M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

1.9. PAXTANI IFLOS ARALASHMALARDAN
TOZALASH USKUNALARI
Tola ajratgichning (jinlarning) mukammal — bir tartibda me’ yorli 
ishlashini ta’minlash hamda tolada talab qilinadigan miqdorda nuqson 
va iflos aralashmalar bo‘lishiga erishish maq sadida, paxta — toshlardan, 
metall buyumlardan, organik aralash malardan, shuningdek, o‘likdan 
tozalanadi chigitli. Paxta maqbul namlikkacha quritilgandan keyin mayda 
va yirik xas cho‘plardan tozalanadi.
Og‘ir aralashmalar – toshlar, metall buyumlar, ochilmagan va yarim 
ochilgan paxta ko‘saklarini tutib qolish uchun, hovli va sexlararo 
pnevmotransport tizimining separatorlari oldida o‘rna tiladigan chiziqli 
toshtutgichlar qo‘llaniladi.
Paxtani mayda iflos aralashmalardan tozalash uchun ko‘pincha 
1XK, SCH—2 va UXK turidagi paxta tozalash agregatlari yoki qoziqli 
barabanlari soni ko‘paytirilgan yoki kamaytirilgan to‘rt karrali 1XK 
turidagi tozalagichlarni yig‘ishda foydalaniladigan EN—178 qoziqli 
bloklar ishlatiladi. Bu tozalagichlar, seksiyalar yoki bloklarda konstruktiv 
jihatdan bir xil bo‘lgan barabanlar gori zontal tekislikda ketma-ket qator 
qilib o‘rnatiladi. Qoziqli bara banlar ostiga g‘alvirsimon to‘r o‘rnatilgan 
bo‘lib, paxtani tozalash vaqtida, ular orqali mayda chiqindilar ajralib 
chiqadi. g‘oziqli barabanlarning birinchi jufti tepasiga (paxtaning 
harakat yo‘nalishi bo‘yicha) ta’minlash valigi bo‘lgan shaxta o‘rnatilgan. 
Ta’minlash valiklarining aylanish tezligi IVA variatori orqali sozlanadi va 


43
uning yordamida ish unumdorligi belgilanadi. Bir qator paxta zavodlari 
ishlab chiqarishdan olib tashlangan 6A—12MI shnekli tozalagichlardan 
ham foydalanadi.
Paxtani yirik iflosliklardan tozalash uchun tozalash mashi nasining 
arrali seksiyalarida asosiy va regeneratsiya qilish bara banlari qo‘llaniladi. 
Bu barabanlar kolosnikli panjara va paxtani arra tishlariga bosish 
cho‘tkalari bilan birgalikda ishlaydi.
Asosiy arrali baraban tutib qolgan paxta bo‘laklari ishqalash cho‘tkalari 
yordamida tekislanadi va arrali garnitura tishlariga mahkamlanadi Arrali 
baraban aylanishi vaqtida arra tishlaridagi paxta kolosniklarga urilib, 
iflosliklardan tozalanadi. Iflosliklar bilan qo‘shilib, chiqindiga chiqib 
ketgan paxta bo‘laklari regeneratsiya barabaniga tushib tozalanadi. 
Ajratib olingan iflosliklar mashi nadan chiqariladi. Tozalangan paxta 
va regeneratsiya qilingan paxta bo‘laklari asosiy va regeneratsiya 
barabanidan cho‘tkali baraban yordamida ajratilib, tozalash seksiyasidan 
chiqariladi.
CHX rusumli batareya tozalagichi ta’minlash valigi va qoziqli barabani 
bo‘lgan ta’minlash seksiyasiga ega.
Paxtani yirik iflos aralashmalardan tozalash uchun asosan: batareyali 
yig‘ishda CHX—5 (1.8-rasm) va CHX—3M2 «Mehnat» (1.9-rasm), oqimda 
1XP va 1RX tozalagichlar va EN—177 arrali seksiyasi bo‘lgan UXK turidagi 
paxta tozalash agregatlaridan foydalaniladi. EN—177 arrali seksiyasi 1XP 
tozalagichida hamda 1RX regeneratorida ham asosiy hisoblanadi.
Tozalagichlarning chiqindilaridagi tolali chigitni regene ratsi yalash 
uchun 1RX, RX regeneratorlari yoki CHX—3M2, CHX—5 tozalagichlardan 
foydalaniladi.
Valikli va arrali jinlash jarayonlari
Chigitli paxta quritish-tozalash sexlarida konditsion namlik kacha 
quritilib, xas-cho‘plardan tozalangandan keyin zavodning bosh korpusiga 
jinlash uchun yuboriladi. Jinlash paxtani dastlabki ishlash texnologik 
jarayonining asosiy bosqichi hisoblanib, bunda paxta tolasi chigitidan 
ajratiladi. Jinlash jarayoni chigitli paxtaning tolasini chigitdan mexanik 
kuch bilan ajratishdan iborat. Tolaning chigit bilan bog‘lanish kuchi yakka 
tolaning uzilish kuchiga qaraganda 2—3 marta kam bo‘lgani uchun jinlash 
jarayonida o‘zining tabiiy xususiyatlarini (uzunlik, ingichkalik, pishganlik 
darajasi, uzilish kuchlari va h. k.) saqlagan holda tubidan uzilib, chigitdan 
ajralib chiqadi. Uzun tolali paxta tolalarining chigit bilan bog‘lanish kuchi 
o‘rta tolanikidan ancha kam va ularni tukli sirt larga ishqalanish kuchi 
hisobiga ham chigitdan ajratib olish mumkin. Shuning uchun uzun 


44
tolali paxtalar tolasi chigitdan va likli jinlarda va o‘rta tolali paxtalarning 
tolasi esa arrali jinlarda ajra tiladi. Valikli jinlarning asosiy ish organi 
valik bo‘lib, uning tukli navi uzun tolali paxta tolasining sifatiga zarar 
yetkazmaydi. Ar rali jinlarda ish organi sifatida arrali disklardan terilgan 
silindr xizmat qiladi, bu jinda tolani chigitdan ajratish uchun arrali disklar 
bilan kolosnikli panjara birgalikda ishlaydi. Bularning paxtaga birgalikda 
ta’siri tola bilan chigitning sifatiga salbiy ta’sir qilishi ham mumkin. Arrali 
jin kamerasida chigitli paxta valigi hosil bo‘ladi. Uzun tolali paxta arrali 
jinda ishlansa, tolalar valikda kuchli gajaklanib, ularda nuqsonlar paydo 
bo‘ladi. Chigitli paxtani jinlashda quyidagi texnologik talablar bajarilishi 
lozim: chigitlardan yigirishga yaroqli tolalarning hammasini ajratish, jin 
ish qism larining tolaga ta’siri natijasida tola va chigitda qo‘shilib ketmas-
ligi: o‘lik va iflos aralashmalardan tozalash samaradorligi yuqori bo‘ lishi; 
chiqayotgan chigitning tuklilik darajasini kamaytirish.
Jinlash jarayonida tolani iflosliklardan qisman tozalash va toladan 
o‘likni ajratish bilan birga quyidagi nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin: 
chigit po‘chog‘ining bo‘lakchasi yopishgan tolalar, uzilgan va shikastlangan 
tolalar, tugunchalar, buralib qolgan tolalar, ga jaklar, puch chigitlar. Jinlash 
nuqsonlarini paydo qilmaslik uchun jinlarni va boshqa mashinalarni 
texnologik talablarga muvofiq ishlatish hamda ularni doim durust holda 
saqlash kerak.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə