Essay. Hozirgi zamon peedagogikasida ilmiy-pedagogik adabiyotlarda pedagogic mahorat, pedagogic texnika



Yüklə 14,32 Kb.
tarix16.03.2023
ölçüsü14,32 Kb.
#102623
Kadirova Madina mustaqil ish essay 1


Essay.
Hozirgi zamon peedagogikasida ilmiy-pedagogik adabiyotlarda pedagogic mahorat, pedagogic texnika.

O’qituvchining o’quvchilar muhitiga uzviy ravishda qo’shilib keta olishi nihoyatda qiyin jarayon. Lekin uning pedagogik faoliyati bevosita o’quvchilar orasida olib boriladi. O’zaro munosabatlarni ishonch va do’stlik tuyg’ulari bilan mustahkamlab borish o’qituvchidan jiddiy psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Buning uchun o’qituvchi avvalo, turli xarakterdagi o’quvchilardan iborat bo’lgan, sinf jamoasida tez-tez o’zgarib turadigan pedagogik vaziyatlarga darhol o’z munosabatini bildirishi va unga odilona baho berishi kerak. U o’quvchilar hatti-harakatini to’g’ri idrok etishi, vaziyatlarni oldindan ko’ra bilishi, tarbiyaviy metodlarni o’z o’rnida qo’llashi, o’quvchilar bilan muomalada bosiqlik, sabr, milliy an’ana va turmush tarzimizdan kelib chiqqan muruvvat va himmat, odamiylik va mehr-oqibat tuyg’ularini ko’rsata olishi shart. Bu vazifalar o’qituvchining zimmasiga yuklanadigan va u rioya qilishi lozim bo’lgan pedagogik nazokat deb atalmish faoliyatning zarur shartidir.
Pedagogik nazokat – o’qituvchi axloqiy-ma’naviy qiyofasini namoyon etuvchi me’yor tuyg’usi yoki xulq va odob qoidalariga rioya qilishi demakdir. Pedagogik nazokat o’qituvchining o’quvchilar bilan o’zaro munosabatini tashkil qilish vositasi. Psixologik til bilan aytilganda, nazokat insonning bir qolipdagi barqaror tasavvurlarida mujassamlashgan shaxsiy insoniy hislatlarining yig’indisidir.Pedagogik nazokat me’yorlari o’qituvchidan avvalo komil insonga xos hislatlarga ega bo’lishni talab qiladi. Zero, ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishning asosiy maqsadlaridan biri komil inson tarbiyasi bo’lib, u davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi deb e’lon qilingan. Ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli yoshlarni tarbiyalab voyaga etkazish o’qituvchi zimmasida. Shunday ekan, hozirgi demokratik jamiyat o’qituvchisining o’zi avvalo komil inson bo’lishi, mukammal bilimlar sohibi, etuk insoniy fazilatlar egasi bo’lishi zarur. O’qituvchi xulq-atvorida pedagogik nazokat ma’lum bir muddatda shakllanib tugaydigan jarayon emas, uning omillari ham jamiyat taraqqiyoti natijasida uzluksiz sayqallanib boradi:
pedagogik nazokat o’qituvchining butun pedagogik faoliyatida sayqallanib, takomillashib boruvchi jarayon;

pedagogik nazokat odatda tugallangan shaklga ega bo’lmay, insoniy fazilatlar evaziga uzluksiz boyib boradi;

o’qituvchi pedagogik nazokatning tarkibiy qismlarini ijtimoiy muhitga va
odamlarning yashash tarziga, urf-odatiga qarab o’zgartirishi mumkin;

o’qituvchi pedagogik nazokatning nozik qirralarini chuqur egallashga doimo intilishi talab etiladi;pedagogik nazokatni o’qituvchi har bir o’quvchi bilan o’zaro munosabatda o’zi uchun eng qulay shaklga keltirib, ma’lum bir muvozanatda saqlashi lozim.
O’qituvchi pedagogik nazokatga ta’lim va tarbiya jarayonidagi har bir vaziyatga adolatli baho berishi bilan, o’quvchilarning hatti-harakatini to’g’ri idrok etishi, sabot, o’zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik, vijdon, oriyat kabi xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirishi bilan erishadi. O’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasi, pedagogik faoliyatda o’z kasbini sidqidildan sevishi, halolligi, rostgo’yligi, axloqiy pokligi, odamiyligi, kamtarligi pedagogik nazokatning zarur talabidir. O’z kasbini sevgan o’qituvchigina butun kuch g’ayratini, qalb nuri va dil haroratini shu ishga bag’ishlaydi va o’z faoliyatida yaxshi natijalarga erishadi. Bolalarni sevish, ularga mehr-muhabbatli bo’lish o’qituvchi axloqiy qiyofasida muhim ahamiyatga ega. O’qituvchining mehribonligida talabchanlik va qattiqqo’llik hislatlari mujassamlashgan bo’lishi kerak.O’qituvchi deyarli har kuni o’quvchilar bilan uchrashadi, savol-javob qiladi, ularning yaxshi xulq va ezgu ishlarini ma’qullaydi, bilimlarini baholaydi, nojo’ya hatti-harakatlari uchun tanbeh berib, lozim bo’lganda tarbiyaviy metodlarni qo’llaydi.
Pedagogik nazokat doimiy izlanishni, ijodkorlikni talab qiladi. Doimiy ijodiy izlanishda bo’lgan o’qituvchi tadqiqotchilik ko’nikma va malakalariga ega bo’ladi, ilm-fan muammolari, tarbiya etikasi va psixologiyasi yuzasidan erkin fikr yurita oladi. Xullas, bo’lajak o’qituvchi pedagogik odob va axloq qoidalarini o’zining dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan boyitib borishi zarur.
Yüklə 14,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə