Afferent neyronlar
– tashqi va ichki muhit ta'sirlarini qabul qilib,
nerv impulslarini markazga olib boradilar.
Assotsiativ (oraliq)
nerv hujayralari, neyronlarni o‘zaro bog‘lash
vazifasini o‘taydi.
Effektor neyronlar
qo‘zg‘alishni turli a'zolar, to‘qimalarga
yetkazib, ularni xarakatga keltiradi – xarakat impulsini olib keladi. (31-
rasm).
Afferent neyronlar
ta'sirotni, impulsni qabul qiladilar, assotsiativ
neyronlar esa neyronlarni bir-birlari bilan bog‘laydilar. Efferent
neyronlar impulsni ishchi a'zolarga, mushakka, bezlarga yetkazadilar.
Morfologik tasnif bo‘yicha, (30-rasm) unipolyar neyronlarda bir o‘siq
bo‘ladi, bu neyronlar odamda uchramaydi. Aksincha, odamda
psevdounipolyar neyron bo‘lib, neyron tanasidan bir o‘siq chiqadi va T
shaklida akson va dendritga bo‘linadi. Bipolyar neyronda bir akson va
bir dendrit bo‘lib, bu neyronlar sezgi a'zolarida uchraydi. Multipolyar
(multi-ko‘p) neyronlarda akson va bir necha dendrit bo‘ladi (31-rasm,
g). Organizmdagi asosiy neyronlar multipolyar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |