M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent


 VALIKLI JINLARDA PAXTA TOLASINI AJRATISH



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

1.11. VALIKLI JINLARDA PAXTA TOLASINI AJRATISH
VA TOLANI TOZALASH
Uzun tolali paxtaning tolasini chigitidan ajratish uchun valikli jin lar 
ishlatiladi. Bu usulda jinlash uzun tolalarga zarar yetkazmaydi va ularning 
tabiiy yuqori sifatlari saqlanadi. Valikli jinlash jarayoni chi gitli paxtaning 
sirti bilan unga qattiq bosib qo‘yilgan qo‘z g‘almas pichoq orasiga kiritib, 
qisish va chigitni urib, tolalardan ajra tish dan iboratdir. Bu jarayonni 
amalga oshirish uchun «tolaning ishchi valigi sirtiga ishqalanish kuchi» 
tolaning po‘lat pichoqqa ishqa lanish kuchidan katta bo‘lish kerak.
Valikli jinlashda ishchi valigi sirtiga chigitli paxta to‘xtovsiz yetkazilib 


59
berilishi va bir-biridan ajratilgan tola va chigit olib ketilishi zarur.
Valikli jinlar urish qismining konstruksiyasiga qarab har xil tuzilgan 
bo‘ladi. Urish qismlari ilgarilanma-qaytma yoki aylanma harakatlanib 
ishlaydi. XDG valikli jinlarda ilgarilanma-qaytma harakatlanadigan urish 
organi qismidan foydalaniladi. Bu usul bir necha o‘n yillar davomida 
qo‘llanib kelindi. Bunday jinlar zo‘riqib ishlashi sababli ularning bir soatlik 
ish unumini 45 kg dan oshirib bo‘lmadi. 1954-yildan Mari paxta tozalash 
zavodining bosh muhandisi Valuyevning ixtirosi bo‘yicha yasalgan (XDV 
modeli) valikli jinlar ishlatila boshlandi va ish unumini 3—4 maro taba 
oshirishga erishildi. Bu tuzilishdagi valikli jinlarda urish a’zosi aylanma 
harakat qiladi.
Urish a’zolari (valikli) ikki xil: yumshoq va qattiq uradigan bo‘lishi 
mumkin. Urish a’zolari jinlovchi ish valigi qo‘zg‘almas pichoq tig‘iga 
tortgan chigitlarni tolasidan urib ajratish uchun xizmat qiladi. Urish a’zolari 
qo‘zg‘almas pichoq ostiga tolalari tortilgan chigitlarni zararsiztirmasdan, 
mumkin qadar kamroq urib, tolasidan ajratishi kerak.
Urish valigi odatda ishchi valigining o‘qi bilan bir gorizontal chiziqda 
o‘rnatiladi. 
Jinlash vaqtida chigitlarning birinchi navi qattiq jismga 10—15 m/s 
tezlik bilan urilsa — eziladi, agar bu tezlik 20 m/s dan ortiq bo‘lsa, 
chigitning ko‘pchiligi pachoqlanadi. Urish bolg‘achasi uchining tezligi 
6,6 m/s dan oshmaydi, shuning uchun u chigitni shikastlamaydi.
Qo‘zg‘almas pichoq ishchi valigiga maxsus prujinalar bilan qisib 
qo‘yiladi. Bu pichoq maxsus planka bilan birga deka uyasiga o‘rnatiladi. 
Ishchi valigi prujina va gayka bilan kerakligicha qisiladi. Qisish kuchi 
tolalarni chigitdan uzishga yetarli bo‘lishi lozim. Pichoqni ish valigiga 
qisish kuchi ish valigining qizish haroratiga (odatda 60—70°) qarab 
tekshiriladi. Bu kuch ko‘payib ketsa, ishchi valigi tez ishdan chiqadi, 
ish unumi kamayadi va o‘lik ariqchalarini tez-tez yo‘nib turish kerak 
bo‘ladi. Agar pichoq ishchi valigiga me’yorli kuch bilan qisilsa, chigitda 
kokillar qolmaydi, chiqayotgan chigitlarning tuklilik darajasi me’yorli 
bo‘ladi. Lekin pichoq ishchi valigiga kuchsiz qisilsa, pichoq ostiga kirgan 
tolalar qatlami qalinlashadi, pichoq egilib, chigit ko‘p shikastlanadi. 
Bundan tashqari, urish a’zosi chigitni urganda tolalarning bir qismini 
pichoq ostidan qaytarib chiqaradi, natijada ish unumi pasayadi. 
Odatda, qo‘zg‘almas pichoq ishchi valigining aylanasiga urinma chiziq 
yo‘nalishida o‘rnatiladi, shuning uchun uning tig‘i valikning gorizontal 
o‘qidan 4 mm pastroqda joylashtiriladi. Bu masofa kattalashtirilsa, urish 
bolg‘achalari chigitni noto‘g‘ri uradi, jinning ish unumi kamayadi va 
chigit ko‘p pachoqlanadi.


60
Uzun tolali paxtaning I, II va III navlari DV—1M rusumli valikli jinlarda 
(1.19-rasm) qayta ishlanadi.
Valikli jinning ishlash tartibi: jinlar batareyasiga yo‘naltirilgan chigitli 
paxta bir-biriga qarshi aylanib turgan ta’minlovchi valiklar qoziqchalari 
bilan chigitli paxta bo‘lakchalarini bir tekisda olib, qoziqli titkilash 
barabaniga uzatadi, bu baraban chigitli paxtani yaxshilab titkilab, to‘rli 
sirt ustidan sudrab olib o‘tganda chigitli paxtadan mayda xas-cho‘plar 
ajralib chiqadi. Keyin chigitli paxta qiya o‘rnatilgan turli sirtga tashlanib, 
undan ignali barabanga uzatiladi. Ignali baraban o‘zining ignalari bilan 
chigitli paxta bo‘lakchalarini ilib olib, tezlatuvchi barabanga yetkazib, 
undan ish valigi bilan qarshi aylanuvchi o‘rish valigi zonasiga otib 
beradi. Chigitli paxtani tekislab turuvchi valik, ortiq kelayotgan paxta 
bo‘lakchalarini ignali barabandan qaytarib tushiradi. Ish valigi sirtida 
tukli va spiralsimon ariqchalar bo‘lgani uchun tolalarni o‘ziga yopishtirib 
1.19-rasm. DV—1 M rusumli valikli jin:
1 — ta’minlash valiklari; 2 — qoziqli baraban; 3 — to‘rli sirt; 4 — ignali baraban; 5 
— tekislovchi valik; 6 — tezlatuvchi valik; 7 — chigitni qattiq uruvchi valik; 8 — ish 
valigi; 9 — qo‘zg‘almas pichoq; 10 — chigit ajratuvchi to‘rli sirt; 11 — tola uchun 
vakuum-klapan.
6
8
9
10
4
5
11
2
3
1


61
oladi va ularni qo‘zg‘almas pichoq ostiga tortib kiritadi. Chigitli paxta 
turli sirtlar orqali ajratilgan mayda xas-cho‘plar maxsus konveyer bilan 
mashinadan tashqariga chiqariladi.
Ish valigiga yopishib, qo‘zg‘almas pichoq ostiga kiritilgan to lalar 
chigiti qo‘zg‘almas pichoq qirrasi yoniga kelib, to‘xtab qoladi va ularni 
urish qismining bolg‘achalari urib tolasidan ajratadi. Tolasidan ajratilgan 
chigitlar ignali baraban ostidagi to‘rli sirt ko‘zlaridan o‘tib, qiya to‘rli 
sirtga va chigit konveyeriga tushadi. Bu jarayonda chigitli paxtaning 
ayrim bo‘lakchalari ignali baraban yordamida qaytadan ilib olinib, yana 
ish valigiga va urish qismiga qaytarilaveradi, ishlash jarayoni qayta 
takrorlanadi.
1.12-j a d v a l
DV—1M rusumli valikli jinning texnik tavsifi
D a v o m i


62
Valikli jinlovchi paxta tozalash zavodlari uch yoki to‘rtta valikli jin-
lar qatori (batareyasi) bilan jihozlanadi (1.20-rasm). Tola ajra tish sexiga 
tushadigan paxta qatorlari bo‘yicha bir tekis taq simlanishi kerak. Shu 
maqsadda asosiy shnek ostidagi birinchi, ikkin chi va uchinchi qator 
jinlari o‘tish shaxtalarining ustiga ta’ minlash valigi o‘rnatiladi.
Qatorlardagi barcha jinlarni uzluksiz va bir tekis paxta bilan ta’minlash 
maqsadida transportyor oxirida oshiqcha paxtani yig‘uv chi bunker 
o‘rnatilgan bo‘lib, u pnevmotransport orqali magistral taqsimlash shnegi 
ustiga o‘rnatilgan SS—15A separatori bilan ulangan.
DV—1M jinning unumdorligi paxtaning sanoat naviga qarab tola 
bo‘yicha quyidagicha bo‘lishi kerak: 
I va II navlar bo‘yicha
— 70—100 kg/soat.
III nav bo‘yicha
— 60—80 kg/soat.
IV va V navlar bo‘yicha
— 50—70 kg/soat.
Bu ko‘rsatkichlar qatorning quyidagi ish unumdorligiga to‘g‘ri 
keladi: 


63
1.20-rasm. Paxta zavodi bosh korpusi jinlash bo‘limi texnologik uskunalarining tarkibi 
va ularni o‘rnatish tartibi:
1 — USM—A rusumli pnevmatik chigit tozalash qurilmasi; 2 — RNS rusumli tolasi 
chala ajratilgan chigitlarni regeneratsiyalagich; 3 — bunker-dozator;
4 — SM rusumli mexanik chigit tozalagich; 5 — taqsimlash shnegi;
6 — PMP—160 M yoki 5 LP rusumli linterlar; 7 — yig‘ish konveyeri;
8 — ES—14 elevatori; 9 — DXM—150 tarozisi; 10 — KPV—8M yoki KL kondensori; 11 
— OVM—A—1 rusumli tolali mahsulot tozalagichi;
12 — ortiqcha chigit shnegi; 13 — ES—14 elevatori; 14 — OL rusumli momiq 
tozalagich; 15 — OVM—A—1 rusumli tolali mahsulot tozalagichi;
16 — siklonlar; 17 — ES—14 elevatori.


64
I va II navlar bo‘yicha
— 700—1000 kg/soat.
III nav bo‘yicha
— 
600—800 kg/soat.
IV va V navlar bo‘yicha
— 500—700 kg/soat.
Tolani valikli jinlar qatoridan tashish konveyer yordamida amalga 
oshiriladi. Valikli tola ajratishdan keyin chigitning qoldiq toladorligi paxta 
naviga qarab quyidagicha bo‘lishi kerak:
I nav uchun
— 0,070—0,100 g.
II nav uchun
— 0,120—0,140 g.
III nav uchun
— 0,140—0,170 g.
IV va V navlar uchun
— 0,150—0,200 g.
Dastlabki iflosligi yuqori bo‘lgan IV va V navli uzun tolali paxtani qayta 
ishlash o‘rta tolali past navli paxtani qayta ishlash uchun qabul qilingan 
texnologiya bo‘yicha amalga oshiriladi. Paxtaning tola ajratishgacha 
bo‘lgan iflosligi 1.13-jadvalda berilgan ko‘rsatkichlarga mos bo‘lishi 
kerak.
1.13-j a d v a l
Paxtaning tolasini ajratilgungacha
bo‘lgan iflosligi
Uzun tolali paxta navlari tolasini tozalash, VTM tola toza lagichi KVMM 
kondensori + ta’minlagichi ON—6—3 tola tozala gichdan (1.21-rasm) iborat 
batareyali tozalagichlarda, o‘zgaruv chan (bosh qariladigan) texnologik 


65
jarayon (1.20-rasm) asosida olib boriladi. VTM tola tozalagichi o‘rnida 
VT tola tozalagichi ishlatilishi mumkin.
Paxtaning dastlabki iflosligiga qarab standart talablariga javob 
beradigan tolani ishlab chiqarish uchun u quyidagi texnologiya bo‘-
yicha tozalanadi:
Dastlabki ifloslanganligi 16 % ni va undan ortiqni tashkil et ganda 
(shuningdek, qiyin tozalanadigan seleksiyalar uchun) mav jud bo‘lgan 
to‘rtta tola tozalagich harakatga keltiriladi:
— iflosligi 8 % dan 16 % gacha bo‘lsa, VTM+KVM kondensori +(ON—
6—3) ta’minlagichi +(ON—6—3);
— iflosligi 3 % dan 8 % gacha bo‘lsa, VTM+KVM kondensori + 
ta’minlagichi (ON—6—3);
— iflosligi 3 % gacha bo‘lsa, KVM kondensori + ta’minlagichli 
(ON—6—3).
Ko‘rsatib o‘tilgan tozalash usullarini amalga oshirish uchun VTM tola 
tozalagichlarini texnologik jarayonida to‘xtatish yo‘li bilan, ON—6—3 
ni esa to‘xtatish va yo‘llovchi kurakcha holatini o‘zgartirish yo‘li bilan 
amalga oshiriladi.
Bir mashinada tolani tozalash ishi necha marta bajarilishiga qarab 
bir bosqichli va ko‘p bosqichli , jinlar batareyasiga o‘rnatish joyiga qarab 
esa bir jindan chiqqan tolani tozalaydigan va batareya tola tozalagichi 
deb ataladi.
Tolani tozalagichning ish a’zosiga berish usuliga qarab, tolani zichlab 
beradigan ta’minlash stolchasi va jindan chiqqan tolalarni to‘g‘ridan 
to‘g‘ri beradigan (to‘g‘ri oqimli) tozalagichlar bo‘ladi.
Tolani mexanik usulda tozalaganda o‘lik va mayda iflosliklar tarash 
va o‘rish usulida toladan ajratiladi, bunda o‘lik va mayda iflosliklarning 
tolaga ilashishi zaiflashib, to‘rli sirt teshiklari yoki kolosniklar orqali 
ajralib chiqadi.
Tolani aerodinamik usulda tozalash tola oqimi uni trans portirovka 
qiluvchi havo oqimi bilan birga egri chiziqli yo‘ldan o‘tganda hosil 
bo‘ladigan markazdan qochma kuchdan foyda lanishga asoslangan. Biroq, 
aerodinamik tola tozalagichlarning tozalash samaradorligi yuqori bo‘la 
olmaydi, chunki markazdan qochirma kuchlar tolaga yopishish kuchi 
0,98—1,47 gacha yetadi, vaholanki, tola tozalagich hosil qiladigan 
markazdan qochma kuch ko‘pi bilan 0,09—0,11 N ni tashkil etadi. Hozirda 
chiqariladigan tola tozalagichlarning tozalash samaradorligi ancha 
yuqori. Bir bosqichli tola tozalagichlarning tozalash samaradorligi birinchi 
nav tola uchun 20—23 %, past navlar uchun 25—28 %, uch bosqichli tola 
tozalagichlarning tozalash samaradorligi esa 40 % gacha boradi. 


66

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə