M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

3.5. POYA VA PO‘STLOQNI SARALASH
Turli uchastkalardan keltirilgan kanoppoya turlicha xususiyatli 
bo‘ladi, chunki bir dalada, bir xil sharoitda o‘stirilgan kanoppoya rangi, 
uzunligi va yo‘g‘onligi jihatidan har xil bo‘ladi. Bunga sa bab, kanop 
o‘stirilgan dala hosildorligining har xilligi, bir tekis o‘g‘itlanmasligi 
va sug‘orilmasligi, dalaning ayrim uchastkalaridagi o‘simliklarning 
kasallanishidir. Bundan tashqari, hosil turli muddatlarda yig‘ilishi 
natijasida birday pishib yetilmaydi. Bunday poyalar baravar qurimaydi. 
Bularning hammasi poyalarning bir xil xususiyatli bo‘lmasligiga olib 
keladi. SKO—2 rusumli navlarga ajratuvchi mashina poyani uzunligiga 
qarab 3 guruhga ajratadi:
I guruh — 1,8 m dan uzun, II guruh — 1,2 m dan 1,8 m gacha va III 
guruh — 1,2 m dan kalta poyalar. Kalta va chuvalgan poyalar to‘rtinchi 
guruhga kiradi.
Hozirgi vaqtda, asosan, po‘stloq va poyalarni, katta bog‘lar yasash dan 
oldin, g‘aramdan olish paytida bog‘ning tashqi ko‘ rinishi (rangi, yo‘g‘onligi, 
uzunligi, zarpechak bilan zararlan ganligi va boshqalar) ga qarab xillash 


105
usuli qo‘llanilmoqda. Bu usul da bog‘ning ichidagi har xil sifatli poya yoki 
po‘stloqlar ajralmay qoladi. Shuning uchun po‘stloqni navlarga ajratishda 
bog‘larni yechib, bir xil rang va uzunlikdagi po‘stloqlarni tanlab xillash 
usulini qo‘llash yaxshi natija beradi. Shunda olinadigan tolaning sifati 
yaxshilanib, miqdori ham oshadi. Ilmiy kuzatishlar shu narsani ko‘rsatdiki, 
saralashga ketgan hamma chiqimlar olinadigan foydalar orqali qoplanadi 
va anchagina foyda keladi.
Quyida kanop ishlab chiqarish jarayonlari chizmasi keltiril gan.
3.6. QURUQ KANOPPOYADAN PO‘STLOG‘INI AJRATISH
Quruq kanoppoyadan po‘stlog‘ini ajratish ustidagi birinchi intilishlar 
1930—1932-yillarda bo‘ldi, shu maqsadda N. N. Mishin TR—5 rusumli 
ezish mashinasini yaratdi. Lekin o‘tkazilgan tajribalar bu mashinada 
quruq poyadan sifatli po‘stloq olib bo‘l masligini ko‘rsatdi. Olingan 
po‘stloq titilib, kesilib ketgani uchun undan tolasini ajratib olish ham 
qiyin bo‘ldi.
SNIILV ilmiy xodimi V. A. Belix birinchi marta 1937-yili Tosh kent viloyat 
Quyi Chirchiq rayonidagi Soldatskiy kanop zavodida quruq poyadan 
po‘stlog‘ini ajratish ustida tajribalar o‘tkazib, yaxshi natijalarga erishdi. 
Shundan so‘ng V. A. Belix yangi mashina yaratish ustida ko‘p yil ish 
olib bordi. Natijada 1950-yili MT—100—K rusumli agregat yaratildi. 
Bu agregatda tasmasimon, toza, kesilmagan po‘stloq olindi. Bunday 
po‘stloqdan yuqori sifatli uzun tola olish mumkin. MT—100—K agregati 
(3.3-rasm, a) uch asosiy qismdan: namlash apparati, ezish qismi va titish 
qismidan iborat.
Shunday qilib, agregatda poya namlanadi, eziladi va titilib, po‘stlog‘i 
yog‘ochlikdan ajratiladi. V. A. Belix sistemasidagi namlash apparati ezish 
mashinasining o‘ng tomoniga 90° burchak hosil qilib o‘rnatiladi. Namlash 
apparatida poyaning po‘stloq qismi 35—40 % gacha namlanib, yog‘och 
qismi esa quruq (8—9 %) qoladi.
Poya qismlarining bunday namlanishi po‘stloqqa zarar yetkaz may, 
ezish vaqtida yog‘ochlikning yaxshi maydalanishiga, titish vaqtida 
po‘stloq ichidan maydalangan yog‘ochlikni oson ajratib olishga imkon 
beradi.
Namlash apparatida (3.3-rasm, b) ikkita (yuqorigi va pastki) 
transportyor bo‘lib, ularning har qaysisi uchtadan parallel joylash gan 
uzluksiz uchta zanjirdan iborat. Yuqorigi transportyor silliq, pastkisiga 
esa 112 mm balandlikdagi qoziqlar payvandlab qo‘yil gan. Quruq poya 
transportyorga qo‘lda berib turiladi. Poyalar avval ustki transportyorda, 
so‘ngra pastki transportyorda aylanib, ezuv chi mashinaning stoliga 


