97
hamma a'zolar funksiyalarini boshqarib turadi va organizmning yaxlit
bir butunligini ta'minlaydi.
Neyron- neyron hujayrasining tuzilishi
. Neyron – nerv hujayrasi
bo‘lib, tana, o‘simta va nerv oxirlaridan tashkil topgan. (28-rasm)
28-rasm.
I. Neyron tanasi
II. Nerv o‘simtasi
III. Nerv
oxiri
Rasmda
impuls
yo‘nalishi
ham
ko‘rsatilgan.
Nerv
hujayralari
nerv tizimning asosiy,
maxsus
vazifasini
o‘tovchi
hujayralari
bo‘lib, ularning kattaligi
va shakli nerv tizimining
turli qismlarida turlichadir. Neyrotsitlar kattaligi 4-6 mkm dan
(miyachaning donador qavati), 100-300 mkm gacha (bosh miya po‘stloq
qismining yirik Bets hujayralari) bo‘lishi mumkin.
Neyron tanasi va o‘siqlari ustini neyrolemma (plazmolemma)
qoplaydi. Neyron plazmolemmasi impuls hosil qilish qobilyatiga ega,
plazmolemmadagi oqsillar ion kanalchalarini (Na+ va K+ kanallari)
hosil qiladi. Tinchlik davrida membrana potensiali -60-70 Mv ga teng.
Bu vaqtda Na+ va K+ kanallari berk bo‘ladi. Ta'sirot vaqtida Na+ ionlari
plazmolemmadan sitoplazmaga kiradi, K+ ionlari tashqariga chiqadi va
depolyarizatsiya yuzaga keladi. Bu bilan membrana potensiali o‘zgaradi,
harakat potensiali ya'ni impuls paydo bo‘ladi. Shu tariqa qo‘shni
plazmolemmada ham o‘zgarish chaqiriladi va plazmolemma bo‘ylab
impuls harakat qiladi.
Neyron sitoplazmasida maxsus ipsimon tuzilmalar-neyrofibrillalar
bo‘lib, ular hujayra neyroplazmasida tartibsiz, nerv o‘simtalarida esa
bo‘ylama, bir-biriga parallel joylashadilar. Ular hujayra sitoskeletini
hosil qilish bilan birga, nerv o‘simtalariga moddalarni tashishda ham
ishtirok
etadidar.
Neyrofibrillalar
6-10
nm
diametrdagi
neyrofilamentlardan va 25 nm diametirdagi mikronaychalardan iborat.
Neyrofibrillalar impuls o‘tkazadi degan ilgarigi tushunchalar xozirgi
vaqtda tasdiqlanmagan.
98
Hujayra sitoplazmasi – Neyroplazmada ko‘proq yadro atrofida
joylashgan tigroid moddalar bor. (Nisslya substansiyasi deyiladi). Bu
moddalar yuqori bazofillikka ega bo‘lib, elektron mikroskop ostida
ko‘plab ribosomalar tutuvchi donador endoplazmatik to‘rdan tuzilganli
aniqlangan.
Neyron yadrosi katta bo‘lib, hujayra markazida joylashadi,
xromatin kam bo‘lgani uchun och rangga bo‘yaladi. (29-rasm).
Yadrochaning yonida donacha-xromatin joylashgan bo‘lib, u faqat
ayollarda uchraydi va jinsiy xromatin deyiladi, uning diametiri 1 mkm
ga teng.
Dostları ilə paylaş: