M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

3.7. KANOPNI IVITISH
Kanop tolasi po‘stloq ichida pektin, parenxima, kambiy, epidermis va 
boshqa to‘qimalar bilan yopishib o‘ralgan holda yotadi. Tolani ajratish 
uchun eng avval tolani yopishtirib yotgan moddani ketkazish, keyin 
tolani tozalab yuvish kerak. Kanoppoya yoki po‘stloq ma’lum usullar bilan 
ivitilganda tolalarni bir-biriga yopishtirib turgan moddalar erib ketadi, 
tola tutamlari ajraladi. Kanop hozir, asosan, biologik usulda ivitilmoqda. 
Bu usulda ivitilganda poyani tashkil qilgan moddalarning o‘zgarishini va 
bu ning ahamiyatini ko‘rib o‘taylik. Tolali o‘simliklar poyasini tash kil qilgan 
asosiy moddalarga selluloza, pektin moddalar, lignin, qand, kraxmal va 
dubil moddalari kiradi.
Selluloza — po‘stloq tolasi va yog‘ochlikning asosiy tashkil qiluvchi 
qismi. Biologik ta’sirga mustahkam, uni faqat o‘ziga xos mikroblargina 
juda sekinlik bilan parchalaydi. Biologik ishlashda kanop sellulozasida 
sezilarli o‘zgarish ko‘rinmaydi. U kimyoviy ishlashga ham mustahkam.


110
Pektin moddalari — poyadagi parenxima va po‘st to‘qi ma larning 
asosiy tashkil qiluvchi qismi (75—80 % gacha); bu mod dalar kam 
miqdorda po‘stloq tolasida ham bo‘ladi. Biologik va kimyoviy ishlashda 
ular mustahkamligi sellulozaga qaraganda kam hamda maxsus xil (pektin 
parchalovchi) mikroblar ta’sirida bir qancha oddiy moddalarga bo‘linadi 
(organik kislota, spirt, qand va boshqalar). Kuchli kislota yoki ishqorning 
kuchsiz eritmasida qaynatilganda eriydi.
Legnik — poya yog‘ochligini tashkil qiluvchi asosiy qismlaridan biri 
tola qismiga ham kiradi. Biologik ishlovga juda mustahkam; legninni 
parchalovchi mikroblar tabiatda kam uchraydi. Biologik ivitishda 
o‘zgarish ko‘rinmaydi. Kuchli kislota va ishqor eritmasida qaynatilganda 
legnin eriydi.
Qand — oddiy uglevod, suvda yaxshi eriydi va mikroor ga nizmlar 
3.3-rasm. MT—100—K agregatining va namlash moslamasining chizmasi:
a — MT—100—K agregatining texnologik chizmasi; b — namlash mosla ma sining 
chizmasi: 1 — poya uchun stol; 2 — yuqorigi namlash tizimi (teshikli quvurlar); 3 — 
pastki namlash tizimi; 4 — qoziqsiz zanjir;
5 — qoziqli zanjir; 6 — o‘tkazish stoli; d — MT—100—K agregati ezish-titish 
qismining chizmasi.
I — ezish qismi; II — titish qismi; III — ezish qismining ta’minlovchi valeslari; 
1 — ta‘minlovchi valik; 2—11 — ezish qismining riflali valeslari; 12 — 
titish qismining ta’minlovchi valeslari; 13 — titish barabani; 14 — zanjir-
plankali transportyor; 15 — yo‘naltiruvchi valik; 16 — chiqaruvchi valeslar;
17 — chiqaruvchi transportyor; 18 — taranglovchi yulduzcha.
Po‘stloqlar
Poyalar
a
)
b
)
2
3 2
3 2
3 2
3 2
5
6
I
II
12 13
15 16
17
18
14
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
1
4
d
)
III


111
uchun qulay oziqlanish muhiti hisoblanadi. Mikroblar ta’sirida yengil sut, 
sirka va boshqa organik kislotaga hamda karbonat angidrid, vodorod 
va boshqa gazlarga bo‘linadi.
Kraxmal — murakkab uglevod bo‘lib, asosan, poyaning parenxima 
to‘qimasi va yog‘ochlikda bo‘ladi. Qandga qaraganda mikroorganizmlar 
yordamida tarkibiy qismlarga ajralishi birmuncha qiyin. Kuchsiz kislota 
eritmasida qaynatilganda eriydi.
Dubil moddalar — poya po‘stlog‘ining parenxima to‘qimasi va qisman 
tolaning o‘ziga shimilgan bo‘ladi. Kanoppoyada bu modda ko‘p. Dubil 
moddalar oson va qiyin eriydigan bo‘lib, ular ning ko‘pi qiyin eriydi. 
Shunday qilib, poya tarkibiga kirgan moddalarning qisqacha tasnifi shuni 
ko‘rsatadiki, kanopni biologik ishlash vaqtida bu moddalardan pektin 
moddalarini tashkil qilgan parenxima, kambiy, epidermis to‘qimalari erib 
parchalanadi, toladagi selluloza esa o‘zgarmaydi. Ivib tayyor bo‘lgan poya 
yoki po‘stloq maxsus titib yuvadigan mashinalardan o‘tkazilib, ulardan 
toza texnikaviy tolalar ajratib olinadi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə