M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

1.12. PAXTA VA TOLANI NAMLASH
Presslashdan oldin o‘tkazilgan tolani namlash operatsiyasi — tola 
namligini O‘zRST 604—2001 me’yorlariga yetkazishni maqsad qilib 
qo‘yadi. Standart talabiga ko‘ra 5 % dan kamroq namlikka ega bo‘lgan 
paxta tolasi sun’iy usulda namlanishi kerak.
Namlash natijasida tola yanada egiluvchan va mexanik ta’sirlarga 
beriluvchan bo‘ladi. Bu esa presslash jarayonini yengil lashtirib o‘rash, 
toylash va tashish xarajatlarini tejaydi. Paxta zavod larining eh tiyojlarini 
qoplash uchun tolani 2—2,5 % ga namlash kerak. Paxta zavodining real shart-
sharoitlarida namlagich qurilmalari paxta tolasi namligining o‘sishini o‘rtacha 
0,6—0,8 % va vaznini 3—4 kg oshirishni ta’minlaydi.
1.21-rasm. ON—6—3 rusumli tola tozalagich:
1 — yuklash bunkeri; 2 — pichoqli barabanlar; 3 — ajratuvchi soyabonlar; 4 — 
bo‘shatish bunkeri; 5 — kolosnikli panjara; 6 — chiqindi bunkeri.
6
5
4
3
2
1


67
Yuqoridagilarni hisobga olib, O‘zbekistonning paxta tozalash sa noatida 
tolani bosqichma-bosqich namlash yo‘nalishi qabul qilingan, ya’ni tola 
texnologik zanjir bo‘yicha bir necha nuqtada namlanadi.
Valikli jinlashni qo‘llovchi paxta tozalash zavodlarida paxta tola-
sini namlash paxtani qayta ishlashning muvofiqlashtirilgan texno-
logiyasiga (PDQI 02—2002) (6) binoan valikli jinlash paxta tozalash 
zavodlarida optimal sifat ko‘rsatkichlariga erishish uchun paxta 6,5—
7,0 % namlikkacha quritiladi. Bunday sharoitda olingan tolaning nam ligi 
5,0 % dan oshmaydi. Paxta tolasi uchun ulgurji narxlar preys kurantiga 
muvofiq haqiqiy namlikning vazn nisbati 5 % dan past bo‘l gan holda 
narxdan chegirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qurilma tolali materialni tozalash sexidan jin sexiga pnev motransport 
qilish boshlanishida joylashgan paxta namlagichni (1.23-rasm), bevosita 
kondensordan keyin yoki ayrim paxta zavodlarda kondensorgacha tola-
tozalagichlardan keyin UXV qurilmasi yordamida joylashgan shaxta 
xilidagi UVSH tola namlagichni o‘z ichiga oladi. 1.23-rasmda keltirilgan 
paxta namlagich teshik devorli silindr shaklidagi pnevmoquvur atrofida 
joylashgan suv purkagich kamerasidan iborat bo‘lib, bu kameraning 2 
ta eshiklarida rotatsiyali purkagich o‘rnatilgan. Purkagichlar atrofidagi 
1.22-rasm. O‘rta tolali paxta va tolani namlash qurilmasining chizmasi:
A — paxtani namlash nuqtasi; B — tolani namlash nuqtasi.
Tola 
kondensori
Suv
B
Tola tozalagichlar
Jinlar
CC—15A
Suv
A
Paxta taqsimlagich
Paxta
6A—12M
6A—12M


68
eshikchalarda atmosfera havosining kameraga o‘tishi uchun o‘lchami 
o‘zgaruvchan teshiklar bor.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə