Reja:
KIRISH
ASOSIY QISM:
Bob. Xalqlarning buyuk ko’chishi.
- Xalqlarning buyuk ko’chishiga sabablar.
- Rim imperiyasiga Varvarlarning joylashuvi.
Bob. Varvar qirolliklarining tashkil topishi haqida.
- Franklar, Vestoglar, Vandallar qirolliklari.
- Ostoglar, Burgundlar, Langobardlar qiroliklari.
III. XULOSA
IV.ADABIYOTLAR RO’YXATI
Dastlabki germaniyalik tarix Ushbu mustaqil ishning maqsadi milodiy III va V asrlarda boshlangan shimoliy barbarlarning ko'chib o'tishlari ketma-ketligi to'g'risida keng umumiy fikr berishdir va 9-asrga qadar to'xtamadi. Ushbu uzoq jarayon natijasida Evropa hozirgi shaklga ega bo'ldi va zamonaviy Evropaning tuzilishini tushunish uchun bu haqda tasavvurga ega bo'lish zarur, bu mavzuni ko'rib chiqishning ikki yo'li, ikki nuqtai nazari Rim imperiyasini yo'q qilgan bir qator o'zgarishlarni baholash mumkin.
Milodning ilk asrlarida Osiyodagi xunn, Yevropadagi german qabilalarida mulkiy tabaqalanish kuchayib, ular zaiflasha boshlagan Rim imperiyasiga bosqinlarini kuchaytirishgan.
German qabilasi
Milodiy IV–VI asrlarda Yevropani xunn qabilalari boshlab bergan “Xalqlarning buyuk ko‘chishlari” jarayoni qamrab oladi. Avvalo, german qabilalarida aholi sonining ko‘payib borishi natijasida yangi yerlarga bo‘lgan talabning oshishi, mulkiy tabaqalanish kuchayishi German qabilalarini yangi hududlarni egallashga undadi.
German qabilalari
Qadimgi german qabilalari (franklar, vestgotlar, ostgotlar, vandallar, burgundlar, langobardlar) Reyn va Elba daryolari havzasida joylashganlar.
Qadimgi german qabilalari
Ularning asosiy mashg‘ulotlari chorvachilik bo‘lgan.
Germenlarda keyinchalik omochdan temir plugga o‘tilishi mehnat unumdorligiga, hosilning oshishiga sabab bo‘lgan.
Temir tishli omoch
Germanlarda hunarmandchilikning to‘qimachilik, yog‘ochsozlik (xususan, qayiq yasash), zargarlik, teriko‘lchilik sohalari taraqqiy etgan.
Hunarmandlarning qayiq yasashi
German qabilalari IV–V asrlardan keng hududlarni nazorat qiluvchi qabila ittifoqlariga birlasha boshlagan.
Alemann, got, frank qabila ittifoqlari bir necha yuz ming kishidan iborat bo‘lgan.
Alemann qabila boshliqlari
Zaiflashib qolgan Rim qo‘shni varvarlar hujumini to‘xtata olmagan. Qulchilik zulmidan aziyat chekkan mahalliy aholi germàn qabilalariga qarshi chiqmay, ba’zida ular tomoniga o‘tib ketganlar.
Varvarlar
Qabilalarning oliy organi hisoblangan xalq yig‘inlari sekin-asta o‘z ahamiyatini yo‘qota borib, harbiy bo‘linmalar va ular yo‘lboshchilarining obro‘si oshgan. Chegara hududlaridagi ayrim qabila boshliqlari Rim noiblariga yollanma harbiy xizmatga o‘ta boshlaganlar. V asr boshlarida Pireney yarim oroli va Galliyaning bir qismida dastlabki varvarlar davlati — Vestgot qirolligi tashkil topdi.
Vestgotlar
German qabilalari keyinchalik bosib olingan yerlarda: vandallar (Shimoliy Afrikada), ostgotlar (Italiyada), franklar (Galliyada), angl-sakslar (Britaniyada) o‘z davlatlarini tuzgan.
Vandallar
Germenlar istilosi 476-yilda G‘arbiy Rim imperiyasining qulashiga sabab bo‘lgan.
Yevropada yangi — feodal jamiyatiga o‘tish davri boshlangan.
- Salimov T. O‘. va boshqa., 2009, 2017. «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»Davlat ilmiy nashriyoti, 2009, 2017. 14--bet
- Salimov T. O‘. va boshqa., 2009, 2017. «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2009, 2017. 16--bet
- Salimov T. O‘. va boshqa., 2009, 2017. «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2009, 2017. 15--bet
Foydalanilgan adabiyotlar
Dostları ilə paylaş: |