Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Takrorlash va tekshirish uchun savollar



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Gidrogeologiya fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
2. Yer sferalaridagi suvlarning miqdori to‘g‘risida fikr yuriting. Yerning birinchi
qobig‘idagi mavjud yer osti suvlarining miqdori qancha?
3. Gidrogeologiya fani tarmoqlari va ularning vazifalari to‘g‘risida ma’lumot
bering.
4. Gidrogeologiyaning eng yangi tarmoqlaridan gidroekologiya tarmog‘ining
uning boshqa tarmoqlaridan farqi nimada?
5. Injenerlik geologiyasi fanining o‘rganish obyekti to‘g‘risida tushuncha bering.
6. Injenerlik geologiyasi fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
7. Geologik jarayon va hodisalarni injener-geologik (texnogen) jarayon va
hodisalardan farqi nimada?
8. Injenerlik geologiyasi fanining asosiy tarmoqlari qaysilar? Ularning vazifalari
nimalardan iborat?
9. Gruntlar deganda nimani tushunasiz?
10. «Ekologiya» va «Geoekologiya» so‘zlarining ma’nosi to‘g‘risida tushuncha
bering.
11. Yerning «Geosfera» qavati deganda nimani tushunasiz?
2.2. GIDROGEOLOGIYA VA INJENERLIK
GEOLOGIYASI FANLARINING VUJUDGA KELISH
VA RIVOJLANISH TARIXI
«Gidrogeologiya» va «Injenerlik geologiyasi» fanlarining vujudga
kelishi va rivojlanish tarixi o‘zining uzoq o‘tmishiga borib taqaladi. Bu
fanlarning vujudga kelishi va rivojlanishi birinchidan, mamlakatimizda
olib borilgan sug‘orish, qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan bog‘liq bo‘lsa,
ikkinchidan, dunyo sivilizatsiyasi, ya’ni jamiyatning iqtisodiy-madaniy
taraqqiyoti darajalari bilan, ayniqsa Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston,
Suriya, Eron davlatlari hududlarida yer osti suvlaridan foydalanish, u
yoki bu turdagi inshootlarni qurish ishlarini olib borish tarixi bilan cham-
barchas bog‘liqdir. Ma’lumki, bundan 3 000—5 000 yillar avval ham
mamlakatimiz hududidagi o‘sha davrlarda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan
Old Sharq davlatlari o‘rtasida munosabatlar mavjud bo‘lgan. Sug‘orish
shoxobchalarini, kanallarni, maxsus sopol quvurlar yordamida yer osti
suv uzatish qurilmalarini, qal’alarni, ibodatxonalarni, qasrlarni bunyod
etishda o‘zaro tajriba almashilgan. Eramizgacha VI asrlarda mamlakati-
miz hududida bir qancha yirik shaharlarning bo‘lganligi to‘g‘risida tarixiy
ma’lumotlarda ko‘rsatilgan. Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent
shaharlarining bunyod etilganligi va bunyod etilish davri ham ana shu
zamonlarga borib taqalishi bejiz emas. Bu davrlarda Qizilqum, Qoraqum
sahrolarida maxsus qurilmaga ega bo‘lgan minglab yer osti suvi uchun


2 4
qazilgan quduqlar mavjd bo‘lgan. Hatto ajdodlarimiz tabiiy suv hosil
qilish, undan foydalanish yo‘llarini ham bilishgan. Maxsus «Suv yig‘ish»
qurilmalari (2.3-rasm) hamda «karezlar»
1
bunyod etishgan. VIII—XI
asrlar mamlakatimiz hududida yirik ilm-fan daholarining dunyoga kelish
va faoliyat ko‘rsatish davri bo‘ldi. Bular Muhammad Ibn Muso al-Xo-
razmiy (780—847), Abu Rayhon Beruniy (973—1048), Abu Ali ibn Sino
(980—1037), Ahmad Farg‘oniy (IX asr), Al-Forobiylar (873—950) edi.

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə