M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

3.2. ELEMENTAR TOLA HAQIDA TUSHUNCHA
To‘qima bir-biridan ajralgan yoki dastaga joylashgan yagona tola 
elementar tola deb ataladi. Kimyoviy jihatdan elementar tola yuqori 
molekulali polimer modda hisoblanadi. Tola hujayrasining asosiy moddasi 
sellulozadan iborat bo‘lib, u tolaga pishiqlik, egiluvchanlik va elastiklik 
beradi.
Tola tarkibida sellulozadan tashqari pektin, lignin va boshqa 
moddalar bo‘ladi. Bularning hammasi sellulozaning tarkibi bo‘lib, 
tolaning qattiqligini oshiradi, pishiqligini kamaytiradi, sifatini pasaytiradi. 
Elementar tola duk shaklida bo‘lib, o‘rtasi yo‘g‘on va ikki tomoni 
ingichkalashgan, devori qalinlashgan va o‘rtasida bo‘shliqqa ega. 
Elementar tola uzunligining ko‘ndalang kesim kattaligiga nisbati 
prozenximalik koeffitsiyenti deb ataladi. Bu koeffitsiyent juda katta 
chegaralarga o‘zgarib turadi.
Kanopning elementar tolasi kalta — 1,5—6,0 mm, o‘rtacha ko‘ndalang 
kesimi 20 mkm va prozenximalik koeffitsiyenti 100—150 ga teng. Ular 
ko‘p qirrali shaklda bo‘lib, dastada zich birlashib turadi. Elementar tola 


100
ko‘ndalang kesimlarining ichki tuzilishini elektron mikroskop orqali 
kuzatilsa, ularda aylana shaklida joylashgan qatlamlarni ko‘rish mumkin. 
Daraxtdagi yillik halqalardan farqli ravishda bu o‘sish halqalari bir yilda 
emas, balki bir kecha-kunduzda hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham ularni 
«kundalik o‘sish halqalari» deyish mumkin. Elementar tolalarni kimyoviy 
jihatdan tekshirish har qaysi elementar tolada 3 ta — birinchi, ikkinchi 
va uchinchi hujayra devori bo‘lishini ko‘rsatadi. Hujayraning o‘rtasida 
bo‘shliq (kanal) bo‘lib, unda hujayra tirikligida protoplazma bo‘ladi.
Hujayraning birinchi devorida selluloza moddasidan tashqari 
gemitselluloza, pektin moddalari va lignin uchraydi. Tola hujayrasining 
asosiy qismini hujayraning ikki devori egallaydi va u asosan sellulozadan 
iborat bo‘ladi.
Pektin moddalari elementar tolalarni bir-biri bilan bog‘lab tu rish 
uchun xizmat qiladi. Tolaning qattiqligi va mo‘rt bo‘lishi aso san legnin 
tufaylidir. U iplarning mayinligiga ancha putur yetka zadi. Shuning 
uchun legninning ko‘p qismi kimyoviy yo‘llar vosi tasida toladan chiqarib 
yuboriladi. Biroq kanop tolalarini ishla tish davrida oz miqdorda legnin 
bo‘lishi shart, chunki u elementar tolalarni bir-biri bilan bog‘lovchi asosiy 
vosita hisoblanadi.
Elementar tola devorining qalinligi va o‘rtasidagi bo‘shliq kattaligi 
tolaning poyada turgan joyiga qarab o‘zgaradi. Poyaning past tomonida 
qalin devorli hujayra, o‘rtasidagi bo‘shliqda diametri kichik; poyaning 
uchida esa yupqa devorli bo‘ladi. Poyaning aynan bir ko‘ndalang 
kesimining o‘zida ham tolaning o‘zgarishini ko‘rish mumkin.
Birlamchi va ikkilamchi tolalar
3.1-rasm. Kanoppoyaning ko‘ndalang kesimi tuzilishi:
1 — kutikula (po‘st pardasi); 2 — epidermis; 3 — kallenxima; 4 — po‘stloq 
parenximasi; 5 — endodermis; 6 — birlamchi tola; 7 — ikkilamchi tola;
8 — po‘stloq parenximasi; 9 — turli truba; 10 — kambiy; 11 — yog‘ochlik; 12 — suv 
yo‘llari; 13 — o‘zak; 14 — bo‘shliq.
Po‘stlog‘i
Yog‘ochlik
O‘zak
14 
13 
12 
11 10 9 8 7 6 5 4


101
Kanoppoyaning ko‘ndalang kesimida tolalar tutami bir necha qatlamda 
joylashadi (13 tagacha). Tashqi qatlam birlamchi tola bo‘lib, pastdan 
yuqorigacha cho‘zilgan, qolgan qatlamdagi tolalar tutami ikkilamchi 
tola bo‘lib, poyaning uchigacha yetmaydi, qat lamlar soni ham poyaning 
tagidan yuqorisiga qarab kamayib boradi.
Demak, ikkilamchi tolalar tutamining uzunligi har xil bo‘ladi (3.2. 
a-rasm). Rasmda ko‘rinib turibdiki, eng uzun tola tutami birlamchi 
bo‘lib, ikkilamchi tola tutami esa har xil uzunlikda hamda qatlamlar 
soni ham turlicha joylashgan. Eng qisqasi eng ichkarisidagi qatlamdir. 
Kanoppoyada ikkilamchi tolalar tutami juda o‘sgan: boshqa tolali 
o‘simliklarning ikkilamchi tutamiga qaraganda uzun va ko‘p bo‘ladi.
Birlamchi va ikkilamchi tolalar tutami guruhlanib joylashgan, har 
qaysi guruh poyaning ko‘ndalang kesimida trapetsiya yoki uchburchaklik 
shaklida ko‘rinadi (3.2 b-rasm). Trapetsiyaning yuqorisida birlamchi tola, 
qolgan maydonda ikkilamchi tolalar joylashadi. Birlamchi tolalar tutami 
ikkilamchi tolalar tutami bilan qo‘shilib ketmagan, ularni alohida qilib 
ajratish mumkin.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə