Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

G‘.O.Mavlonov
(1910—1988).
3—M.Sh. Shermatov


3 4
Davlat texnika universiteti) tugatib, ishlab
chiqarishga «Sredazgiprovodxlopok» insti-
tutiga ishga kelgan vaqtidan boshlab O‘zbe-
kiston hududida tarqalgan lyoss va lyossi-
mon jinslarning xossa va xususiyatlarini va
ana shu jinslar tarqalgan maydonlardagi
geologik, injenerlik-geologik hodisa va
jarayonlarni o‘rganish ishlarini boshlab
yubordi. 1940-yillarga kelib, bu ishini butun
Markaziy Osiyo miqyosida davom ettirdi.
Shu bilan birga G‘ O. Mavlonov O‘zbekiston
yer osti suvlarini, ayniqsa, yer osti shifo-
baxsh suvlarini o‘rganishda hamda seysmo-
logiyaga oid katta ishlar qildi. G‘. O. Mav-
lonov 300 dan ortiq asarlar yozgan bo‘lib,
bu asarlari ichida eng yiriklari — 1958-yili bosilib chiqqan «O‘rta Osi-
yoning sharqiy va markaziy qismlari lyoss va lyossimon jinslari va ular-
ning injener-geologik xossalari», 1963-yili S. M. Mirzayev, A. I. Islo-
movlar bilan birgalikda yaratgan «Toshkent oldi rayoni yer osti suvlari
va tog‘ jinslarining fizik-mexanik xossalari», 1971-yili bir guruh
mutaxassislar bilan hamkorlikda yaratilgan «26 aprel Toshkent zilzilasi»,
1972-yili A. Nurmatov bilan birgalikda yozgan «Farg‘ona vodiysi to‘rt-
lamchi davr yotqiziqlari», 1972-yili A. A. Xudoyberganov va M. Sh. Sher-
matovlar bilan birgalikda yozgan «Chirchiq shahri injener-geologik sha-
roiti», 1974-yili bir guruh shogirdlari bilan yozgan «O‘rta Osiyoning
regional injenerlik geologiyasi» monografiyalarini, 1985-yili yozgan
«Seysmoaktiv hududlarning yer osti qismini o‘zlashtirishning effektiv-
ligi» asarlarini ko‘rsatish mumkin.
1964-yildan boshlab G‘. O. Mavlonov injenerlik geologiyasi fanini
seysmologiya fani bilan, ya’ni zilzila masalalari bilan bog‘lash ustida
ishladi. Bu borada uning A. I. Islomov, S. M. Qosimovlar bilan 1969-
yili yozgan «O‘zbekiston hududida seysmik intensivlikning injener-
geologik sharoitga qarab o‘zgarishi» nomli ishi katta ahamiyatga ega.
U 1973-yili Toshkent va Moskva olimlari bilan hamkorlikdagi «Yer
osti suvlarining kimyoviy tarkibini yer qimirlash vaqtidagi o‘zgarish
hodisasi» nomli dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgan kashfiyotning ham
muallifidir.
O‘zbekistonda gidrogeologiya fanining, jumladan, regional gidroge-
ologiya, gidrogeokimyo, injenerlik gidrogeologiyasi, gidrogeoseysmo-
logiya, meliorativ gidrogeologiya sohalarining rivojlanishida N. A. Ke-
nesarin va M. M. Krilova, N. N. Xojiboyev, A. N. Sultonxo‘jayev,
A. S. Xasanov, S. M. Mirzayev, U. U. Umarov xizmatlari katta. Ular
o‘zlarining yirik ishlari bilan gidrogeologiya faniga katta hissa
2.9-rasm

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə