M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent


 TABIIY IPAKNING KIMYOVIY XUSUSIYATI



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

2.4. TABIIY IPAKNING KIMYOVIY XUSUSIYATI
Tabiiy ipak nihoyatda gigroskopikdir. U havodagi namni o‘ziga 30 % ga 
qadar shimib oladi. Ipak yuqori namligiga qaramasdan zanglamaydi 
(chirimaydi) va sifati buzilmaydi. Tabiiy ipak organik (hayvonotlar) 
guruhidagi tolalardan bo‘lib, murakkab belok moddalaridan tuzilgan. 
Tabiiy ipak tuzilishi va kimyoviy xususiyatlari bilan turlicha bo‘lgan 
quyidagi moddalardan iborat.
1. Fibroin — 70—80 %. 
2. Seritsin — 20—30 %.
3. Alkogol yordami bilan ajratilgan moddalar:
efir 
— 0,4—0,6 %;
spirt 
— 1,2—3,3 %;
mineral — 1,0—1,7 %. 
Pillakashlik
Xomashyo (pilla) pillakashlik fabrikalariga tayyorlov punkt laridan 
dastlabki ishlovdan o‘tgan holda keltiriladi. Pillakashlik fabrikalarida 
pillalar chuvilib, uchlari topiladi. Chuvib olingan yakka ipak juda kuchsiz, 


88
ingichka va notekis bo‘ladi, shuning uchun uni to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘quv 
yoki ipak pishitish kor xonalari da ishlatib bo‘lmaydi. Pillakashlik jarayonida 
bir necha (4—10) dona pilladan chuvilgan yakka ipaklarni qo‘shib, bitta 
yakka xom ipak olinadi. Pillakashlik jarayonining vazifasi ancha pishiq 
va har jihatdan tekis texnika ipagi olishdir.
Pillakashlik texnologiya jarayoni quyidagi sxema bo‘yicha 
bajariladi:
1. Pillalarni pasportlashtirish va partiyalarni kattalashtirish.
2. Pillalarni navlarga ajratish, ya’ni ustki qobig‘ini shilib olish
kalibrlash va navlarga ajratish.
3. Pillalarni chuvishga tayyorlash: bug‘lash, ipaklarning uchini topish 
va silkitish.
4. Uchi topilgan yakka ipaklarni qo‘shib, kalava holida o‘rab, xom 
ipak olish.
5. Xom ipakning sifatini nazorat qilish, yig‘ishtirish va joylashtirish.
Pillalarni pasportlashtirish
va partiyalarni kattalashtirish
Pillalarni pasportlashtirish uchun partiyadagi pillalarning sifat 
xarakteristikalari laboratoriyada aniqlanadi va bu ko‘rsatkichlar pasportga 
yoziladi. Shu ko‘rsatkichlarga asoslanib, pilla partiyalari kattalashtiriladi, 
ya’ni sifat ko‘rsatkichlari (rangi, ingichkaligi, pilladan olingan ipakning 
uzunligi va h. k.) bir-biriga yaqin bo‘lgan bir jinsli pilla partiyalarini 
birlashtirib, bitta kattaroq partiya hosil qilinadi. Kattalashtirilgan pilla 
Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə