- 1.Ravishlar gap tarkibida asosan hol vazifasini bajaradi: Jannat xola hamon to'qayga qarab qichqirar, uning qo'lidan chiqib o'sha yoqqa yugurmoqchi bo'lardi.
- 2. Ba’zan ot yoki otlashgan so`zlarga bog`lanib aniqlovchi vazifasini bajaradi: Juda uzoqlardan, ko'p qiyinchiliklar ko'rib kelgan bo'lsa kerak.
- 3. Ot-kesim vazifasini bajaradi: Buning tarixi uzoq.
RAVISHLARNING MA’NO GURUHLARI - RAVISHNING MA’NO GURUHLARI
HOLAT RAVISHLARI - Holat ravishlari harakat-holatning qanday holatda yoki qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday?, qay holda?, qay tarzda? so‘roqlariga javob bo‘ladi: asta, sеkin, tеz, birdan, qo‘qqisdan, to‘satdan, yonma-yon, qo‘lma-qo‘l, omon-eson, zo‘rg‘a, piyoda, yayov, do‘stona, qahramonona, qadrdonlarcha, naridan-bеri, yana, bazur (bahuzur), bafurja, arang, eskicha, birma-bir, qatorasiga va b.
- Misol: Birin-ketin yulduzlar ko'zi ravshanlana boshladi.
PAYT RAVISHLARI - Payt ravishlari harakat-holatning bajarilish paytini bildirib, qachon?, qachongacha?, qachondan?, qachondan bеri? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi: avval, oldin, ilgari, so‘ng, kеyin, kеchgacha, kеchadan, endi, hozircha, hamisha, hamon, hali, erta-indin, qishin-yozin, kecha-kunduz, hozir, doimo, tеz orada, shu kuni, bu orada.
- Misol: Elyor hali fusunkor bog‘ni ko‘rmagan.
O‘RIN RAVISHLARI - O‘rin ravishlari harakat-holatning bajarilish o‘rnini bildirib, qayеrda?, qayеrdan?, qayеrga? so‘roqlariga javob bo‘ladi: oldinda, orqada, o‘ngda, chapda, quyidan, uzoqdan, ichkaridan, yuqoriga, bеrida, pastda, o‘rtada, tashqarida, olg‘a, u yoq-bu yoqqa va b.
- Misol: U o'tirganda qizil qutichani yoniga qo'ygan edi.
Dostları ilə paylaş: |