106
o‘tadi, har qaysi transportyor ustiga va o‘rta qismiga o‘rnatilgan quvurlar 
tizimidan suv purkalib, poya ning po‘stloq qismini namlaydi.
Poya po‘stlog‘ining qalinligi past qismidan yuqori qismiga tomon 
o‘zgarib borishini ko‘zda tutib, namlash jarayoni diffe rensiallashgan 
usulda, ya’ni poyaning pastki qismi ko‘proq, o‘rta qismi kamroq, yuqori 
qismi esa yanada kamroq namlanadigan qi lib olib boriladi. Shuning 
uchun suv purkab turuvchi quvur lar ning uzunligi har xil uzunlikda 
qilingan. Poyaning yo‘g‘on-in gichkaligiga qarab, transportyorning 
tezligini o‘zgartirish mumkin (1,0; 1,38; 1,68 m /daq).
Agregatning ezish mashinasi poyaning yog‘ochligi bilan po‘stloqdagi 
yopishqoqligini bo‘shatish, yog‘ochlikni maydalash va qisman uni 
po‘stloqdan ajratish vazifasini bajaradi. Mashinada 11 juft vales bor.
Poyaning sifatiga qarab, muft valeslar sonini 6 dan 10 tagacha o‘z-
gartirish mumkin. Poyaning sifatli ezilishini ta’minlash uchun max sus 
mexanizm yordamida poyaga tushadigan bosim moslab turi ladi. Ezish 
qismida material 41,4 m/daq tezlik bilan harakatlanadi.
Agregatning titish mashinasida ezilib yopishqoqlikdan bo‘sha gan va 
maydalangan yog‘ochlik po‘stloqdan ajratib tozalanadi.
Mashinaning asosiy qismlari: bir juft ta’minlovchi valeslar, titish 
barabani, harakatlanuvchi kolosnikli panjara, yo‘naltiruvchi valik, 
chiqaruvchi valeslar va transportyordan iborat.
Ta’minlovchi valeslarning diametri 158 mm bo‘lib, ustkisi mayda riflali, 
pastkisi esa silliq. Titish barabanining diametri 600 mm, unda radial 
joylashgan o‘nta urgich bor. Baraban tagida uni yoy shaklida qoplab 
turuvchi panjarali transportyor joylashgan. Bu panjarani maxsus shina 
orqali yuqoriga yoki pastga tushirib, urgich trayektoriyasi bilan panjara 
orasidagi oraliqni 5 mm dan 25 mm gacha o‘zgartirish mumkin.
Titish mashinasining usti kojux bilan yopilgan bo‘lib, avtoblokirovka 
moslamasi bilan ta’minlangan. Kojux ochilganda mashinaning yuritmasi 
uziladi, titish qismidagi kojux yopiq bo‘lgandagina agregatni ishga 
tushirish mumkin. 
3.1-j a d v a l
MT—100—K agregati ezish valeslarining tasnifi


107
Ivitish
Poya va po‘stloqni biologik ivitish
(issiq va sovuq suvda)
(Titish-yuvish mashinasida ishlash)
(TMM–200–K, ALV, ALV–M, ALT)
Uzun, ho‘l tolani siqish
PO–50, POV–4
Uzun tolani quritish
SLG–210–L1
Uzun tolani yumshatish
MM–2, MM–50, PMG
Saralash va nam havoda
tutib turish
Tolali chiqindini boyitish
OMOT–50, MKB, AKB
Boyitilgan kalta tolani quritish
CLG–120–L1, CLG–140
Qisqa tolani ajratish
KPK–2
Qisqa tolani saralash va
nam havoda tutib turish
Presslab toy qilish va saqlash
RP–5U, PP–5U, GPV–1


108
Kanoppoya va po‘stloqdan tolani ajratib olish texnologik
jarayonining chizmasi
Kanoppoyani o‘rish
Ko‘kpoya
Zavodda qabul qilish va 
g‘aramlarda saqlash
Ko‘kpoyani yanchish
Quruq poyadan 
po‘stlog‘ini ajratish
Urug‘lik poya
Navlarga ajratish va 
katta bog‘lam qilish
Ko‘k po‘stloq
Po‘stloqni katta bog‘-
lam qilib bog‘lash
Ivitish
Poya
Po‘stloq
Yuvish-titish mashinasida ishlash
Uzun tola
Ho‘l tolani siqish
Quritish
Yumshatish
Saralash va nam 
havoda tutib turish
Chiqindini boyitish
Quritish
Qisqa tolani ajratish
Qisqa tolani saralash va 
nam havoda tutib turish
Presslab toy qilish
va saqlash
Kanop fabrikasiga yuborish
Tolali chiqindi


109
Ezish qismidan chiqayotgan ezilgan poyalar dastasi titish qismining 
ta’minlovchi valeslari orqali titish qismiga tushadi, unda katta tezlik bilan 
harakatlanayotgan baraban urgichlari ta’sirida titiladi va yog‘ochlikdan 
tozalanadi. Po‘stloq dastasini urgichlar bilan kolosnik panjaraga tashlaydi, 
panjara esa chiqaruvchi valeslar tomonga harakatlantiradi. Ajralgan 
yog‘ochlik panjara tirqishlaridan mashina tagiga tushadi. Tozalangan 
po‘stloq chiqaruvchi transportyor orqali tashqariga chiqadi. Titish 
barabanini 160, 190, 220 va 250 ayl/daq tezlik bilan aylantirish mumkin. 
Chiqarish transportyorining tezligi esa doimiy bo‘lib, 43 m/daq ga teng.
Agregat 11 kVt li bitta elektr dvigateldan harakatlanadi. Agre gatning 
bir smenada o‘tkazuvchanligi o‘rta hisobda 8 t ga teng. Agregatning 
gabarit o‘lchamlari: uzunligi — 8,2 m, eni — 6 m, balandligi — 1,65 m. 
Massasi — 8,5 t.
Ma’lumki, xo‘jaliklar kanop hosilining ko‘p qismini ko‘k po‘stloq tarzida, 
urug‘lik poya va qisman ko‘kpoyalar esa poya tariqasida zavodlarga 
topshirmoqda. Zavodlarda poya po‘stloqlar hozircha ivitish hovuzlarida 
sovuq suvda ivitilib ishlanayotganligi uchun quruq poyadan po‘stlog‘ini 
ajratadigan MT—100—K agre gati zavodlarda kam qo‘llanilmoqda.
So‘nggi yillarda kanop zavodlari mexanizatsiyalashtirilgan, yil bo‘yi 
ishlaydigan zavodlarga aylanayotganligi munosabati bilan quruq poyalar 
ham po‘stlog‘i ajratilgan holda ishlanishi kerak. Shuning uchun MT—
100—K agregati quruq poyalar po‘stlog‘ini ajratishga mo‘ljallanmog‘i 
lozim.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə