Texnologiya darslarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish



Yüklə 173,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix27.03.2023
ölçüsü173,23 Kb.
#103275
  1   2
texnologiya-darslarida-zamonaviy-texnologiyalardan-foydalanish



TEXNOLOGIYA DARSLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN 
FOYDALANISH 
 
Ro'zmetova Dildora Tangirberganovna 
Xorazm viloyati, Shovot tumani, 29-maktab 
Jumaniyozova Iroda Shanazarovna
Xorazm viloyati, Qo’shko’pir tumani, 21-maktab
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada texnologiya darslari haqida umumiy 
tushunchalar haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, texnologiya darslarini hayotimiz 
tutgan o'rni va texnologiya darslarida zamonaviy texnologiylardan foydalanish 
maqolaning asosiy mazmunini tashkil qiladi. 
Kalit so'zlar: 
texnologiya darslari, innovatsion texnologiya, pedagogik 
texnologiya,dizayn 
 
USE OF MODERN TECHNOLOGIES IN TECHNOLOGY LESSONS 
Ruzmetova Dildora Tangirberganovna 
Khorezm region, Shovot district, School №29 
Jumaniyozova Iroda Shanazarovna 
Khorezm region, Koshkopir district, School №21 
 
Abstract:
This article discusses general concepts about technology lessons. In 
addition, the role of technology lessons in our lives and the use of modern technology 
in technology lessons are the main content of the article. 
Keywords:
technology lessons, innovative technology, pedagogical technology, 
design. 
“Texnologiya” darsligi insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy mehnat 
faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni 
egallamang, kim bo‘lmang, “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz 
Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi.
“Texnologiya” darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, moslamalar va 
ulardan foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. Mahsulot ishlab chiqarish va uy-
ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlashga oid ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lasiz. 
Bu maqolada o’quvchilarning turli materiallarga ishlov berish usullarini 
egallashida kerak bo’ldigan qobiliyatlar va ularni shakllantirishga doir jihatlar keltirib 
o’tilgan. Zero, materiallarga ishlov berish bilan bog‘liq umummehnat ko‘nikmalari 
har bir inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Jamiyatimizning har bir a’zosining bilim 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
338


va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bozor munosabatlarining 
rivojlanib borayotganligi bu ko‘nikmalarning zaruratini yanada oshirmoqda. 
Ijodkorlik – bu yangi g‘oyaga asoslangan moddiy va ma’naviy boyliklarni 
yaratishdir. Ijodiy faoliyat tufayli hayotimiz yanada qulay va qiziqarli bo‘lib 
bormoqda. Sizni o‘rab turgan barcha buyumlar, jihoz va uskunalar ijodkor 
insonlartomonidan yaratilgan texnik vosita va texnologiyalarning mahsuli 
hisoblanadi. Ular mehnati natijasida ulkan samolyotlar, zamonaviy avtomobillar, 
katta imkoniyatlarga ega kompyuterlar va biz uchun qadrli boshqa ne’matlar 
yaratilgan. Siz ham kelajakda voyaga yetib, tanlagan kasbingizni mukammal egallab, 
bu taraqqiyotga o‘z hissangizni qo‘shasiz deb umid qilamiz. Bu vazifalarni 
uddalashingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. 
Asosiy qism:
Texnologiya darslarida zamonaviy (innovatsion, pedagogik va 
axborot) texnologiyalarini qo‘llashning asosiy bo'limlari «Texnologiya va dizayn», 
«Servis xizmati» hamda «Qishloq xo‘jalik asoslari» yo‘nalishlari berilgan. Siz 
ulardan birini to‘liq o‘rganasiz. Shuni e’tiborga olish kerakki, «Texnologiya va 
dizayn» yo‘nalishi uchun darslikda «Elektrotexnika ishlari» hamda «Uy-ro‘zg‘or 
buyumlarini ta’mirlash» nomli boblar berilgan. Bu boblarni «Qishloq xo‘jalik 
asoslari» yo‘nalishlarini o‘rganayotgan o‘quvchilar ham o‘rganadilar. Siz 
mashg‘ulotlar va uyushtiriladigan sayohatlar davomida ko‘plab sohalarga oid kasb-
hunar turlari bilan tanishasiz. Kelajak hayotingizda shu kabi kasb-hunarlardan birini 
egallab, o‘z sohasining mohir ustasi bo‘lib yetishasiz. Bu bilan siz jamiyatimiz 
ravnaqi uchun o‘z hissangizni qo‘shasiz. 
Ta’lim sohasidagi ilmiy-pedagogik adabiyotlarda texnologiya, pedagogic 
texnologiya, texnologik yondoshuv, ta’limni texnologiyalastirish, texnologik 
tayyorgarlik haqida so’z yuritilib, ularga turlicha talqin va ta’riflar beriladi. 
Menimcha, avvalo «texnologiya» so’zining ma’nosini bilish maqsadga muvofiq. 
«Texnologiya» so’zining grek tilidan tarjimasi tayyor mahsulot, buyumlar olish 
maqsadida ishlab chiqarishning mos keladigan qurilma va jihozlari bilan xom-ashyo 
va materiallarini ishlov berish usullari majmuasini tizimlashtiruvchi fanni anglatadi. 
Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zida uni «texno» - hunar yoki san’at, «logos» - fan 
deb, buyum olish uchun xom-ashyolarga ishlov berish san’ati haqidagi fan sifatida 
e’tirof etishadi. Shu nuqtai nazardan bo’lsa kerak, Yevropa mamlakatlarida, jumladan 
Germaniya va Rossiya maktablarida «Mehnat ta’limi» o’quv predmetini 
«Texnologiya» yoki «Texnologik ta’lim» deb yuritilishi maqsadga muvofiq 
hisoblayman. 
Bundan tashqari, o'quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni
qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va 
metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish orqali 
kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
339


ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha 
bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish 
layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning 
asosiy maqsadi 

o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon 
davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va 
malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy va 
umuminsoniy 
qadriyatlar 
asosida 
ijtimoiy 
munosabatlarga 
kirisha 
olish 
kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning 
asosiy vazifalari: 
materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va 
texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish; 
texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat 
operatsiyalarini bilish; 
texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat operatsiyalarini 
amaliyotda qo‘llay olish; 
texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish;
texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda 
mahsulot sifatini tahlil qila olish; 
buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat 
operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish; 
ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda tayanch va 
texnologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan 
iborat. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani boshlang‘ich ta’lim 
yo‘nalishida umumlashgan holda, 5-9-sinflarda 
“Texnologiya va dizayn”, “Servis 
xizmati” 
yo‘nalishlarida

Yüklə 173,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə