Bileti №21 Sanoat binolari xaqida umumiy ma’lumotlar, ularni tasnifi


anoat binolarini qurilishida zamonaviy va yangi texnologiyalarni qo’llanilishi



Yüklə 21,07 Kb.
səhifə2/3
tarix25.06.2023
ölçüsü21,07 Kb.
#118876
1   2   3
Bilet 21

anoat binolarini qurilishida zamonaviy va yangi texnologiyalarni qo’llanilishi

Sanoat binosi ichida yarim fabrikat yoki tayyor mahsulotlarni bir joydan ikkinchi bir joyga ko‘chirish, ishchilar og‘ir qo‘l mehnatini engillashtirish va biron bir texnologik dastgohlarni yig‘ish va montaj qilish ishlarini ko‘tarma transport vositalari yordamida amalga oshiriladi. Ko‘tarma transport uskunalari ishlash usuliga ko‘ra ikki guruhga, ya’ni vaqti– vaqti bilan ishlaydigan hamda uzluksiz ishlaydigan turlarga ajraladi. Birinchi guruhga osma vosita (relsda yuruvchi osma kranlar) ko‘prikli kran, erda yuruvchi transport (chorpoyali kran, elektrokara, o‘rmalovchi aravalar) kabilar kirsa, ikkinchi guruhga esa konveyerlar (tasmali, cho‘michli, kurakchali, ko‘tarma zanjirli), pnevmatik (siqilgan havo) va gidravlik transport vositalari kiradi. Sanoatda ko‘plab qo‘llaniladigan osma va ko‘prikli kranlar binolarning hajmiytarhiy va konstruktiv yechimlariga ko‘proq ta’sir etadi. Osma kranlar massalari 250 kg dan 500 kg gacha bo‘lgan yuklarni ko‘tarish va bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazib qo‘yish uchun mo‘ljallangan engil ko‘prikdan yoki to‘sindan iborat bo‘lib, ular yopmasining ko‘taruvchi konstruksiyasiga (to‘sin yoki fermaga) ilingan bo‘ladi. Bunday kranlar g‘altakli ikki yoki to‘rt osma profilli po‘lat yo‘lda harakatlanuvchi elektrotaldan iborat bo‘ladi. Oraliqlar o‘lchami yoki yopmalar ko‘taruvchi konstruksiyalari qadamiga qarab binoda bir yoki bir necha kranlar o‘rnatilishi mumkin. Kranlarni stex polida turib yoki ko‘prikka ilingan maxsus kabinadan boshqariladi. Ko‘prik kranlar stex ishchi oralig‘ini to‘liq yopib turuvchi ko‘taruvchi ko‘prikdan, kranni kranosti yo‘l bo‘yicha harakat qildiruvchi mexanizmdan va ko‘prik bo‘yicha yuruvchi aravachadan, hamda ko‘prikka o‘rnatilgan boshqarish kabinasidan iborat bo‘ladi. Sanoatda 5 t dan 500 t gacha yuk ko‘tara oladigan bunday kranlar ustunlar tokchasiga o‘rnatilgan kranosti to‘sinlar ustiga mahkamlangan relslar ustida harakatlanadi. Relslar orasi unifikastiyalangan bo‘lib, bu masofa bino oraliqlari 12: 18: 24: 30 va 36 metr bo‘lgan hollarda shularga mos holda 10,5: 16,5: 28,5 va 34,5 m. bo‘ladi. Bunday kranlarda yuklarni bir joydan ikkinchi joyga uch yo‘nalishda ko‘chirish mumkin

Yüklə 21,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə