Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Lyosshunoslik. Injenerlik geologiyasi fanining bu tarmog‘i lyoss
1
jinslarining paydo bo‘lishi, tarqalish, o‘zgarish qonuniyatlarini, tabiiy
holatini, tarkibini, fizik va mexanik xossa va xususiyatlarini, odamlarning
xo‘jalik va injenerlik faoliyatlari oqibatida o‘zgarish darajalarini hamda
ularning qatlamlarida vujudga kelgan va keladigan tabiiy va texnogen
jarayonlar va hodisalarni o‘rganadi, tahlil etadi va bashorat qiladi.
Respublikamizning 70 % dan ortiq maydoni lyoss va lyossimon jinslari
bilan band bo‘lib, xalq xo‘jaligining hamma imorat va inshootlarining
90—95 % dan ortiq qasmi ana shu jinslar ustiga joylashgan. Shuning
uchun lyoss jinslarini har tomonlama o‘rganish katta ilmiy va amaliy
ahamiyatga ega.
Injenerlik seysmogeologiyasi. Bu fan injenerlik geologiyasi va
seysmologiya fanlari oralig‘ida vujudga kelgan bo‘lib, u yoki bu imorat
va inshootlari qurilgan va qurilishi kerak bo‘lgan hududni injener-
geologik va injener-seysmologik nuqtayi nazardan o‘rganadi. Mukammal
va mikro-seysmik rayonlashtirish asoslarini yaratadi.
«Injener-geologik asoslari» deganda imorat va inshootlar qurilgan
va qurilishi kerak bo‘lgan hududda sodir bo‘lgan yer qimirlash kuchining

Lyoss (Loss) so‘zi xalqaro atama bo‘lib, u birinchi marotaba 1823-yili geologiyaga
oid nemis adabiyotlarida K.G.Leonard tomonidan qo‘llanilgan. Lyoss bo‘shoqligi, ser-
g‘ovakligi, suv ta’sirida o‘z og‘irligi va qo‘shimcha bosim ostida juda tez cho‘kuvchan-
ligi, o‘ziga xos tarkibi bilan boshqa tog‘ jinslaridan tubdan farq qiladi. Uni nemislar
(«Loss», fransuzlar «Loss», ruslar (Lyoss), o‘zbeklar «Sog‘ tuproq (lyoss)» nomi bilan
atashadi. Agar lyoss jinsi o‘z bo‘shoqligini, g‘ovakligini va cho‘kuvchanlik xususiyatla-
rini yo‘qotgan bo‘lsa «Lyossimon» jins deb ataladi.


2 2
o‘zgarishiga va oshishiga ta’sir etuvchi omillar, ya’ni shu hududning
geologik tuzilishi, tog‘ jinslari, ularning xossa va xususiyatlari, yer osti
suvlari, yer sath tuzilishi, mavjud geologik va odamlarning xo‘jalik
faoliyatlari oqibatida vujudga kelgan va kelishi mumkin bo‘lgan jarayon
va hodisalar, ana shu omillarni o‘rganish natijasida olingan ma’lumotlar
majmuasi tushuniladi.

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə