Bileti №21 Sanoat binolari xaqida umumiy ma’lumotlar, ularni tasnifi


Sanoat binolarining poydevorlari haqida umumiy ma’lumot lar



Yüklə 21,07 Kb.
səhifə3/3
tarix25.06.2023
ölçüsü21,07 Kb.
#118876
1   2   3
Bilet 21

3. Sanoat binolarining poydevorlari haqida umumiy ma’lumot lar
Sanoat binolarida poydevorlarini o‘rnatish uchun mehnat talablik binoga sarflanadigan umumiy mehnatni 6–8 % ni tashkil qiladi, temir-beton sarfi esa umumiy hisobdan 20 % gacha etadi. Shundan ko‘rinib turibdiki, poydevorlarning turi va formasini tanlash bino umumiy narxini tushirishga olib kelishi mumkin. Poydevorlarni o‘rnatish ikki xil: yig‘ma va quyma usulda amalga oshiriladi. Hozirgi kunlarda yirik o‘lchamli poydevorlarni qurishdagi mehnat- talablik katta bo‘lishiga qaramay quyma usulda olib boriladi. Agarda zamin grunti cho‘kuvchan va unga katta dinamik kuchlar ta’sir etadigan bo‘lsa va bulardan tashqari zilzila ta’siri ham kuzatiladigan joylarda tasmasimon poydevorlarini qo‘llash foydali hisoblanadi. Amaliyotda bir, ikki va ko‘p blokli yig‘ma poydevorlar ishlatiladi. Ularning qalinligi 100 mm dan kam bo‘lmagan qumli yoki betonli zaminga o‘rnatiladi. Poydevorlarda piramida shaklida bo‘lgan “stakan” ko‘rinishidagi chuqurlar bo‘lib, ularga ustunlar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. “Stakan” chuqurligi 0,8; 0,9; va 1,25 m pog‘onalar balandligi esa 0,3 va 0,45 m teng qilib qabul qilingan. Poydevrolarning katta kichikligi va er sathidan chuqurligi hisoblab topilib, ular ustunlardan tushadigan yuk va zamin grunti hususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bir blokli poydevor ko‘p blokli poydevorga nisbatan material sarfi bo‘yicha tejamli bo‘lib, montaj ishlari engil hisoblansa, uni ishlatish chegarasi cheklangandir. Sanoat binolarining harakterli tomonlardan biri poydevorlari bitta binoda har xil chuqurlikda joylashgan bo‘lishidadir. Bunday poydevorlarni konstruktiv yechimlari hamda ustunlarni ularga tayanishi bir necha variantlarda bo‘lishi mumkin: – poydevorlarni balandliklari bir xil qabul qilinib, ustunlar 27 balandliklari bir xil; – poydevorlar balandligi bir xil, ustunlar balandligi bir xil; – poydevorlari past-baland qilib qo‘yilgan joylarda maxsus qo‘yilma va ustunlar osti elementlari qo‘llanib ustunlari balandligi esa barobar bo‘ladi. Ustunlar past–balandligi turlarini kamaytirish maqsadida poydevor tepa sathini, poydevorini chuqurligidan qat’iy nazar, stex poli sathi 0,15 m chuqurlikda olinadi, ya’ni poydevor tepa sathi er sathi bilan barobarlashtirilgan bo‘ladi
Yüklə 21,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə