o‘qitish jarayoni yo‘lga qo‘yiladi. 
Maxsus adabiyotlarda umumiy ta‘lim maktabida jismoniy madaniyat darsiga quyidagicha 
ta‘rif berilgan: ―dars - jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarining tizimli shakli bo‘lib, u yoshi, 
jismoniy rivojlanganligi va jismoniy tayyorgarligi bir biriga yaqin kontingent bilan, belgilangan 
vaqt (30,35,40,45,60,80 daqiqa) ichida o‘tkaziluvchi, dastur mavzularini o‘qitishning majburiy 
mashg‘ulotidir‖ (B.A Ashmarin,1978). 
Jismoniy madaniyat darsi umumiy ta‘lim maktablari, akademik litseylar, gimnaziyalar, 
kasb-xunar kollejlari, texnikumlar, oliy o‘quv yurtlari, va boshqa o‘quv muassasalaridagi 
mashg‘ulotlarning boshqa tiplaridan o‘zining umumiy maqsadi va darsda hal qilinadigan 
umumiy va xususiy vazifalari bilan farqlanadi. 
O‘quv ishlari umumiy ta‘lim maktabida taxsil olish yillari davomida olib boriladi, u bir 
yoki birnecha yillik emas. Mazmuni va tashkillanishini turli tumanligi bilan xarakterlanadigan 
amaldagi jismoniy madaniyat darslari turli hilda turkumlanadi hamda jismoniy tarbiya 
ta‘limining bu yo‘nalishidagi belgilangan aniq vazifalarni hal qiladi. Darsning maqsadi esa 
o‘quv choragining qator darslarida, o‘quv choraklaridagi hamda o‘quv yili davomida xal 
qilinishi belgilab qo‘yiladi. Darsning umumiy va xususiy vazifalari esa har bir darsda xal 
qilinadi. 
Darslardagi o‘qitilishi lozim bo‘lgan o‘quv materiali oldin o‘qitilgan, o‘rgatilgan 
harakatlar bilan va keyin o‘qitiladiganlari uzviy bog‘lanishda bo‘lishi, boshqachasiga aytganda 
harakat texnikasining asosi, zvenolari yoki ularning ayrim qismi, o‘sha qismining bo‘lagi (detali) 
o‘zaro bog‘langan bo‘lishini taqazo etadi. Harakatlar alohida tuzilmalar tarzida o‘zining 


20 
texnikasining asosi, zvenolari va uning detallaridan tashkil topishi jismoniy madaniyat 
nazariyasining qonuniyatlaridan biridir. 
Harakatlarni o‘qitish - o‘zlashtirish o‘ziga xoslikga ega. Shuning uchun ularni o‘qitadigan 
xar bir dars o‘zining tuzilishini mavzuga moslab alohida rejalashtirishni taqazo etadi va harakat, 
jismoniy mashqlarni o‘rgatish uslubiyotlarini qo‘llash, tayyorlov va yo‘llanma beruvchi 
mashqlardan maqsadli foydalanish, boshqachasiga aytganda darsning mazmunini ishlash - 
rejalashtirish belgilangan tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Jismoniy madaniyat darslarining 
harakterli tomonlaridan yana biri uni maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis tomonidan 
tashkilanishi, jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarligi taxminan bir-biriga yaqin kontingent 
bilan bir necha yilga mo‘ljallangan dastur asosida o‘qitilishi hamda ma‘lum tizimga solingan 
jadval asosida tashkillanishidir. 
Akademik L.P. Matveevning (1991) darsligida ―...jismoniy madaniyat darsi umumiy 
jismoniy madaniyati, kasb-xunar jismoniy tayyorgarligi va tanlangan sport turi bo‘yicha sport 
mahoratini oshirish maqsadidagi akademik mashg‘ulotlarning tizimli va nisbatan tejamli, 
samarali shaklidir‖ degan tarifi xam mavjud. 
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarining asosiy shakli xisoblangan darsni 
jismoniy tarbiya jarayonining boshqa tipik mashg‘ulot formalaridan farqini bilishning ahamiyati 
muhim. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarining darsdan tashqari shakllari 
darsga taqqoslanganda ular o‘zining davriyligi, tizimli emasligi, faqat bir marotabaliligi yoki 
individualligi bilan akademik darslardan farqlanadi. 
Odatda mashg‘ulotlarning yuqorida qayd qilingan darsdan tashqari shakllari darsni 
boyitadi va uni xususiy va umumiy vazifalarini har tomonlama hal qilishda, ularni to‘ldirish 
uchun qo‘shimcha omil sifatida xizmat qiladi. Darsdan tashqari, oilada tashkillanadigan yoki 
maktabda sinfdan tashqari vaqtda tashkillanadigan mashg‘ulotlar o‘qituvchilarning jismoniy 
madaniyati bo‘yicha ma‘lum darajada talablarini qondiradi xolos. Mamlakatimizning umumiy 
ta‘lim maktablaridagi jismoniy madaniyat darslari DTSlari talablari bilan muvofiqlashtirilgan. 
Jismoniy tarbiyada o‘qitish jarayonning yakuniy natijalari «Jismoniy madaniyat» darslari 
orqali olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlarning sifati bilan bog‘liq. Bunga har bir dars 
zamiridagi qator vazifalarni hal etish bilan erishiladi. 
Hozirgi zamon jismoniy madaniyat darslarida ta‘lim berish (o‘qitish), tarbiyalash va 
sog‘lomlashtirishdek umumiy vazifalar
 
hal qilinmoqda. Qayd qilingan umumiy vazifalar ta‘lim 
jarayonining ―tanishtirish‖, ―o‘zlashtirish‖, ―mustahkamlash‖ deb aniq belgilangan ta‘limiy 
etaplarining talablari asosida darsning xususiy vazifalari tarzida hal qilishga yo‘naltirilgan. 
Darsning ta‘lim berish vazifalari bolalarni jismoniy tarbiya dasturida tavsiya qilingan 
mashqlarni - tanishtirish, o‘zlashtirishga, o‘rganilgan mashqlarni mustahkamlash va 
takomillashtirishga, shuningdek, ularga oid endigina shakllangan malaka va ko‘nikmalarni 
mustaxkamlash, takomillashtirishga hamda o‘rganilgan mashqlarni turli sharoitda amaliyotda 
qo‘llash malakasiga ega bo‘lish va ularni tengdoshlariga o‘rgatishni bilish talabini qo‘yadi. 
Ta‘lim vazifalarini ratsional hal qilish jismoniy tarbaya dasturidagi o‘quv materiallarini 
izchil va mustahkam o‘zlashtirish bilan tugallanadi. 
Ta‘limning ayrim vazifalarini hal etish uchun nisbatan uzoq vaqt yoki qator ketma-ket 
darslar zarur bo‘ladi. 
Ayrim vazifalarni hal qilish uchun esa bir darsning o‘zi kifoya kelishi mumkin. Shunday 
holatlar ham kuzatiladiki, belgilangan kompleks vazifalarni hal qilish davomida hal qilinishi 
lozim bo‘lgan xususiy va boshqa xil vazifalar ham o‘z o‘zidan hal bo‘lishi jismoniy tarbiya 
ta‘limi jarayonida kuzatilgan. 
Masalan, arqonda ma‘lum usulda tirmashib chiqish (xayotiy-zaruriy harakat) va uni 
bajarishdagi harakatlar ketma-ketligini bir darsnnng o‘zida texnik jihatdan mukammal o‘rganib 
olish mumkin emas. Bu umumiy vazifa, buni hal qilish uchun ketma-ket turkum darslar lozim 
bo‘ladi. 
Qolaversa, uni o‘zlashtirishda samaraga erishish uchun shug‘ullanuvchini harakat 
koordinatsiyasining rivojlanganligi holati, jismoniy tayyorgarligining me‘yoriy darajasi, 


21 
individning o‘zlashtirish - harakatlarni muvofiqlashtira olish qobiliyatining yuqoriligi, 
ko‘rganini qabul qila bilish jihati, o‘zlashtirilayotgan harakatga o‘xshash yoki unga yaqin 
harakat zahiralarining o‘quvchida mavjualigi yetakchi ahamiyat kasb etadi. 
Arqonni oyoqlari bilan ushlab tirmashib chiqishni bir darsda o‘rgatish mumkin. Bu kichik 
xususiy vazifaligi uchun, uni mazkur darsning aniq xususiy vazifalaridan biri sifatida hal 
qilinadi. Yuqoridagilardan tashqari o‘quvchilarni jismoniy tarbiya va sport, sog‘liqni saqlash, 
chiniqtirish, jismoniy mashqlarni to‘g‘ri bajarish xaqidagi nazariy bilimlarini oshirish hamda 
jismoniy harakatlar texnikasini nazariy va amaliy malakalariga oid tushunchalarni berish, ularni 
kengaytirish, boyitish orqali ham ta‘lim jarayonining vazifalari ijobiy hal qilinadi. 
Jismoniy madaniyat darslarida faqat jismoniy tarbiya ta‘limi emas, balki insoniy fazilatlar 
- e‘tiborlilik, o‘z diqqatini boshqara olish, intizom, iroda, saranjomlilik, maqsadga intilish, 
mustaqillik va qiyinchiliklarni yengishdagi qat‘iyat va boshqalarni qo‘shib tarbiyalash jismoniy 
tarbiya ta‘limiga qo‘yiladigan yetakchi talablardir. 
Jismoniy madaniyat darsining sog‘lomlashtirish vazifalari ham tarbiya vazifalari kabi har 
bir darsda hal etilish lozim. Jismoniy madaniyat darslarini to‘g‘ri uyushtirish va o‘tkazish, 
tegishli kiyim bosh bilan shug‘ullanishni, mashg‘ulot joylarida zaruriy sanitariya-gigiena 
holatini saqlash va rioya qilish, darslarni ochiq havoda quyosh nuri, havo namligi va boshqa 
vositalardan foydalanib o‘tkazish, sog‘lomlashtirish vazifalarini ijobiy hal etish imkoniyatini 
yaratadi. 
Sog‘lomlashtirish vazifalari tarbiyalash, bilim berish vazifalari bilan qorishtirilib 
yuborilishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Sog‘lomlashtirish jarayonida jismoniy sifatlarni 
rivojlantirish vazifa qilib qo‘yilmaydi. Sog‘lomlashtirish jarayonida harakat sifatlarini 
tarbiyalashni vazifa qilib belgilamaslik bu jismoniy madaniyat nazariyasining qonuniyatlaridan 
biridir. 
Maktab jismoniy tarbiya darslari vazifalarini puxta o‘ylanganligi, uning mazmuni va 
tuzilishini mantiqan o‘zaro bog‘langan ketma-ketlikdagi vosita va metodlarini tanlash va amalda 
qo‘llashni ham oldindan belgilab olishning imkonini beradi. 
Maktab darsi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarining uyushtirish va 
o‘tkazishi nuqtai nazaridan bunday mashg‘ulotlarning boshqa xillaridan aytarli darajada qiyin. 
Chunki shugullanuvchi o‘quvchilarning tarkibi - kamida 30-35 nafar aralash o‘quvchilar (o‘g‘il 
bolalar va qizlar)dan iboratligi, ularning organizmini individuallik nuqtai nazaridan birini biriga 
o‘xshash bo‘lmagan xususiyatlari, jihatlari o‘qituvchiga har bir darsni o‘tkazishdan avval 
samarali izlanishlar qilish talabini qo‘yadi. 
Qolaversa, o‘qituvchi qo‘yilgan vazifalarni hal qilishning eng oson yo‘llarini topishga 
harakat qilishi, aynan shu darsga foydasi bo‘lmagan, ahamiyatiga ko‘ra keraksiz shablonlardan 
qochishining muhimligi, oldin o‘tkazilgan darslarning taxlili natijalari, hamkasblarining 
umumlashtirilgan boy tajribasi, innovatsiyalardan, yangi pedagogik texnologiyalar, uslubiy 
adabiyotlardan foydalanishi odatga aylanishi zaruriyatdir. 
Jismoniy madaniyat darsining samarasi ko‘pincha o‘qituvchining o‘quv ishlarini 
tashkillash va o‘tkazish uchun tuzgan rejalarining hayotiyligi, shug‘ullanuvchilar faoliyatini 
tashkillash uchun tanlangan usullari va uslubiyotlarining, ish joyidagi mavjud jihozlar va sport 
anjomlari, ularning texnik sozligi, mavjud sport inshootlaridan samarali foydalanishni bilishi, 
iqlim sharoiti, ayniqsa, haroratini xisobga olish o‘quvchilarning jismoniy rivojlanganligi, 
tayyorgarligi darajasini, ularning yoshi, individual xususiyatlarini hisobga olishdek jihatlari 
bilan bog‘liq. 
Darsni uyushtirish va uni moddiy-texnik ta‘minlanganligi qaraganda quyidagilar: - 
mashg‘ulot joyida tibbiy va gigiena yalroitini yaratish va unga rioya qilish; moddiy-texnik 
jihatdan ta‘minlash, jihozlar, anjomlarni talab darajadaligi; darsda o‘quvchilar faoliyatini 
tashkillash uslubiyotlarini to‘g‘ri tanlash orqali qo‘yilgan vazifani effektli hal qilinishi nazarda 
tutiladi. 


22 
Dars o‘tkazishning tibbiy-gigienik sharoiti o‘z ichiga: dars - jismoniy mashqlar bilan 
shug‘ullanishda yuzaga keladigan sog‘lomlashtirish effektini, bir butun kompleksli tadbirni, 
tibbiy gigienik holatni o‘z ichiga oladi. 
Mashg‘ulotlarni o‘tkazish joyining qat‘iyan belgilangan tibbiy-gigienik normalarga 
muvofiqlashtirish, sport zali uchun havo haroratining eng maquli 14° -16°C da bo‘lishi, 
tanaffuslarda maydonlarga suv sepilishi, sport zallarining shamollatilishi va boshqalarni 
darsning sog‘lomlashtirish vazifasini hal qilishdagi ahmiyati beqiyos. 
Inson o‘pkasidagi odatiy havo aylanishi (ventilyatsiyasi) havo almashishi minutiga 4 dan 6 
l. atrofida, yuqori intensivlikda bajarilayotgan mashqlarda (yugurish, sport o‘yinlari) organizmni 
havo yutishi 10 l. va undan ortiq darajadan eshishi mumkinligini e‘tiborga olsak mashg‘ulot 
joylaridagi toza havo uning ta‘minlanganligini ahamiyati muhim. Shunga ko‘ra iloji boricha 
darslarni ochiq havoda olib borish talabi qo‘yiladi. 
Ayniqsa, zaldagi jihozlar, anjomlar, matlar (gilamlar), polni tozaligi doimiy diqqat va 
e‘tiborni talab qiladi. Xar bir darsdan so‘ng zalning poli namlangan latta bilan, shuningdek 
jihozlar, matlarni artib chiqish zaruriyati mavjud. Mashg‘ulotlar tugagandan so‘ng esa 
shug‘ullanilgan joy ham tozalashni talab qiladi. Chunki tozalanmagan zal shug‘ullanuvchi 
sog‘ligiga katta putur yetkazadi. Eng avvalo nafas yo‘li, badan sport kiyimlarini kirlanishiga 
sabab bo‘ladi. 
Darsni moddiy texnik ta‘minlash deganda, darsning optimal zichligini ta‘minlashga, 
qo‘yilgan kompleks vazifalarni to‘laqonli hal qilishni kafolatlashga imkon beradigan, yetarli 
darajadagi o‘quv-tarbiya jihozlari, anjomlar va mashg‘ulot o‘tkaziladigan joy nazarda tutiladi. 
Hozirgi kunga kelib deyarli barcha maktablarning jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining 
tashabbusi bilan sport zallari va sport maydonlari, bir vaqtni o‘zida bir necha o‘quvchi 
shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan nostandart jihozlar, anjomlar va trenajerlar bilan jihozlanmoqda. 
Bunday jihoz va anjomlardan foydalanish dars zichligini ahamiyatli darajada yuqori qilib 
tashkillashga imkon beribgina qolmay, mashg‘ulotlardagi samaradorlikga ham ijobiy ta‘sir 
ko‘rsatmoqda. 

Yüklə 7,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə