M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
M. T. XODJIYEV, M. I. HIKMATOVA
TABIIY TOLALARGA
DASTLABKI
ISHLOV BERISH
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
«TURON-IQBOL»
TOSHKENT
2006


2
M.T. Xodjiyev. M.I. Hikmatova.
Tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish. O‘quv qo‘l lanma. T.: «Turon-
Iqbol» nashriyoti, 2006. — 160 bet.
Ushbu o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlarining yengil sanoat sohasida ta’lim 
olayotgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda paxta, ipak qurti pillasi, kanop, 
lub tolalarini va junni qayta ishlash texnologiyasi, jihozlarining tuzilishi va ishlash tartiblari 
batafsil bayon etilgan. Qo‘llanmada keltirilgan barcha ma’lumotlar o‘quvchilarga mos 
ravishda aniq va ravon yoritilgan.
© 
«Turon-Iqbol» nashriyoti, 2006-y.
T a q r i z c h i l a r :
M. A. Axmatov — Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti 
kafedra mudiri, t.f.n, dotsent.
A. M. Salimov — dotsent.
U. Ro‘ziyev 
— Jondor Sanoat kasb-hunar kolleji direktori.


3
KIRISH
Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining katta ulu shini turli 
tolalardan tayyorlangan iplardan to‘qilgan gazlamalar tashkil etadi.
Insoniyat tarixida yengil sanoat buyumlarini ishlab chiqarish bundan bir 
necha ming yillar oldin ma’lum bo‘lganligi tarixiy ada bi yotlarda qayd etilgan. 
Ip tayyorlash va undan gazlama (mato) to‘ qish, charmdan po yabzal tikish 
uchun uni qayta ishlash Hin dis ton, Xi toy, Misr va O‘rta Osiyoda miloddan 
bir necha asr ilgari ma’lum bo‘l gan.
O‘zbekistonda paxtachilik va bu qimmatbaho toladan gazlama to‘qish 
bilan bundan ikki ming yillar oldin ham shug‘ullanilgan. Antik muallif-
larning ma’lumotlari, shuningdek, Farg‘ona vodiy sidan topilgan ko‘mirga 
aylangan paxta tolasi bu fikrni to‘liq tasdiqlaydi. Arxeologlar yo‘nib ketgan 
uyumdagi uy-ro‘zg‘or idishlari ichidan kulga aylangan paxta chiqitlarini 
topish baxtiga muyassar bo‘lganlar. Topilmalar ekspertlar tomonidan 
qunt bilan tekshirilgan. Ularning ta’kidlashicha, bu topilma eng qadimgi 
paxta naviga mansubdir. Shunday qilib, Vatanimizda pax ta chilik bi lan shu-
g‘ullanish qadimdan ma’lum bo‘l ganligi aniq dalillar asosida tasdiq langan. 
Arxeologik qazilmalar natijasida III—IV asrlarga mansub qabrdan bir siqim 
paxta tolasidan olingan ip gazlama ham topilgan.
Eramizdan avvalgi IV asrda Aleksandr Makedonskiyning qo‘ shinlari 
O‘rta Osiyoga bostirib kirganlarida Amudaryo sohil larida paxta dala larini 
ochishgan.
XVI asrning boshlarida Sharqning ip gazlamalari Yevropaning hamma 
asosiy bozorlarida, shuningdek, qadimiy nemis shahri Augesburg yarmar-
kalarida ham sotila boshlangan. Bu matolar ham xuddi shohi matolar kabi 
Buyuk ipak yo‘li orqali keltirilar edi. Yo‘llar nafaqat sharq qa, balki shi molga — 
qa dimiy Rusiyaga olib borardi. U yerlarda boshqa matolar qatori o‘lkamizning 
paxta tolasidan to‘qilgan matolari ham qadrlanardi. Qadim vaqtlardanoq 
O‘rta Osiyo matolari Dnepr bo‘yi va janubiy knyazliklarga grek, polover va 
xazar savdogarlari hamkorligida olib borilar edi.
Mamlakatimizda yengil sanoat mahsulotlarini sanoat asosida ishlab 
chiqarish, 1874-yilda Toshkent shahrida paxta tozalash zavodining qu rilishi 
bilan boshlangan edi.
XX asrning 20-yillarida O‘zbekistonda yetishtirilgan xomashyoni qayta 


4
ishlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarish maqsadida, mayda tarqoq hu-
narmandchilik korxonalarini birlashtirib, sanoat asosini yaratish, 1926-yilda 
Farg‘ona to‘qimachilik fabrikasining dastlabki navbati ishga tushishi bilan 
boshlandi.
Mustaqillik tufayli mamlakatimizda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab 
chiqarishda yangi sifat o‘zgarishlariga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yengil va mahalliy 
sanoat korxonalariga Davlat yordami to‘g‘risida» gi va «O‘zbek yengilsanoat» 
uyushmasi bilan chet el kompaniyalarining qo‘shma korxonalarini tashkil 
etish tadbirlari to‘g‘risida» gi qarorlari asosida yangi quvvatlarning qurilishini 
tugatish, mavjud korxonalarda texnika va texnologiyani joriy etish dasturi 
tuzildi. Dasturga ko‘ra jahon miqyosidagi ilg‘or texnologiyani keltirish, chet 
el investitsiyasini jalb etish, bank kreditlaridan foydalanib, jahon bozorida 
xaridorgir mahsu lotlarni ishlab chiqarish, eksport imkoniyatlarini kuchaytirib, 
yuqori sifatli, ayniqsa, bolalar assortimentini ko‘paytirish mo‘ljallangan.
Jahon bozorida to‘qimachilik iplari ishlab chiqarish ko‘rsatkichi quyidagicha (mln. 
tonna, %)
Keyingi yillarda respublika yengil va to‘qimachilik sanoatida 20 ga yaqin 
qo‘shma korxonalar tashkil etilib, ularda sohaning umumiy hajmidan 20 % ga 
yaqin mahsulot ishlab chiqarildi, eksportga sotilgan mahsulot esa 98 % ni 
tashkil etdi.
Mavjud to‘qimachilik korxonalarining qayta jihozlanishi, xorijiy davlatlar 
bilan qator qo‘shma korxonalarning tashkil etilishi, ularda ishlaydigan 
mutaxassislarning nafaqat sonini ko‘paytirish, balki ularning kasb mahorati 
va bilimlarini oshirishni ham taqozo etmoqda.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə