M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent


partiyasini ishlashda pillakashlik jarayoni ancha yaxshilanadi, chunki



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish


partiyasini ishlashda pillakashlik jarayoni ancha yaxshilanadi, chunki 
mashinalarni uzoq vaqt uzluksiz ulanmay va ish jarayonlarini o‘zgartirmay 
ishlash mumkin bo‘ladi, olinadigan xom ipak sifatli bo‘lib, undan katta-
katta partiyalar yasashga imkon tug‘iladi. Chuvib olinadigan kalava 
ipakning sifati ham yaxshilanadi va ish unumi yuqori bo‘ladi. Bu esa 
mahsulotning tannarxini pasaytiradi.
Pillalar partiyaga ajratilgandan keyin kattalashgan partiyaning o‘zida 
pillalar bir tekis bo‘lishini ko‘zda tutib, ular aralashtiriladi; bu ish maxsus 
pilla aralashtiruvchi mashinalarda bajariladi.
Pillalarni navlarga ajratish
Kattalashtirilgan va aralashtirilgan pilla partiyalari qobiq shi luvchi 
mashinadan o‘tkazilib, pillalarning ustidagi qobig‘i ajra tiladi, chang va 
momiqlardan tozalanadi. Ustidagi qobig‘i shilinib olinishi natijasida 
alohida pillalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar yo‘qoladi, natijada pillalarni 
bundan keyingi ishlash osonlashadi.


89
Bundan keyin pillalar kalibrlanadi (ma’lum o‘lchovli pillalar saralanadi) 
va navlarga ajratiladi. Pillalar katta-kichikligiga qarab, uch xilga ajratiladi. 
Partiyadagi pillalar bir jinsli bo‘lishiga qaramay ularning o‘lchovlari va 
pardalarining zichligi, shu bilan birga, har bir pilladagi ipakning ingichkaligi 
ham har xil bo‘ladi. Ma’lumki, o‘lchovlari va pardalarining zichligi turlicha 
bo‘lgan pillalar bundan keyingi operatsiyalarda ish rejimining har xil 
bo‘lishini talab etadi.
2.5. PILLALARNI KALIBRLASH
Bu jarayon maxsus kalibrlash mashinasida bajarilib, bu mashina qiya 
o‘rnatilgan va sekin aylanib turadigan barabandan iborat. Barabanning 
yon sirti uzinasi bo‘ylab uch seksiyaga bo‘lingan bo‘lib, ularga ma’lum 
oraliq-tirqishli plankalar yoki trubalar o‘rna tilgan. Birinchi seksiyadagi 
oraliq 16 mm ga, ikkinchi seksiyadagi oraliq 19 mm ga va uchinchi 
seksiyadagi oraliq esa 22 mm ga teng. Hamma pillalar birinchi seksiyaga 
beriladi. Bu yerda eng kichik pillalar 16 mm li oraliqdan tushib qoladi, 
ikkinchi seksiyada esa eng katta o‘lchovli pillalar ajraladi. Juda katta 
o‘lchovli va qo‘sha loq pillalar esa barabanning ikki ochiq tomonidan 
pastga tushadi.
Kalibrlangan pillalar qo‘lda navlarga ajratiladi. Har bir kalibr dagi 
(o‘lchovdagi) pilla alohida-alohida navlarga ajratiladi. Bu ish O‘zbekiston 
2.7-rasm. Ipak ajratadigan bezlar:
a — juft ipak ajratadigan bez; b — bez kanalining ko‘ndalang kesimi;
d — bez ajralishining ko‘ndalang kesimi; e — bez kletkasining tuzilishi.
3
2
1
b)
4
e)
3
3
3
d)
a)
VP
P
FO


90
ipakchilik sanoati ilmiy tekshirish instituti (O‘zNIISHP) tomonidan ixtiro 
qilingan saralash stolida baja riladi. Bu stol ostidan yoritilib turuvchi xira 
oynadan iborat. Pilla tashqi ko‘rinishlariga hamda pilla pardalarining 
holatiga qarab navlarga ajratiladi. Pillalar zich, o‘rtacha zichlik va kam 
zich likdagi xillarga ajratiladi, pardasida har xil nuqsonlari bo‘ladi. Bundan 
tashqari, brak pillalar ham ajralib turadi.
2.8-rasmda pilla tozalash mashinasi CHK—1 tasvirlangan. Mashina 
bunkerida joylashtirilgan pilla aylanayotgan shpindelga tushadi va o‘ziga 
pilla yuza qatlamidagi ustki qobiq tolalarini hamda mayda xas-cho‘plarni 
o‘raydi. Tozalangan pilla esa yo‘naltiruvchi moslama (9, 10) lar orqali pilla 
yig‘ish idishiga tushadi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə