M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

3.4. XOMASHYONI G‘ARAMGA JOYLASH
Xomashyo yaxshi saqlanishi uchun bog‘larni g‘aramga joyla ganda ba’zi 
qoidalarga rioya qilish kerak bo‘ladi. G‘aramni tiklash muhim ish bo‘lib, 
bunda g‘aramchining mohirligiga hamda xomashyoning xususiyatiga 
e’tibor berish kerak. G‘aramning o‘rta qismi chetiga qaraganda yuqoriroq 
bo‘la borishi kerak. Poyaning pastki qismini g‘aramning tashqi tomoniga 
qaratib, yog‘och kuraklar bilan o‘riladi va g‘aram devori tekislab boriladi. 


103
Poyalarni g‘aramlashda bir qavati bo‘yiga qo‘yilib, keyingisi eniga qarab 
qo‘yiladi. Poyalarning qo‘yilish qalinligi g‘aramning hamma joyida bir 
xil bo‘lishi kerak. Shundagina g‘aram buzilib ketmaydi, ichiga yomg‘ir 
suvlari o‘tmaydi.
Namligi yuqori bo‘lgan xomashyoni g‘aramga qo‘yish mumkin 
emas. Kanoppoyani g‘aramlashda uzunligiga qarab 3—4 bo‘lakka 
bo‘lib, bo‘laklarni bir-biriga zichlab, ayrim-ayrim ko‘tarib chiqiladi. 
Shunday qilinsa, g‘aramni birdan ochmay, qisman ochish yoki buzilgan 
xomashyoni ajratib olish imkoni bo‘ladi.
G‘aram qilinayotgan paytda yomg‘ir yog‘ib qolsa, tugatilmagan 
g‘aramning ustiga brezent yopish kerak. Xomashyoni g‘aramga joylash 
zichligi uning namligiga bog‘liq. Poya quruq (namligi 20 % gacha) 
bo‘lsa, bog‘lar g‘aramga zich qilib ketma-ket teriladi, poyalar namroq 
(namligi 20—25 %) bo‘lsa, bog‘larning orasi zichlanmay, ochiqroq 
qilib teriladi, namlik 25—30 % bo‘lsa, zichlanmay ikkita tasmali usulda 
joylashtiriladi. Bundan tashqari g‘aramning uzunasiga va ko‘ndalangiga 
bir necha joyidan shamol kirib turadigan kvadrat (50½50 sm) tuynuklar 
qo‘yiladi. Bunday tuynuklar poyaning namligi 20 % dan oshiq bo‘lganda 
yasaladi.
Yog‘ingarchilik paytida g‘aram devorlariga suv tegmasligi uchun ikki 
yon tomonining yuqori qismi pastki qismiga qaraganda kengroq, tepa 
qismi tikroq (qiyalik burchagi gorizontga nisbatan po‘stloqni brezent 
bilan yopishda taxminan 60, poya g‘aramini yopishda esa 45—50) 
3.2-rasm. Birlamchi va ikkilamchi tolalar tutamining ko‘rinishi:
a — kanoppoyaning bo‘ylama kesimida tolalarning joylashish chizmasi:
1 — birlamchi tola; 2, 3, 4, 5 va 6 — ikkilamchi tolalar.
b — kanoppoya tag qismining ko‘ndalang ke simida tolalarning joylashish chizmasi: 
1 — epidermis kutikula bilan birga likda; 2 — assimilatsiya parenximasi; 3 — po‘stoq 
parenximasi; 4 — birlamchi tola tutami;
5 — ikkilamchi tola tutami; 6 — kambiy; 7 — yog‘ochlik.
1
2
1
2
3
4
5
6
7
1
4
3
5
a

 
 
b
)


104
qilinadi. Ko‘k po‘stloq g‘aram ustiga IV nav poyalar yopiladi. Ko‘k po‘stloq 
g‘aramlarining hammasi 1, 2 va 3-kategoriyali brezent bilan yopiladi. 
Brezent po‘stloqni yom g‘irdan yaxshi saqlaydi, uni ochib-yopish ancha 
oson. Yuqori navli poyalar g‘aramining ustiga kam brezent yopish ancha 
yaxshi natija beradi. Har qaysi g‘aramga raqam qo‘yiladi, yoniga faner 
taxtacha o‘rnatib, xomashyoning g‘aramlangan vaqti, massasi, navi, 
namligi hamda joylovchi brigadirning familiyasi yozib qo‘yiladi.
G‘aramdagi xomashyo og‘irligini hajmi va hajmiy massasiga qarab, 
quyidagi formula bilan taxminan aniqlash mumkin:
(3.1)
bu yerda: q – hajmiy og‘irligi, g/m
3
;
V
g‘aram
— g‘aramning hajmi.
Xomashyoning hajmiy og‘irligi uning saqlanish balandligiga 
hamda muddatiga bog‘liq. Baland qilib saqlanganda pastki qismlari 
yuqoridagilarning og‘irligi bilan bosiladi, 1 m dagi xomashyoning og‘irligi 
massasi (kg) taxminan quyidagicha bo‘ladi: (kg/m). 

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə