M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent


 IVITILGAN POYA VA PO‘STLOQQA MEXANIK



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

3.10. IVITILGAN POYA VA PO‘STLOQQA MEXANIK
ISHLOV BERISH
Poya yoki po‘stloqdan zavodlarga tola ajratishda qabul qilingan 
va har xil mexanikaviy ta’sirlardan foydalanishga asoslangan usullar 
po‘stloq yoki poyani mexanikaviy ishlash deb yuritiladi. Tola eng 
kam shikastlangan, uning tabiiy pishiqligi saqlangan holda poya yoki 
po‘stloqni ballast to‘qimalar (yog‘ochlik, qoldiq parenxima, epidermis 
va anorganik moddalar) dan to‘liq tozalash poya va po‘stloqni ratsional 
mexanikaviy ishlashga erishildi deb hisoblanadi. Ishlab chiqarish 
sharoitlarida bunday ratsional ishlashni amalga oshirish juda murakkab. 
Bunga quyidagilar sabab bo‘ladi. Tayyorlangan xomashyoning sifati 
(yo‘g‘onligi, uzunligi, ivitilish darajasi) hamma vaqt bir xil bo‘lmasligi, 
po‘stloq ichida qoldiq yog‘ochlik bo‘lib, uni sindirib ajratishda tolaga 
shikast yetkazilishi natijasida tolaning sifati pasayishi, miqdori kamayishi 
mumkin. Tayyorgarlik jarayonlarida xomashyo sifatini to‘la bir xil qilib 
bo‘lmaydi. Yog‘ochlik poyaning ichida, uning ustida tolali to‘qima 
joylashganligi sababli mexanikaviy ishlashda yog‘ochlikdan tozalashni 
oldindan poyaning yog‘ochligini maydalamasdan turib amalga 
oshirish qiyin. Yog‘ochlikni maydalash jarayonini esa juda ehtiyotlik 
bilan tashkil etish kerak. Aks holda sirtqi tolali to‘qimani shikastlab 
qo‘yish hech gap emas. Hatto oldindan biologik va kimyoviy ishlov 
berilgan poyalarda ham tola bilan yog‘ochlik bir-biriga yopishib turadi 
Bu bog‘lanishni keyingi mexanikaviy ishlov berishda yo‘qotishda 
tolali to‘qima odatda shikastlanadi. Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib 
turibdiki, poya konstruksiyasini ratsional ravishda buzish quyidagi uch 
operatsiyadan iborat bo‘ladi: tolaning yog‘ochlik bilan yopishishini 


114
buzish; yog‘ochlikni maydalash; tolani maydalangan yog‘ochlikdan va 
boshqa tolali bo‘lmagan qo‘shilmalardan tozalash.
Kanop zavodlarida poya va po‘stloqni mexanikaviy ishlashda 
yuqoridagi uchta operatsiya birdaniga titish-yuvish mashinalarida 
bajariladi. Titish barabanlari ivigan holdagi poya yoki po‘stloqni urib, 
titish bilan bir vaqtning o‘zida urgichlar ta’sirida yog‘ochlikni sindiradi, 
qoldiq yopishqoqlikdan tushiradi hamda yuqoridan berib turiladigan suv 
yordamida tolani yuvib, yog‘ochlik va tolali bo‘lmagan qo‘shilmalardan 
tozalaydi, qisman qolgan yog‘ochlik va tolali bo‘lmagan qo‘shilmalar ezish 
mashinalarida ajratiladi. Shunday qilib, titish-yuvish mashinalaridan keyin 
toza, parallel lashgan tola olinadi. Titish jarayonining prinsipial xususiyati 
shun dan iboratki, material baraban uzunligi bo‘ylab harakat qilayotgan 
paytda, titish qirralarining tola tutamiga nisbatan katta tezligida 
material shu qirralarda ko‘p marotaba egiladi. Titish barabanining yuqori 
tezlikdagi harakatida yog‘ochlik dinamik ta’sir natijasida toladan tushirib 
yuboriladi. Xuddi shu paytda tola qirrada suv bilan sidirilish natijasida 
tolali bo‘lmagan moddalar ham suv bilan birga toladan tushib ketadi. 
Titish jarayoni quyidagi operatsiya lardan iborat:
— ish ta’siri (materialni yog‘ochlikdan tozalash hamda uni paral lellash 
uchun ishchi a’zolarning ishlanayotgan materialga ta’siri);
— materialni ishchi a’zolarga nisbatan ma’lum vaziyatda tutib 
turish;
— materialni uning butun uzunligi bo‘yicha (tutamning boshi dan 
oxirigacha) ishlanishini ta’minlaydigan qilib siljitib turish.
Bu operatsiyalarning mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga qarab qo‘lda, 
yarim mexanikaviy va mexanikaviy titish usullari mavjud.
3.4-rasm. Sun’iy ivitish hovuzining chizmasi.
200
120,0
120,0
50,0
50,0
50,0
20,0
20,0
1


115
Qo‘lda titishda ivitish hovuzlari oldida har bitta ivigan ho‘l poyaning 
po‘stlog‘i yog‘ochlikdan qo‘lda shilib olingan hamda tolasiz moddalarni 
ajratish maqsadida avval bir tomoni so‘ng ikkinchi tomoni suvda silkitilib, 
chayqatilib tola tozalangan. Bu usul juda og‘ir qo‘l mehnatiga asoslangan 
bo‘lib, hozirda bizda qo‘llanilmaydi. Lekin bu usulda ko‘p miqdorda 
sifatli tola olish imkoniyati bo‘lgan. Keyinroq yarim mexanikaviy titish 
usuli qo‘llanilgan. Bunday titish maxsus stanok va mashinalarda baja-
riladi. Bu usulda ishlanayotgan materiallarga ko‘rsatiladigan ish ta’ siri 
mexanizatsiyalashgan bo‘lib, materialni ushlab turishni ishchi qo‘lda 
bajaradi. Bu turdagi mashinalarning ishchi a’zolari bitta yoki ikkita urgichi 
bo‘lgan barabanlardan iborat bo‘lib, ishchi ivigan poya dastasining 
avval bir tomonini, so‘ngra ishlangan tomonidan ushlab turib, ikkinchi 
tomonini tez aylanayotgan bara banlar urgichiga tushirib-tortib olishi 
natijasida toza tola olingan. Ishlash suv oqizib yuvish bilan birga 
o‘tkaziladi. Bu usul qo‘l mehnatiga asoslangan edi.
Mexanikaviy titish usulida yuqorida aytilgan uchala operatsiya 
mexanizatsiyalashtirilgan. Hozir hamma kanop zavodlarida mexanikaviy 
titish-yuvish usuliga moslashtirilgan mashinalarning bir nechta turi 
ishlab turibdi. Hammasining ish uslubini ishla nadigan mahsulotga 
titish barabanlarining urgichlari orqali ish ta’siri ko‘rsatish, mahsulotni 
tashish mexanizmining (olib yuruv chi transportyorning) qismlari bilan 
ushlab turish orqali olib borishga asoslangan. Transportyor materialni 
to‘xtovsiz mashinaga berib turish bilan birga, mashinadan tola chiqib 
turishini ham ta’minlaydi. Titish-yuvish mashinalaridagi jarayonlar 
mexani zatsiyalashtirilgan va konveyerlashtirilgani sababli bir soatda 
500—600 kg uzun tola olish imkoniyati tug‘ildi.
3.5-rasm. Po‘stloqni bakka dor yordamida joylash:
1 — dor; 2 — burchaklik; 3 — tayanch plastinka; 4 — ilgak.
3
4
2
1


116

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə