48
49
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
«Sulfaprim» yosh qishloq xo’jalik hayvonlariga, qo’ylar va shimoliy bug’ularning pnevmoniyalari, kataral
bronxopnevmoniya, bronxit, laringit, angina, sepsis, nekrobakterioz kasalliklarida, parrandalarning
dispepsiya, gastroenteritlar, siydlik yo’llari yuqumli kasalliklari, salmonellyoz, pasterellyoz, respiratorli
mikoplazmoz, eymerioz kasaliklarida, va qo’zg’atuvchilari preparatning tarkibiy qismlariga sezgir bo’lgan
boshqa kasalliklarda qo’llanadi.
1 ta tabletka tarkibi:
Sulfamerazin
0,4 g
Trimetoprim
0,08 g
SULFAPRIM
Tabletkalar
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat 4-6 kun davomida sutkasiga
2 marta, hayvonning 15 kg tana vazniga 1
tabletka hisobidan ichish uchun belgilanadi,
bu 1 kg tana vazniga 30 mg faol substantsiya
miqdorida to’g’ri keladi. Tabletkalar yem,
ichimlik suvi bilan beriladi yoki bevosita
hayvonning til ildiziga beriladi.
Davolash jarayonida hayvonlarga suvni
bemalol ichish imkoniyati beriladi.
Parrandaga 3-5 kun davomida kuniga
2 marta, 12 soat oralig’ida 5 kg yemga 1,0 g
hisobida belgilanadi.
Sulfaprim antibiotiklar bilan birga
qo’llanishi mumkin. Bu holda preparatlarning
mikroblarga qarshi ta’sir doirasi va terapevtik
xususiyatlari ancha yaxshilanadi.
Antibakterial
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Preparatning tarkibiga kiruvchi sinergik ta’sir etuvchi tarkibiy moddalar uning mikroblarga qarshi yuqori
faolligini belgilab beradi. Preparat ko’pchilik gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarning, shu
jumladan salmonellalar, pasterellalar, esherixiyalarning rivojlanishini to’xtatadi, lekin zamburug’lar va
viruslarga nisbatan faol ta’sir etmaydi.
Preparat mikroorganizmlarda foliy kislotasining biosintez jarayonini buzadi.
Og’iz orqali ichilganda preparat oshqozon-ichak tizimidan oson so’riladi va a’zolarga va to’qimalarga kirib
o’zlashib, bakteritsid ta’sir ko’rsatadi. Qondagi maksimal konsentratsiya miqdori kiritishdan keyin 2-4 soat
o’tganda qayd etiladi. Davolaydigan konsentratsiyasi qonda 12 soat davomida tutib turiladi. Preparat
asosan siydik bilan chiqariladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Tavsiya etiladigan dozalarda nojo’ya ta’siri odatda kuzatilmaydi. Hayvonlarning
sulfanilamidlarga yuqori individual sezgirligi bo’lganda ishtaha yo’qolishi, ich ketishi va qusish bo’lishi
mumkin. Bu holda preparatni qo’llash to’xtatiladi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Qon hosil qilish a’zolarining kasalliklari, o’tkir gepatit, nefrit va preparatning
tarkibiy moddalariga yuqori sezgirlik holatlarida sulfaprim qo’llanishi taqiqlanadi.
Preparat sut emizayotgan hayvonlarga qo’llash taqiqlanadi.
KUTISH DAVRI:
Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin 7 kun,
parrandani 12 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan
avval so’yilgan hayvonlarning go’shti etxo’r hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini
ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida to’rt sutka o’tganda
hayvonlardan olingan sutni kishilarning oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi. Ushbu
muddat o’tishidan avval olingan sut qaynatib, hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatiladi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Hayvonlarning bakterial kasalliklarini davolash uchun vosita.
Ta’sir etuvchi moddalari sulfamerazin va trimetoprimdir.
QADOQLANISHI:
Individual polimer idishlarga (blisterlarga) 10 donadan tabletka
qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat ehtiyotlik bilan quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar
yeta olmaydigan joyda, 0°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
50
51
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
«Mastisan-A» yelin yallig’lanishlarining har xil shakllarini, yelin terisi va emchaklarning travmatik
jarohatlarini davolash uchun qo’llanadi.
5 ml preparat tarkibi:
Benzilpenitsillin
100 ming ME
Streptomitsin
100 ming ME
Sulfadimidin
350 mg
MASTISAN - А
Suspenziya
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparatni kiritishdan avval kasallangan yelin choragidan
sut sog’ib tashlanadi, emchak esa dezinfeksiyalanadi. Tyubik
yoki flakonning ichidagi dori 36°C - 39°C gacha isitiladi, bir jinsli
muallaq eritma olinguncha yaxshilab chayqatiladi va kasallangan
yelin choragiga emchak yo’li orqali preparatli tyubik ustiga burab
o’rnatiladigan yoki shprits kanyulyasiga kiydiriladigan elastik
plastmassa kateter yordamida kiritiladi. Preparat kiritilganidan
keyin kasallangan yelin choragining emchagini pastdan tepaga
ozgina uqalanadi.
Preparat kasallikning og’irligiga qarab, 5 dan 20 ml gacha
(1-4 ta doza) miqdorda kiritiladi. Zarur bo’lganda preparatni
kiritish har 24 soatdan keyin, yallig’lanishning belgilari to’liq
yo’qolmaguncha qaytariladi.
Yelin terisi va emchaklarning shilliq pardalari travmatik
jarohatlarini davolash preparatni jarohatlangan joyga surtish orqali amalga oshiriladi.
Antibakterial
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
«Mastisan-A» uning tarkibiga kiruvchi, sinergik ta’sir etuvchi mikroblarga qarshi vositalar bilan belgilab
berilgan keng doiradagi antibakterial ta’siriga ega. U gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga
(stafilokokklar, streptokokklar, proteylar, ichak tayoqchasi, salmonellalar, mikoplazmalar va boshqalar)
nisbatan faol ta’sir ko’rsatadi.
Kuchli ifodalangan yallig’lanishga qarshi va yarani tuzatuvchi ta’sirga ega. Tavsiya etilgan dozalarda
sezgirlikni oshiruvchi va mahalliy achishtiruvchi, embriotoksik, teratogen va mutagen ta’sir ko’rsatmaydi.
Organizmdan sut bilan birgalikda chiqariladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Kamdan-kam hollarda allergik reaktsiyalar kuzatiladi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparatni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar – preparatning tarkibiy
moddalariga individual yuqori sezgirlik hisoblanadi.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Davolash paytida kasallangan yelin choraklaridan sut alohida idishga
sog’ib olinadi, zararsizlantiriladi va yo’q qilinadi. Qolgan yelin choraklaridan sut qaynatilganidan
keyin hayvonlarga yediriladi.
KUTISH DAVRI:
«Mastisan-A» bilan davolangan yelin choraklaridan olingan sut, preparatning
oxirgi kiritilishidan keyin 3 sutka o’tganda, mastitning klinik alomatlari to’liq yo’qolganligi sharti
bilan (rangli reaksiya sinamasi va tindirish sinamasi bo’yicha sutning normal xususiyatlariga
erishganda) kishilar uchun oziq-ovqat sifatida ishlatiladi.
Davolash davrida so’yilgan hayvonlarning go’shti, brakka chiqariladigan yelinidan tashqari,
cheklovlarsiz oziq-ovqat maqsadida ishlatiladi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Hayvonlar mastitlarini davolash uchun majmuaviy preparat.
Faol moddasi benzilpenitsillin.
QADOQLANISHI:
100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat ehtiyotlik bilan, quruq, yorug’likdan pana joyda, 0°C dan
+20°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 18 oy.