49
Mitoz vaqtida xromosomalardagi DNK miqdorining ikki barobar
ortishi, xromosomalarning xujayra qutblariga tarqalishi jarayonlari
buzilsa, hosil bo‘lgan qiz xujayralarda xromosomalar soni o‘zgarishi,
irsiy axborotning o‘zgarishi kabi nomo‘tadil holatlar kuzatiladi.
Ayrim
a'zo
to‘qimalari
hujayralarida
mitoz
jarayoni
tugallanmasdan yoki mitozda sitoplazma ikkiga bo‘linmasdan DNKning
ikki barobar ortishi kuzatiladi. Bu jarayon endomitoz deb ataladi.
Endomitoz natijasida bitta poliploid gigant yadroli yoki bir necha
yadroli
hujayralar
hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan hujayralarda
xromosomalar soni poliploid bo‘ladi. (Odatda somatik hujayralarda
xromosomalar soni diploid (2p) bo‘ladi. Jigar hujayralarida tetraploid
(4p) va oktaploid (8p) xromosomalar to‘plami uchraydi. Suyak ko‘migi
hujayrasi - megakariotsitda xromosomalar to‘plami 32 p bo‘lishi
mumkin).
Dostları ilə paylaş: