Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


partiyalar birlashtirilib «Gidrogeologiya» trestiga aylantirildi. Bu vaqtda



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)


partiyalar birlashtirilib «Gidrogeologiya» trestiga aylantirildi. Bu vaqtda
Mirzacho‘l (hozirgi Sirdaryo viloyatining asosiy hududi) yerlarining
gidrogeologik, meliorativ holatini (N. A. Kenesarin, M. M. Krilov,
N. N. Xojiboyev, A. F. Slyadnev, D. M. Kas, N. M. Reshetkina va
boshqalar) hamda injener-geologik sharoitini o‘rganish (G‘. O. Mav-
lonov, P. M. Karpov, V. G‘. G‘ofurov va b.) ishlari rivojlantirildi.
1955—1960-yillar O‘zbekistonda gidrogeologiya, injenerlik geologi-
yasi fanlarining yanada rivojlanish davri bo‘ldi. Bu sohadagi tadqiqot
ishlari butun O‘zbekistonning yangi sug‘oriladigan yerlarida boshlab
yuborildi. O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Toshkent milliy
universiteti) va O‘rta Osiyo politexnika (hozirgi Toshkent texnika uni-
versiteti) institutini gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi sohasi bo‘yi-
cha mutaxassislarning katta guruhi tamomlab chiqadi (A. N. Sulton-
xo‘jayev, N. N. Xojiboyev, A. I. Islomov, S. Sh. Mirzayev, S. M. Qosimov,
E. V. Qodirov, A. M. Xudoyberganov, M. Sh. Shermatov, K. P. Po‘latov,


3 2
A. Nurmatov, M. G‘. Xo‘jayev, va b.). Shuning uchun ham 1960-yili
X. M. Abdullayev va G‘. O. Mavlonovlar tashabbusi bilan O‘zRFAning
hozirgi Geologiya va geofizika institutidagi gidrogeologiya va injener-
lik geologiyasi bo‘limi asosida «Gidrogeologiya va injenerlik geologiya-
si» (GIDROINGEO) instituti tashkil etildi. Institut bo‘lim va laborato-
riyalariga G‘. O. Mavlonov boshliq yetakchi olimlar — N. A. Kenesarin,
N. N. Xojiboyev, A. N. Sultonxo‘jayev, A. S .Xasanov, A. I. Islomov,
S. M. Mirzayev va boshqa qator olimlar boshchilik qildi.
1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin Toshkentda O‘zFA qoshida
«Seysmologiya» instituti tashkil qilindi. Unga direktor etib akademik
G‘. O. Mavlonov tayinlandi. Institutning asosiy ilmiy yo‘nalishi yer
qimirlash vaqtini oldindan aytib berish, bashorat qilish usullarini
yaratishdan iborat bo‘lib, uning ikkinchi yo‘nalishi respublika hududini
umumiy seysmik rayonlashtirish, ya’ni respublika hududining qayerida
qanday kuch bilan zilzila sodir bo‘lishini oldindan aniqlash va mayda
masshtabdagi (1:10 000 000; 1:500 000 000) xaritalarda ko‘rsatish, uning
uchinchi yo‘nalishi shahar, tuman suv, gaz omborlarini, xalq xo‘jaligi-
ning boshqa yirik qurilish obyektlari maydonlarini yirik masshtablarda
(1:5 000; 1:10 000; 1:25 000) seysmik mikrorayonlashtirish deb belgi-
landi. Ana shu uchinchi yo‘nalishning asosini qurilish obyektlari may-
donlarining injener-geologik sharoiti komponentlarini o‘rganish va
olingan tadqiqot ishlari natijalari, jumladan, qurilish obyekti maydoni-
ning geologik, geomorfologik tuzilishini, tog‘ jinslari tarkibi, xossa va
xususiyatlarini, yer osti suvlari, ularning rejimini, tarqalish, yotish holat-
larini, mavjud geodinamik va texnogen jarayonlarini, ularning sodir
bo‘lish, rivojlanish sabablarini o‘rganish va xaritalash ishlari tashkil etadi.
Injener geologik muhitning bu komponentlarini insonlarning xo‘jalik
va injenerlik (texnogen) faoliyatlari ta’siri natijasida u yoki bu darajada
o‘zgarishi va yomonlashishi sodir bo‘lgan yer qimirlashlarning tabiiy
kuchini yer sathida 1—2 ballga oshirib yuborishi ma’lum. Shuning uchun
ham seysmologiya instituti tashkil bo‘lishining birinchi kunlaridanoq
yuqoridagi masalalarni hal qilish maqsadida uning asosiy strukturaviy
tizilmalari jumlasiga «Lyossshunoslik», «Regional injenerlik geologiya-
si», «Shaharlar injenerlik geologiyasi», «Gidrogeoseysmologiya» labo-
ratoriyalari kiritildi.
1967-yili Farg‘ona shahrida Farg‘ona politexnika instituti tashkil
etildi. Institutning qurilish-geologiya fakultetida yer bilimiga oid
kafedralar, jumladan, geologiya fanlari kafedrasi, zamin va poydevorlar
(1971) kafedralari ochildi. Bu kafedralarda ham injenerlik geologiyasi,
gidrogeologiya fanlaridan maxsus kurslar o‘qitila boshlandi.
Shuningdek, 1963-yili O‘zbekiston Davlat loyihalash va qurilish
qo‘mitasi qoshida «UZGIITI» (O‘zbekiston Davlat injener-texnik
tadqiqotlar instituti) hamda 1975-yilda Toshkent shahar ijroiya komiteti


3 3
qoshida «TashGIITI» (Toshkent
Davlat injener-texnik tadqiqotlar
instituti) tashkil etildi.
Bu institutlarning ham asosiy
vazifasi xalq xo‘jaligi imorat va
inshootlari qurilishi kerak bo‘l-
gan maydonlarning injener-geo-
logik va gidrogeologik holatini
har tomonlama o‘rganish, olin-
gan ma’lumotlarni tahlil etish,
hisobotlar tuzish, kerakli chora
va tadbirlar belgilashdan iborat
bo‘ldi.
Shunday qilib, 1970—1975-
yillarga kelib, respublikamizda
Gidrogeologiya va injenerlik
geologiyasi fanlari bo‘yicha na-
zariy va amaliy tadqiqotlar olib
boruvchi, yuqori malakali muta-
xassis kadrlar tayyorlovchi bir
nechta yirik dargohlar hamda
loyihalash, qidiruv ishlari olib
boruvchi qator institutlar, ekspe-
ditsiyalar jamoasi vujudga keldi.
Bulardan O‘zbekiston Milliy universitetining geologiya-qidiruv
fakulteti va A.R. Beruniy nomidagi Toshkent texnika universitetining
tog‘ hamda geologiya-qidiruv (hozirgi tog‘-geologiya) fakultetlari hamda
O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat
qo‘mitasiga qarashli Gidrogeologiya va Injenerlik geologiyasi instituti,
O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli Seysmologiya ilmiy-tekshirish
institutlari nafaqat O‘zbekistongagina yuqori malakali gidrogeolog va
injener-geolog, seysmologiya sohalari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar
tayyorlab bermay, balki O‘rta Osiyo, Qozog‘iston va boshqa qator dav-
latlar (Gruziya, Rossiya, Ukraina va b.) uchun ham mutaxassislar
tayyorlab berdi. Bu ulkan dargohlarda ilm olgan ko‘pchilik kishilar
(X. M. Abdullayev, G‘. O. Mavlonov, N. A. Kenesarin va b.) hozir geo-
logiya fanining u yoki bu sohalari bo‘yicha maktablar yaratgan, yuzlab
olimlarning ustozi, akademik, fan doktori, fan va texnika arboblaridir.
Ularni butun dunyo taniydi. Jumladan, O‘zbekistonda va Markaziy Osiyo
respublikalarida gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarining
rivojlanishida, tashkil topishida va kerakli yuqori malakali mutaxassis-
larni tayyorlashda G‘. O. Mavlonovning hissasi nihoyatda kattadir (2.8-
rasm). U 1935-yili o‘rta Osiyo industrial institutini (hozirgi Toshkent
2.8-rasm

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə