M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

1.15. PAXTA TOLASI LINT VA TOLALI
CHIQINDILARNI PRESSLASH
Paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayoni tola, lint va chi qin -
dilardan olingan tolani presslash bilan tugallanadi.
Presslanmagan tolani saqlashda omborlar hajmidan va transport 
vositalaridan samarali foydalanilmaydi, shuningdek yuk ortish, tushirish 
va tashish mexanizmlaridan to‘liq foydalanish mumkin bo‘lmaydi.
Shuning uchun paxta tozalash zavodlarida maxsus presslarda paxta, 
lint va chiqindilardan olingan tola zichlanadi va toylanadi. Toylar matoga 
o‘raladi va sim yoki tasma bilan boylanadi. Bunday toylangan tolani uzoq 
saqlash va to‘qimachilik fabrikalariga yuborish ko‘p jihatdan qulaydir.


73
Presslash sexi jinlar va linterlar sexining bir qismi bo‘lib, press us-
kunalari komplektdagi shibbalagich, gidronasos, quvur, elektr dvigatellari, 
ish suyuqligi saqlanadigan baklar, shuningdek tola, lint uchun batareya 
kondenserlari, tola va lint uzatgichlar presslash sexiga joylashtiriladi. 
Shuning uchun presslash sexi ikki qavatli qilib quriladi.
Binoning ikkinchi qavatida press uskunasidan tashqari kon-
denserlar, tola uzatkich, bosim va press uskunalari markaziy ko lon na 
va ramalar yuqori qismi, press qutilarini aylantiruvchi mexanizmlar 
joylashtirilgan.
Binoning birinchi qavatida ustun, rama va markaziy kolonnalar ostki 
qismi, ularning poydevori, gidronasos va ularni harakatga keltiruvchi 
elektr dvigatellari, suyuqlik baklari va taqsimlovchilar joylashtiriladi.
Gidravlik pressning ishlash usuli
Gidravlik pressning tuzilishi 1.26-rasmda keltirilgan bo‘lib, uning 
ishlash jarayoni quyidagicha: ishchi suyuqlik gidronasoslar yordamida 
harakatga keltiriladi va hosil bo‘lgan yuqori bosimdagi suyuqlik silindrga 
yuboriladi. Buning natijasida gidropress harakatga keladi. Press uskunasi 
quyidagicha ishlaydi: bosgich kondenserdan qutiga biroz zichlanib 
tushayotgan tolani shib balaydi. Qutini to‘ldirgan tola massasi 220 kg 
atrofida bo‘lishi kerak. Shibbalash tugagandan so‘ng quti aylantiriladi, 
shunda shibbalangan tola to‘ldirilgan quti press plunjeri ustiga va bo‘sh 
quti ostiga kelib to‘xtaydi. Dastani ish holatiga qo‘yib, press plunjeri 
ko‘tariladi va qutidagi tola presslanadi. Presslash jarayoni tugagandan 
so‘ng plunjer to‘xtatiladi, press qutilarining ikki tomonidagi eshiklarni 
ochib, toy mato bilan o‘raladi va sim yoki tasmalar bilan bog‘lanadi. Plunjer 
«tushirish» holatiga qo‘yiladi, tayyorlangan toy biroz bo‘shagandan keyin 
maxsus mexanizm bilan qutidan chiqariladi va plunjer butunlay pastga 
tushgandan so‘ng qutilar yana aylantirilib, jarayon qaytariladi.
1.27-rasmda ko‘rsatilgan gidravlik press quyidagi asosiy qism lardan 
iborat:
1 — shibbalovchi (trambovka); 2 — press plitasi; 3 — ayla nuvchi 
ikki qutili press; 4 — silindr; 5 — plunjer; 6 — uch plunjerli gidronasos; 
7 — yordamchi nasos; 8 — qutilarning ochiladigan qismi.
Hozirgi paytda ishlatilayotgan gidropress D—3237 modellidir.
Qutidagi to‘ldirilgan tola og‘irligi 200—230 kg gacha bo‘ladi.
Presslash kuchi
— 4800—5000 kN
Presslash zichligi
— 550—1000 kg/m
3
.
Presslash zichligi deb zichlangan tola yoki lintning hajmiy birligidagi 
massasiga aytiladi. Press zichligi pressning asosiy sifat ko‘rsatkichi 


74
hisoblanadi va uning qiymati tola uchun 1000 kg/m
3
dan oshmasligi 
kerak. Aks holda tolaning fizik-mexanik xususiyati yomonlashadi.
Tajribalarning ko‘rsatishgicha tola 1500 kg/m
3
qisilganda yemirila 
boshlaydi.
Toyning uzunligi (970 mm) va eni (595 mm), bo‘yi (735 mm) bo‘yicha 
koeffitsiyenti 3—4 % ni tashkil etib, uning qiymati tola namligiga 
bog‘liq.
1.26-rasm. Paxta tolasi va lintni presslash uchun mo‘ljallangan
gidravlik pressning tuzilishi.
Press
qutilarning
o‘qi
1094
Zanjirli
tortgich
Boshqarish
pulti
Plunjerning
ko‘tarilish ko‘rsatkichi
Qutilarning burilish
maydoni to‘siqlari
Poydevor
to‘siqlar
1092
Tola 
tutgich
9590
1196
2
1
3
9
4
5
8
6
7


75
Pressdan chiqqan toyning shartli zichligi quyidagi formula yordamida 
aniqlanadi:
(1.3)
bu yerda: q — toydagi tola massasi, kg;
a
1
— toy uzunligi, mm;
b
1
— toy eni, mm;
h
1
— toy balandligi, mm.
Nazorat savollari
1.27-rasm. Paxta tolasi va lintni toylash uchun mo‘ljallangan
gidravlik bosgichning tuzilishi.
Shibbalash ishini bajarishda
foydalaniladigan maydoncha
7420
gidroagregat


76
1. Paxtachilikning xalq xo‘jaligidagi o‘rni qanday?
2. Chigitdan qanday mahsulotlar olinadi?
3. G‘o‘zadan olinadigan mahsulot turlari.
4. Dunyo bo‘yicha paxta tolasining yetishtirilishi va ishlatilishi haqida nimalarni 
bilasiz?
5. G‘o‘za biologiyasi va seleksiyasi nima?
6. G‘o‘zaning botanik ta’rifi yoki morfologik ko‘rsatkichlari nima?
7. Letuchka nima?
8. Chigitning tarkibi nimadan iborat?
9. Tola nima va qanday ko‘rsatkichlarga ega?
10. G‘o‘za zararkunandalarining turlari qaysilar?
11. Harorat, yorug‘lik, suv g‘o‘zaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
12. Paxta tolasiga qo‘yiladigan sanoat talablari nimalardan iborat?
13. Paxtaning yangi seleksion navlari afzalliklari nimalardan iborat?
14. Paxta tolasining yetuklik koeffitsiyenti nima?
15. Paxta terish mashinalarining turlari qaysilar?
16. Paxtani qayta ishlash texnologik jarayonlarini ta’riflang.
17. Paxta quritishning qanday turlari mavjud?
18. Paxtaning namlik miqdori nima va qanday aniqlanadi?
19. 2SB—10 rusumli quritgichning texnologik tavsifi?
20. Paxtani tozalash jarayonining afzalligi nimada?
21. UX—5 va CHX—3M2 mashinalarining bir-biridan farqi?
22. Jinlash jarayonining maqsadi va turlari?
23. Paxta tolasini arrali jinlarda ajratish jarayoni?
24. Arrali jinlarning rusumlari va bir-biridan farqi?
25. Arraning chigitli paxta valigiga ta’siri sxemasini chizing va ta’riflab bering.
26. 3OVP—M rusumli tola tozalagichning vazifasi nima?
27. Tola tozalagichning turlari va bir-biridan farqi?
28. Valikli jinlarda paxta tolasini ajratish va tolani ajratish jarayonini ta’riflang. 
29. DV—1 rusumli valikli jinning tuzilishini chizing va ta’rif bering.
30. Paxta zavodida jinlash bo‘limi, texnologik uskunalarning tarkibi va ularni 
o‘rnatish tartibi qanday joylashgan?
31. ON—6—3 rusumli tola tozalagichning asosiy vazifasi nima?
32. Presslashdan oldin tolani namlash qanday amalga oshiriladi?
33. Texnik chigitni qayta ishlash qanday amalga oshiriladi?
34. 5PL va PMP—160M linter mashinalariinng bir-biridan farqi?
35. 5PL — linter agregatining asosiy ishchi qismlari
36. Paxta tolasi, lint va chiqindidan olingan tolani toylash qanday bajariladi?
37. Gidravlik pressning ishlash usulini ta’riflang.
38. Gidravlik pressning turlari.
39. Pressdan chiqqan toy zichligi qanday aniqlanadi?


77

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə