M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent


 OQIM USULIDA UZUN VA KALTA TOLA OLISH



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

3.11. OQIM USULIDA UZUN VA KALTA TOLA OLISH
Hozir kanop po‘stlog‘idan uzun va kalta tola olish oqim liniyasi ishlab 
chiqilgan. Uzun va kalta tola olish texnikasi hamda texno logiyasini 
takomillashtirishda oqim liniyasi muhim rol o‘ynaydi. Uni joriy qilish 
sermehnat operatsiyalarni mexani zatsi yalashtirish bilan birga, transport 
xarajatlarni kamaytirish, ish unumini oshirish va tola sifatini yaxshilash, 
uzun tola va tolali chiqindilarni tabiiy quritishda band bo‘lgan anchagina 
ishlab chiqa rish maydonlarini bo‘shatishga hamda ko‘p mehnat talab 
qiladigan, uzoq muddatli va yong‘in chiqishi xavfi bo‘lgan materiallarni 
tabiiy quritish ope ratsiyalarini texnologik jarayondan chiqarib tashlash 
imkoniyatini beradi. Uzun va kalta tola olish oqim liniyasida ishtirok 
etadigan bir qancha mashinalar, mexa nizmlar, quritish uskunalari ustida 
qisqacha to‘xtab o‘tamiz.
Titish-yuvish mashinalari TMM—200—K
rusumli ezish-titish mashinasi
TMM—200—K rusumli mashina ivib tayyor bo‘lgan kanop poyasidagi 
ivigan ho‘l holatdagi uzun tola ajratish uchun (3.8-rasm) ishlatiladi.
Mashina tolani yog‘ochlik qismidan ajratish bilan bir vaqtda uni yuvib 
tozalaydi. Natijada yuqori sifatli yaxshi yuvilgan toza tola olinadi. Bu 
mashina po‘stloqdan tola olish uchun ham ish latiladi. Bunday ho‘l holatda 
ishlash usulini muhandis N. N. Mi shin tavsiya qilgan bo‘lib, keyinchalik 
uning rahbarligida — TMM—200—K rusumli mashina yaratildi. Bu 
mashinaning ish unumi yuqori bo‘lib, 40 yildan beri kanop zavodlarining 
eng yaxshi va asosiy mashinalaridan hisoblanadi. Mashinaning asosiy 
qismlari: ta’minlovchi transportyor, birinchi ezish-titish seksiyasi, uzatib 
turuvchi mexanizm, ikkinchi ezish-titish seksiyasi, birinchi va ikkinchi 
seksiyada kanopni qisib olib yuruvchi transportyor, nasos va mashinani 
suv bilan taminlovchi quvur tizimi hamda mashinani harakatga keltiruvchi 
elektr dvigateldan iborat.
ALV rusumli titish-yuvish mashinasi
Tolaning yuvilishini yaxshilash, mashinaning titish baraban lariga 
o‘ralib qolmasligini ta’minlash, uzun tolaning chiqindisi qo‘shilib ketishini 
kamaytirish, mashina konstruksiyasini sodda lashtirish va massasini 
TMM—200—K mashinasinikiga nisbatan ka maytirish maqsadida biologik 
usulda ivitilgan po‘stloqni ishlay digan ALV rusumli mashina yaratildi. ALV 
mashinasi bir jarayonli bo‘lib, TMM—200—K mashinasidan prinsipial farq 
qiladi. Bu mashina ham statsionar, ikki seksiyali, har qaysi seksiyasida 


117
bittadan barabani bor.
Mashina quyidagi asosiy qismlardan iborat; yuklagich stol, qiya 
ta’minlovchi transportyor (1), siqish barabanlari (2 va 3), titish barabanlari 
(4 va 6), bosim beruvchi moslama (5) va chiqaruvchi transportyor (7). 
Mashinada po‘stloqni yuvish uchun suv beradigan quvurlar tizimlari 
tolani mashinadan ezuvchi pressga o‘tkazadigan mexanizm ham bor. 
Po‘stloq qo‘yiladigan stol ivigan po‘stloqdan uzluksiz qatlam hosil qilish 
uchun xizmat qiladi. Materialning ta’minlovchi transportyorga surilishini 
osonlashtirish hamda suvning oshib tushishini ta’minlash maqsadida stol 
transportyor tomonga gorizontal, qiya qilib ishlangan. Stol yuzasiga silliq 
po‘lat tunuka qoplangan. Ta’minlovchi transportyor beshta blok ustida 
o‘rnatilgan (har qaysi blokda ikkitadan yulduzcha bor), kalibrlangan, ikkita 
parallel joylashgan SK—7—21 rusumli dumaloq bo‘g‘inli zanjirdan iborat. 
Transportyorga tutgich montaj qilib o‘rnatilgan bo‘lib, yon tomoniga 
tunuka qoplangan. Ta’minlovchi transportyor zanjirida do‘ngliklar bo‘lib, 
ular po‘stloqni olib yurishga va birinchi seksiya titish barabani zonasiga 
kiritishga imkon beradi. Mashina birinchi va ikkinchi seksiyasining 
materialni olib yuruvchi transportyorlari bir-birlariga o‘xshash bo‘lib, 
pastki ponasimon va yuqorigi fason tasmalardan tuzilgan. Birinchi va 
ikkinchi seksiyada pastki tasmalar uchtadan shkivlarga o‘rnatilgan. Blok 
bo‘g‘inlari oralig‘iga birinchi seksiya transportyorining erkin aylanadigan 
shkiv o‘rnatilgan. Ponasimop tasmali transportyorning yuqorigi 
tarmog‘i po‘lat yo‘lakchaga tayanadi, pastki tarmog‘i mashinaning yon 
tomonidan tituvchi baraban tagidan o‘tadi. Mashinaning har qaysi 
seksiyasidagi yuqorigi tansportyorning ishchi a’zosi ikkitadan shkivlarga 
o‘rna tilgan uzluksiz tasmadan iborat. Birinchi va ikkinchi seksiyalarda 
uzatilayotgan materialning yassilanishi, siqilishini ta’minlash uchun 
yuqorigi transportyorlarning pastki tarmog‘i richagli roliklar orqali 
pastki transportyorning yuqorigi tarmog‘iga siqilib turadi. Yuqorigi 
transportyorda ikkita yo‘naltiruvchi rolik bor. Birinchi va ikkinchi seksiya 
transportyorlarining o‘qlari parallel joylashgan va bir-biriga nisbatan 
300 mm siljitib o‘rnatilgan. Birinchi va ikkinchi seksiyalarning yuqori va 
pastki transportyorlarining tezligi bir xil (16,20 yoki 24 m/sek).
ALT rusumli titish-yuvish mashinasi
Po‘stloq va poyadan maksimal va yuqori sifatli uzun tola olish 
maqsadida hamda TMM—200—K, ALV titish-yuvish mashina larining 
po‘stloq ishlashdagi kamchiliklarni hisobga olingan holda yangi ALT 
rusumli titish-yuvish mashinasi yaratildi. Bu mashina hozir deyarli hamma 


118
kanop zavodlarida muvaffaqiyatli ishlatib kelinmoqda. ALT rusumli titish-
yuvish mashinasi ivib tayyor bo‘lgan, ho‘l yog‘ochligi ko‘p bo‘lgan kanop 
po‘stlog‘i hamda poyasidan uzun tola ajratish uchun ishlatiladi. Mashina 
ikkita ketma-ket joylashgan titish-yuvish seksiyalari, suv taq simlovchi 
tizim va yuritmadan iborat. Mashinaning asosiy qismlari: ta’minlovchi 
transportyor, egib sindiruvchi mexanizm, birin chi titish-yuvish seksiyasi, 
birinchi seksiya bo‘ylab kanopni qisib olib yuruvchi transportyor, uzatib 
turuvchi mexanizm, ikkinchi titish-yuvish seksiyasi, ikkinchi seksiya 
bo‘ylab kanopni qisib olib yuruvchi transportyor, mashinani suv bilan 
ta’minlovchi quvur tizimi hamda mashinani harakatga keltiruvchi elektr 
dviga tellardan iborat.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə