M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

 
 
 
 
 
 
 
 
b
)
 
 
 
a
)


31
shu sababli uni shpindeldan ajratib olish yengillashadi. Shpindel kichik 
va konussimon sirtga ega bo‘lgani uchun ajratkich paxta halqalarining 
bir qismini uning ustidan to‘liq yechmasdan, tuguncha ko‘rinishida sidirib 
tushiradi. Keyinchalik, paxtani tozalash jarayonida bunday tugunchalar 
tolani ko‘p shikastlantiradi. Ajratib olingan paxta qabul kamerasi (8) ga 
tushib, u yerdan havo oqimi yordamida bunkerga uzatiladi. Ajratkichdan 
so‘ng shpindel namlagich yostiqchasi (9) ga kelib uriladi va uning 
namlangan yumshoq hamda serqirra sirti bo‘ylab yumalab o‘tadi. 
Yostiqchaning uzunligi shpindel sirtini to‘liq tozalashga yetarli qilib 
o‘rnatilgan. Yostiqcha ta’sirida shpindel sirtiga yopishib qolgan o‘simlik 
shirasi, chang va boshqa chirk bo‘ladigan moddalar yuvib tushiriladi. 
Tozalangan shpindel navbatdagi ish siklini bajarish uchun yana terish 
kamerasiga kiradi.
1.6. CHIGITLI PAXTANI G‘ARAMLASH VA SAQLASH
Chigitli paxta maxsus telejkalar yordamida paxta qabul qilish 
maskanlariga keltirilib, qayta ishlashdan oldin g‘aramlarga, ayvonlarga 
yoki usti yopiq binolarga joylanadi. Omborlar, ayvonlar va g‘aram 
maydonlarini qurish loyiha tashkilotlarining texnik hujjatlari asosida 
olib boriladi.
Paxta joylanadigan g‘aram maydonlari yer yuzasidan 40 sm balandlikda 
qattiq to‘shama (asfalt, beton yoki somon loy) bilan qoplanishi kerak. 
G‘aram maydonchasining o‘lchami 14½25 m bo‘lib, yomg‘ir suvlarining 
oqib ketishi uchun o‘rta yuzasini 5—7 sm ga ko‘tarish zarur. G‘aram 
maydonchasining o‘rtasida tunnel qazish vaqtida to‘g‘ri yo‘nalishni 
belgilash uchun bo‘ylanma tilimi chizib ko‘rsatiladi. Boshqa o‘lchamdagi 
g‘aram maydonchalari qurilishi tavsiya etilmaydi.
Paxtani maydonchalarda g‘aramlash faqat havo quruq paytida 
olib boriladi, yomg‘ir yog‘ganda esa g‘aramlash man etiladi. G‘aramga 
to‘kilgan paxta maydonning hamma joyiga bir tekis va qalinlikda 
joylashtirishi lozim. G‘aramlangan paxtaning baland ligini (uning 
cho‘kishigacha) nav va namligiga qarab 1.3-jadvaldagi o‘lchamdan 
oshirib yubormaslik kerak.
1.3- j a d v a l
G‘aramning cho‘kishigacha ruxsat
etiladigan balandligi


32
1.6-rasm. Gorizontal shpindelli paxta terish apparatining
texnologik ish jarayoni:
1 — shox yo‘naltirgich; 2 — terish kamerasi; 3 — kasseta; 4 — shpindellar; 5 
— darcha; 6 — yo‘lakcha; 7 — ajratkich likopchalari; 8 — qabul kamerasi; 9 — 
namlagich yostiqchasi; 10 — shpindelli baraban;
11 — panjarasimon to‘siq; 12 — yaxlit to‘siq.

2 12 9 3 4 10 7 11 8
11
10

8
12
5
6
7


33
Namligi 20 % dan ortiq paxta quritish-tozalash sexi (KTS) yonida 
joylanadi, chunki u zudlik bilan quritilishi va qayta ishla nishi lozim. 
Namligi 14 % gacha bo‘lgan paxtani TS hududida, 14 % dan ortiq 
bo‘lganini esa KTS hududida joylash kerak. Paxta g‘aramining shakllanishi 
va cho‘kishidan so‘ng, uning yon hamda burchak tomonlari terib 
tekislanadi.
Paxtani g‘aramlash vaqtida uning g‘aram maydonchasining yuzasida 
bir tekisda joylanishiga va zich shibbalanishiga e’tibor berish kerak. 
G‘aramning zichlanadigan chekkalari doimo g‘a ramning o‘rta sathidan 
pastroq bo‘lishi lozim.
Quyidagi hollarda g‘aramlar mustahkamligi yetarli darajada bo‘lmaydi 
va ular qulaydi:
— paxtaning pastki va keyingi qatlamlari yetarli darajada 
shibbalanmasa;
— g‘aram burchaklari noto‘g‘ri joylansa va yetarli darajada 
shibbalanmasa;


34
— g‘aramning butun yuzasi emas, balki oralari o‘zaro yaxshi 
bog‘lanmagan qismlar bo‘yicha joylansa;
— bir kecha-yu kunduz davomida g‘aramlangan paxtaning miqdori 
ruxsat etilgan me’yor — 60—65 tonnadan oshirib yuborilsa.
Paxta g‘aramlanganda uning balandligi 2,0—2,5 m bo‘lgan 
gumbazsimon qalpoq bilan shunday yakunlanadiki, qalpoqning bosh 
qismi ikki tomonlama nishabni yopish uchun g‘aramning o‘rtasidan 
ko‘ndalangiga o‘tishi lozim.
Paxta g‘aramlangandan so‘ng asta-sekin cho‘kadi va 10—15 kundan 
keyin balandligi 1—1,5 m pasayadi. Ochiq maydonlarda saqlanadigan 
paxtani yopish uchun 7½8,5 m o‘lchamli brezent qo‘llaniladi. G‘aramlarda 
saqlanadigan urug‘lik paxta yangi yoki birinchi toifali brezentlar bilan 
yopilishi kerak. G‘aramlarda bitta brezent o‘rta hisobda 30 tonna 
paxtani yopishi kerak. G‘aramlarni ortiqcha brezentlar bilan yopish man 
etiladi.
Namligi me’yorda bo‘lgan paxta g‘aramiga 8—10 kun, ortiqcha 
namlikdagi g‘aramga esa 3—5 kundan keyin uzunasiga bitta tunnel ochish 
lozim. Tunnel qaziydigan mashinalardan foydalanilgan holda g‘aram 
shakllanishi yakunlangandan so‘ng, ertasiga tunnelga shamollatgich 
o‘rnatilishi mumkin. 
O‘rtacha namligi 9—10 % dan ortiq bo‘lmagan I va II navlarni 1 
va 2-sinfli, namligi 11—13 % ni tashkil etadigan III, IV navlarni barcha 
sinflaridagi saqlanayotgan paxta to‘dasining harorati 5 kunda 1 marta, 
namligi yuqori bo‘lgan paxta to‘dalarining harorati esa har 3 kunda 
o‘lchanadi.
Havo iliq paytlarda (sentabr, oktabr) tayyorlangan paxtaning harorati 
35° dan yuqori bo‘lmay, 2—3 kun ichida o‘zgarmasa, u holda harorat 
me’yori hisoblanadi.
Saqlanadigan paxta g‘aramlarida paxtaning harorati birinchi 
o‘lchovda ko‘rsatilgan haroratdan yuqori bo‘lsa yoki ma’lum bir 
nuqtalarda dastlabki o‘lchovdan so‘ng 2°—3° ga ko‘tarilsa, ulardan nam 
havoni so‘rish va paxta haroratini majburiy ravishda sovitish bo‘yicha 
zudlik bilan chora ko‘rish kerak. Havoni so‘rish tunnel orqali olib boriladi. 
Tunnel qazuvchi mashina yordamida yoki qo‘l bilan g‘aramning uzunligi 
bo‘yicha g‘aram joylashganda va kerakli darajada cho‘kkandan so‘ng 
tunnel qaziladi. Tunnelning kengligi 0,8—1,0 m, balandiligi esa 1,8—
2,0 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Havoni so‘rish uchun maxsus UVP 
qurilmasidan foydalaniladi. 1.4-jadvalda paxtaning namligi va havoning 
nisbiy namligini hisobga olib, g‘aramlardagi havoni so‘rishning taxminiy 
muddatlari keltirilgan.


35
1.4- j a d v a l
G‘aramdagi havoni profilaktik so‘rishni o‘tkazish muddatlari
Tunnel qazuvchi mashinalar yordamida ish bajarilganda, namligi 
14,0—22,0 % ni tashkil etgan paxta uchun havoni so‘rish 3—4 kun 
o‘tgandan keyin olib borilishi mumkin.
Paxtani g‘aramlashda profilaktika tarzida o‘tkaziladigan havoni so‘rish 
paytida so‘rish qurilmasining ish vaqti 6—8 soatdan kam bo‘lmasligi 
kerak. Paxtaning o‘z-o‘zidan qizishida g‘aramlardan havoni so‘rish 
ma’lum o‘lchov nuqtalarida paxtaning harorati atrofdagi harorat bilan 
teng bo‘lmaguncha olib boriladi.
Agar paxtaning harorati dastlabki o‘lchovga nisbatan, hatto bir 
daraja ortib ketgani sezilsa, havoni so‘rish yo‘li bilan o‘z-o‘zidan 
qizishini to‘xtatish choralarini ko‘rish kerak. Agar yagona uyali qizigan 
paxta topilsa, qiziyotgan paxtani, shuningdek, yonma-yon joylashgan 
paxtalarni ham olib tashlash zarur.
Paxtaga suv sizib kirishi va namlanishi sezilgan taqdirda g‘aramlarda 
namlanish chuqurligini aniqlash maqsadida quduqlar qazish kerak. 
Namlangan paxtani olib, quritish zarur.


36
Paxta xomashyosi va paxta tolasiga joriy
etiladigan Davlat standartlari
Standart — zavodda qayta ishlashgacha bo‘lgan davrda, tay yorlov 
punktlaridagi paxtani qabul qilishning dastlabki tasnifi miqdorining 
hisobi va saqlash uchun muayyan sharoitlarini yara tish qismi talablarini va 
paxta zavodlarida qayta ishlashda olina digan paxta tolasiga qo‘yiladigan 
texnik shartlarni belgilaydi.
Standartda chigitli paxtaga qo‘yiladigan texnik talablar qabul qilib 
olish, sinash usullari, paxtani tashish va saqlash talablari ko‘rsatilgan va 
bu talablarni bajarish majburiydir.
Paxtaning yakuniy iste’mol xususiyatlari paxta tozalash zavod larida 
qayta ishlangandan keyin O‘zDST 604—2001 ga muvofiq tolaning sifat 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə