|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali. Iqtisodiyot fakulteti. Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi. 120- guruh talabasi. Abdusalomov asadbek makroiqtisodiyot fanidan mustaqil ishiIshsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida) aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin
|
səhifə | 2/5 | tarix | 29.05.2022 | ölçüsü | 0,64 Mb. | | #88304 |
| Abdusalomov Asadbek Makro2Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida) aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud. - Friksion ishsizlik. Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta‘minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi. Ishsizlikning bu turi asosan ish yoki turar joylarni o`zgartirish, o`quv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshqa sabablardan kelib chiqadi. U doimo mavjud bo`lib, ma‘lum bir darajada kerakli hisoblanadi.
- Tarkibiy ishsizlik. Tarkibiy ishsizlar guruhiga ishlab chiqarish strukturasining o`zgarishi natijasida ishchi kuchiga talab tarkibining o`zgarishi natijasida ishsiz qolganlar kiradi. Unga asosan malakalarini o`zgartirishi va oshirishi, ma‘lumot olishi, yangi kasb egallashi lozim bo`lgan ishsizlar guruhlari kiradi. Friksion ishsizlik bilan tarkibiy ishsizlikning asosiy farqi shundaki, birinchisida, ma‘lum malaka va tajriba mavjud bo`ladi va undan foydalanib, ish joylarini tezroq topib olishadi, ikkinchisida esa, ishchi kuchi darhol va tezroq ish joylarini topa olmaydi.
- Davriy ishsizlik asosan ishlab chiqarishning pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo`lgan talabning kamayishidan paydo bo`ladi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga bo`lgan yalpi talabning kamayishini, shunga muvofiq, yalpi tatalabning kamayishini, va oqibatda aholining ish bilan bandligi qisqarishi va ishsizlikning o`sishini bildiradi.
- To`la ish bilan bandlik ishchi kuchining 100 foiz ish bilan ta‘minlanganligini bildirmaydi. Aksincha, friksion va strukturali ishsizlik ilojsiz hol bo`lganligini hisobga olsak, biz mutlaq to`la ish bilan bandlilikka erishib bo`lmasligini tushunamiz.
- Agarda davriy ishsizlik bo`lmasa, u holda to`la ish bilan bandlilikka erishiladi. To`la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik, ishsizlikning tabiiy darajasi deyiladi. Bunga ish qidiruvchilar soni bo`sh ish joylari soniga muvofiq kelsagina erishish mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik yig`indisiga teng bo`ladi.
- Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u iqtisodiy vaziyat, qonun va milliy an‘analar bilan bog`liq holda o`zgarib turadi.
- Ishsizlikning tabiiy darajasi mamlakatdagi oxirgi o`n yilda mavjud bo`lgan haqiqiy ishsizlik darajasi va keyingi o`n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik darajalarining o`rtacha miqdori sifatida belgilanadi. Umumiy holda ishchi kuchi ish bilan band va faol ish qidirib yurgan ishsizlarga bo`linadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|