Bileti №21 Sanoat binolari xaqida umumiy ma’lumotlar, ularni tasnifi



Yüklə 21,07 Kb.
səhifə1/3
tarix25.06.2023
ölçüsü21,07 Kb.
#118876
  1   2   3
Bilet 21


Bileti 21

  1. Sanoat binolari xaqida umumiy ma’lumotlar, ularni tasnifi.

Sanoat binolari vazifasiga va qanchalik kerakligiga qarab sifati, asosiy konstruksiyalarining uzoq muddat o‘z vazifasini bajarib turishi va o‘tga chidamlilik belgilariga ko‘ra to‘rt sinfga ajratiladi. Bunda birinchi sinfli sanoat binolariga maksimal (yuqori) talab qo‘yilsa, 4 sinfdagi binolarga minimal (o‘rtacha)talab qo‘yiladi. Sanoat binolari uchun uzoq vaqt o‘z vazifasini bajarib turish darajasi quyidagicha belgilanadi: birinchi darajali sanoat binolari uchun bu muddat 50 yildan kam bo‘lmasligi va uchinchi darajali sanoat binolaridagi muddat 20 yildan kam bo‘lmasligi kerak. Sanoat binolari konstruktiv elementlarining yonuvchanlik belgisi va chidamlik chegarasiga asosan, bino o‘tga chidamligini besh darajaga bo‘lish mumkin. Bunda 1–sinfli binolar uchun o‘tga chidamlik 2–darajadan, 2–sinfli binolar uchun esa 3–darajadan kam bo‘lmasligi kerak. 3–hamda 4–sinfli binolar uchun o‘tga chidamlik darajasi belgilanmaydi. Sanoat binolari arxitekturaviy–tuzilish belgilari bo‘yicha bir va ko‘p, aralash qavatli bo‘lishi mumkin. Mahsulot ishlab chiqarishda texnologik jarayon gorizontal holatda o‘tsa yoki ishlab chiqilayotgan mahsulot katta hajmli, og‘ir bo‘lib, bu mahsulotni ishlab chiqarishda dinamik kuchlardan foydalanadigan bo‘lsa, sanoat binolari bir qavatli qilib quriladi. Bugungi kunda ishlab chiqarish sanoatining 75 foizi bir qavatli sanoat binolariga joylashtirilgan. Bir qavatli binolar oraliqlar soniga ko‘ra bir oraliqli va ko‘p oraliqli turlarga bo‘linadi. Bino uzunligi bo‘yicha joylashgan ustunlari orasidagi ko‘ndalang masofa “oraliq” deb ataladi (1.1–rasm.) Ishlab chiqarishda texnologik jarayonni vertikal yo‘nalishda joylashtirish imkonini beruvchi engil sanoat, oziq–ovqat, radio texnika va boshqa shu turdagi sanoat turlarini ko‘p qavatli sanoat binolariga joylashtirish mumkin. Bu binolarda qavatlar aro yopmalarga tushadigan og‘irlik kuchi 45KN/m2 dan ko‘p bo‘lmasligi talab etiladi. Bir qavatli binolar asosan ko‘p oraliqli qilib quriladi (1.2–rasm.) 9 Ish joylarini zarur miqdorda yoritish maqsadida tabiiy va sun’iy yoritgichlardan foydalaniladi. Tabiy yorug‘likdan foydalanishda deraza o‘rni o‘lchamlarini hisoblab topiladi, sun’iy yoritgichlarni tanlashda esa ularni o‘rnatish joylari, quvvatlari va xillari hisobga olinadi. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishning turiga ko‘ra, ishchi va xizmatchilar uchun zarur bo‘lgan sanitariya–gigiena va madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish xonalarini, ya’ni kiyim kiyish va echinish, yuvinish, hojatxona, tabobat, umumiy ovqatlanish, dam olish hamda ishlab chiqarishni boshqaruvchi xodimlar uchun mo‘ljallangan xonalar ko‘zda tutiladi.



  1. S
    Yüklə 21,07 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə