M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

2.2. IPAK QURTINING ZARARKUNANDALARI
HAMDA KASALLIKLARI
Sariq kasali. Eng ko‘p tarqalgan kasalliklardan hisoblanib, bu kasal 
bilan qurtlar uchinchi va to‘rtinchi yoshlari davrida, po‘st tashlangandan 
keyin paydo bo‘ladi. Sariq kasal tekkan qurtlar juda ham semirganday 
bo‘lib, rangi sarg‘ayadi, juda ham ojizlanib qolib, ishtahasi susayadi va 
harakati susayadi. Bunday qurtlar bir-ikki kun o‘tgach nobud bo‘ladi.
Tosh (muskardina) kasallikning paydo bo‘lishiga sabab — 
qurtxonaning zaxlanishi, havoda namlikning ko‘payib ketishidir. Bu 
kasal bilan kasallangan qurtlar bo‘sh, kam harakatchan bo‘lib, barg 
yeyishdan qoladi. Badanlari bo‘shashib, toshdek qotadi va 6—12 kundan 
so‘ng halok bo‘ladi. Qurtlarning rangi ba’zan oqimtir va ko‘kish bo‘ladi. 
Qurtni qo‘lga olib ozgina bukilsa, darrov sinadi. 5-yoshda kasallangan 
qurtlar pilla o‘rashi mumkin, lekin bu pillalar yengil va pillasi shiqillatilsa, 
qattiq ovoz beradi.
Jonsizlik yoki o‘lat (mertvennost) kasalligi eng qo‘rqinchli kasalliklardan 


83
bo‘lib, u qurtning beshinchi yoshining ikkinchi yarmida va pilla 
o‘rash oldidan tarqaladi. Bu kasal bilan kasal langan qurtlar to‘satdan 
barg yeyishdan qoladi va so‘kichakning atrofiga chiqib, harakatdan 
to‘xtaydi.
Liqqoq (chaxlost) kasali qurt boqish qoidalariga to‘la amal 
qilinmaganda va beshinchi yoshda paydo bo‘ladi. Bu kasalga yo‘liqqan 
qurtlar bargni oz yeydi, nimjon bo‘lib, terisi burishib qoladi. Kasallangan 
qurtlar pilla o‘rashi mumkin, lekin ularning pillasi mayda va puch 
bo‘ladi.
Kasalliklarga qarshi kurash choralaridan biri urug‘ni faqat sog‘lom 
kapalakdan olish, shu bilan birga qurtxona hamda asbob-uskunalarni 
dezinfeksiyalash, qurt boqish davrida sanitariya va agrotexnika 
qoidalariga qat’iy amal qilishdan iborat.
Kasallangan qurtlar tezda yo‘qotilishi va qurtxona 2 % li 
monoxloraminga ammiak selitra qo‘shib (baravar miqdorda) dezinfeksiya 
qilinishi tavsiya etiladi. Qurt boqishni boshlashdan oldin qurtxonalar 
ta’mirlanib, devorlari toza o‘ldirilmagan ohak bilan tekis qilib oqlab 
chiqiladi. Xonaning hamma joyi 3—4 % farmalin bilan dezinfeksiya 
qilingandan keyin, xona 48 soat davomida havo kirmaydigan qilib 
bekiladi. Shundan keyin xona yaxshilab shamollatiladi.
Har bir zot qurt o‘ragan o‘ziga xos shakli, rangi, hajmi va ipagining 
chiqishligi bilan bir-biridan farq qiladi.
Bundan tashqari, ipak qurti qanday sharoitda tarbiya qilinmasin 
baribir pillasining orasida ma’lum miqdorda nuqsonli pillalar ham bo‘ladi. 
Lekin ipak qurti boqish texnikasi qanchalik sifatsiz o‘tkazilsa, shuncha 
nuqsonli pilla ko‘payadi.
Nuqsonli pillalar xarakteri va o‘lchamlariga hamda keyingi texnologik 
jarayondagi ishlanishiga qarab pasaytirilgan navlarga baholanadi yoki 
nuqsonli deb topiladi.
Quyida eng ko‘p uchraydigan pilla nuqsonlari tavsiflari va ularning 
2.4-rasm. Pillaning tuzilishlari:
1 — sharsimon; 2 — ellipsli bo‘g‘imsiz; 3 — ellipsli bo‘g‘imli; 4 — ellipsli yaqqol 
bo‘g‘imli; 5 — silindrsimon cho‘zinchoq; 6, 7 — o‘tkir uchli.







84
paydo bo‘lish sabablarini ko‘rib chiqamiz (2.5-rasm).
Noto‘g‘ri shakldagi pillalar (ayniqsa xunuk va nayzali) dan olingan ipak 
tolasi ko‘p tugunli va sifati past bo‘ladi, juda o‘tkir nayzali pillalardan ipak 
tortilganda ular qutbdan teshiladi, shuning uchun ular suvga cho‘kib 
ketadi va ipak tortib bo‘lmaydi.
Dukurma pilla — bir qurtdan o‘ralmay, ikki-uchta qurtlarning bitta 
pilla o‘rashdan hosil bo‘lgan pilla. Pillaning hajmi oddiy pillaning hajmiga 
qaraganda katta, qattiq va sharsimon bo‘ladi.
Qurti g‘umbakka aylanmagan pilla — bunday pishib yetilmagan 
pillalar ularning barvaqt terilishidan yoinki qurtlarning g‘umbak larga 
aylanishidan oldin terilganligidan hosil bo‘ladi.
Atlasli pilla qobig‘ining donadorligi yaxshi ajralib turmaydi va biroz 
yaltiroq tovlanadi. Bu xil pillaning tolalari bir-biriga yaxshi yopishmagan 
bo‘ladi.
Oq pachoq pilla boshqa pillalardan o‘z qobig‘ining yupqa bo‘lishi bilan 
ajraladi. Qobig‘i yupqa bo‘lganligidan tez pachoq bo‘lishi mumkin.
Oq pachoq pilla paydo bo‘lishi sababi, qurtning ayniqsa oxirgi yoshda 
ovqatga yaxshi to‘ymasligidir.
Qora pachoq pillalar ko‘pincha kasal qurtlar o‘ragan pilladan paydo 
bo‘ladi, ayniqsa, qorason bilan kasallangan qurt pilla o‘rab bo‘lib, 
g‘umbakka aylanmay o‘ladi va chiriydi.
Go‘ng pillalar qobig‘ining ichki devorlariga chirigan qurtning yoki 
g‘umbakning yopishishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu pillalarni shiqillatilsa, 
odatdagi ovozni bermaydi.
Usti dog‘ pilla qora pachoq pillalar boshqa ifloslangan pillalarga 
tegishi natijasida hosil bo‘ladi. Pilla dog‘larini o‘lchamlariga qarab bu 
pillalar navi past yoki nuqsonli pillalarga kiritiladi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə