Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali. Iqtisodiyot fakulteti. Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi. 120- guruh talabasi. Abdusalomov asadbek makroiqtisodiyot fanidan mustaqil ishi


Ishsizlik mehnat bozorining asosiy muammolaridan biri bo`lib, biror bir mamlakat iqtisodiyotning bu ―nuqsoni‖dan hali qutulganicha yo`q



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə4/5
tarix29.05.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#88304
1   2   3   4   5
Abdusalomov Asadbek Makro2

Ishsizlik mehnat bozorining asosiy muammolaridan biri bo`lib, biror bir mamlakat iqtisodiyotning bu ―nuqsoni‖dan hali qutulganicha yo`q.

So`nggi yillarda O`zbekistonda bu ko`rsatkichning yillar bo`yicha o`zgarishi uning bir me‘yorda bo`lmaganini ko`rsatadi. Jumladan, 2000-2006 yillarda mamlakatimizda ishsizlik darajasi 0,3-0,4 foizni tashkil etgan. Lekin, 2007 yildan boshlab real ishsizlik darajasi o`rtacha 5 foiz atrofida bo`lmoqda.

Bu holatni shunday izohlashimiz mumkinki, O`zbekiston Respublikasida 2007 yilning 1 iyuligacha amal qilib kelgan mehnat resurslari balansi shakli Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 31 yanvardagi ―Aholini ish bilan bandligini hisobga olish tizimini takomillashtirish to`g`risida‖gi 42 – sonli Qarori bilan tasdiqlangan metodika asosida hisoblab kelinar edi. Mazkur balans Prezident farmon va qarorlari asosida mamlakatda ish bilan bandlikning yangi noan‘anaviy shakllarining (uy mehnati, kasanachilik, oilaviy biznes, shaxsiy yordamchi xo`jaliklarda qoramol etishtirish, xizmat ko`rsatish va servis) paydo bo`lishi natijasida o`z qamrovini yo`qotdi. shuningdek, mazkur metodika respublika aholisi va uy xo`jaliklari statistikasini yuritish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlari monitoringini amalga oshirishda xalqaro standartlar va yangi talablarga javob bermay qo`ydi.

Shundan kelib chiqqan holda 2007 yil 24 mayda Vazirlar Mahkamasining ―Ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan band bo`lmagan aholini hisobga olish metodikasini takomillashtirish to`g`risida‖ gi 106 – sonli qarori qabul qilindi va unga muvofiq joriy yilning 1 iyulidan boshlab ―Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo`lmagan aholini hududlar bo`yicha hisoblab chiqish‖ metodikasi amaliyotga tatbiq etildi. Metodika Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilangan normalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan hamda O`zbekiston Respublikasining ish bilan ta‘minlash va mehnat bozorining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi. Aholi bandligini ta‘minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi va u iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega. (O`zbekiston Respublikasida ish bilan band aholi soni dinamikasi(ming kishi hisobida)



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə