Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

X.M.Abdullayev
(1912—1962).


3 1
1940-yil 9 yanvarda qator ilmiy-tekshirish institutlarini, sektor,
bo‘limlarni birlashtirgan holda Ittifoq Fanlar akademiyasining O‘zbe-
kiston filiali, keyinchalik (1943) O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil
topdi. Bu esa O‘zbekistonda boshqa fanlar qatori geologiya fanining
yanada rivojlanishiga, ilmli mutaxassislar sonining yanada oshishiga,
yangidan-yangi yer osti konlarining ochilishiga sababchi bo‘ldi.
1941—1945-yillar ikkinchi jahon urushi davri bo‘ldi. Bu davr O‘zbe-
kiston geologlari zimmasiga ham respublikamizning tabiiy resurslarini
o‘rganish, kerakli xomashyoni tezlik bilan qidirib topish va yetkazib
berishdek mas’uliyatli vazifa yuklagan edi. Bu vazifalar o‘z vaqtida,
a’lo darajada bajarildi.
Shunday qilib, 30—40-yillar O‘zbekistonda gidrogeologiya va
injenerlik sohasining ham birmuncha rivojlanish davri bo‘ldi. Bu vaqtda
Markaziy Osiyoda gidrogeologiya va injenerlik fanlari bo‘yicha milliy
kadrlarning dastlabki bo‘g‘inlari (G‘. O. Mavlonov, N. A. Kenesarin va
b.) yetishib chiqdi. Yer osti suvlarini o‘rganish bo‘yicha maxsus ishlab
chiqarish tashkilotlari (Uzpodzemvod) tuzildi. Yangi gidroelektro-
stansiyalar, gidrotexnik inshootlarni qurish maqsadida gidrogeologik,
injener-geologik ishlar boshlab yuborildi.
Ammo jahon urushining boshlanishi O‘zbekistonda injener-geolo-
gik, gidrogeologik ishlar rivojiga birmuncha ta’sir etdi. Tadqiqot ishlari
faqat ayrim regionlardagina (Toshkent oldi, Farg‘ona, Mirzacho‘l va
b.) olib borildi. Urushdan keyingi yillarda asosiy e’tibor respublikaning
lyoss jinslarining tarkibi, xossa va xususiyatlarini o‘rganishga (G‘.O. Mav-
lonov), yangi yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga, yer osti suvlari
rejimini o‘rganishga (N. A. Kenesarin, M. M. Krilov), chuqur qatlam
ma’danli suvlarini davolash maqsadlarida ishlatish (B. A. Beder) masala-
lariga qaratildi.
1950-yillarga kelib o‘sha davrdagi mavjud gidrogeologik stansiyalar,
Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə