M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

3.1. KANOPPOYANING TUZILISHI
Kanop o‘simligining texnikaviy anatomiyasini o‘rganishda aso siy 
diqqat to‘qimachilik sanoati uchun xomashyo bo‘lib xizmat qiluvchi 
po‘stloqdagi tolalarning mexanikaviy to‘qimalari tuzili shiga qaratiladi, 
qolgan to‘qimalar esa yo‘lakay to‘qimalar bo‘lib, ular texnologik jarayonga 
va olinadigan mahsulot sifatiga ta’sir qilishi mumkin.
Poya to‘qimalarining tuzilishini o‘rganishda poyani tashqa risidan 
markaziga tomon yo‘nalishda qaraladi (3.1-rasm). Poya to‘qimalarining 
miqdori va sifati poyaning pastidan yuqori uchiga qarab o‘zgarib 
boradi.
Kanoppoyaning birinchi anatomik to‘qimasi po‘st to‘qima bo‘lib, 
poyaning sirti shu to‘qima bilan o‘ralgan bo‘ladi. Po‘st to‘qima: 1 — po‘st 
pardasi, 2 — epidermis va 3 — assimilatsion parenximadan iborat.
Po‘st to‘qima mexanikaviy ta’sirlardan himoyachi rolini baja rib, 
o‘simlikdan namning tez bug‘lanib ketishidan va har xil ha rorat ta’siridan 
saqlaydi hamda havo almashinishini ta’minlaydi. Shunday qilib, u o‘simlik 


98
hayoti uchun kerakli sharoitlarni tar tibga solish vazifasini bajaradi.
Po‘st to‘qimaning tashqi bir qavati po‘st pardasidan iborat bo‘lib, 
u suv o‘tkazmaydigan maxsus moysimon modda bilan qoplangan. Bu 
modda kutikula (1) deb ataladi. Po‘st pardasi va epidermisda teshikchalar 
(ustida) bo‘lib, ular orqali tashqi mu hitdan ichkariga namlik va havo 
kirib turadi. Po‘st pardasining pastki qismida ikki-uch qavatli zanjirsimon 
epidermis (2) hu jayralari joylashgan. Epidermis hujayralarda sellulozali 
pardalar bo‘ladi.
Epidermisning pastki qismida ikki-uch qavatli yupqa hujay ralardan 
iborat assimilatsion parenxima joylashadi. Assimilatsion parenxima 
hujayralarida po‘stga rang beruvchi donlari bor.
Poya po‘st to‘qimasi tagida poyani egilishga qarshi mustahkam va 
pishiq qiladigan uch qavat mexanikaviy to‘qima – kollenxima qatlami 
joylashgan. Kollenxima hujayralarida ham har xil qalin likda selluloza 
pardalari bor.
Undan keyingi to‘qima po‘stloq parenximasi (4) bo‘lib, u bir-biridan 
ajralgan, devori yupqa katta hujayralardan iborat. Hujayralararo 
bo‘shliqda zaxira oziqlanish moddalari (kraxmal, qand va h. k.) bo‘ladi. 
Bu «jonli» to‘qima karbonat angidridni singdirish vazifasini bajaradi.
Parenxima faqat po‘stloq to‘qimasida bo‘lmay, poyaning boshqa 
qatlamlaridagi hamma to‘qimalar orasidagi bo‘shliqlarni ham to‘ldirib 
turadi. Po‘stloq parenximasidan so‘ng birlamchi hosil qiluvchi to‘qima 
— peritsikl joylashgan. Bu to‘qima bitta yoki bir nechta qator yupqa 
devorli po‘stloq – parenxima hujayrasi va qalin devorli, bo‘yiga cho‘zilgan 
sellulozali hujayra — birlamchi po‘stloq tolasi (6) dan iborat. Birlamchi 
po‘stloq tolasi paren ximalar bilan ajratilgan bir necha bo‘lak-bo‘lak 
halqalar shaklida tutam hosil qilib joylashadi.
Peritsikl halqasidan so‘ng poyaning muhim to‘qimasi — floema 
joylashgan. Floema poyaning barglarida ishlangan ozuqa mod dalarni 
pastga harakatlantirish uchun devorida teshiklari bo‘lgan turli naychadan; 
tuzilishi bilan birlamchi tolani eslatuvchi kuch sizroq o‘sgan, yupqa 
pardali qatlam, tola tutamlari shaklidagi ikki lamchi po‘stloq tolasi (7) 
dan; po‘stloq parenximasi (8) dan iborat.
Po‘st, mexanikaviy to‘qimalar, ko‘p qavatli parenximalar qatlami va 
undagi tola tutamlari birgalikda poya po‘stlog‘ini tashkil etadi.
Poyaning ichki qismi yog‘ochsimon mayda hujayrali mo‘rt to‘ qi-
ma hamda qalin devorli, cho‘zilgan, yog‘ochlashgan hujayra – poya 
konstruksiyasining uzunasiga pishiqlik va mustahkamlik beradigan 
yog‘ochlik tolasidan iborat. Bu to‘qima yog‘ochlik deb ataladi.
Poya po‘stlog‘ining ichki qismidagi nozik va shilliq kambiy (10) 
hujayralar qatlamini yog‘ochlik (11) dan ajratib turadi. O‘simlik 
o‘sish davrida kambiy to‘qimasi hujayralarining bo‘linishi natijasida 


99
poya yo‘g‘onlashadi. Kambiy qatlami po‘stloq bilan poyaning ichki 
qismi o‘rtasida chegara hosil qiladi. Shu chegara bo‘yicha po‘stloqni 
yog‘ochlikdan osongina ajratish mumkin.
O‘simlik o‘sish davrida kambiy to‘qimasi hujayralarining bo‘linishi 
natijasida poya yo‘g‘onlashadi, ya’ni kambiy hisobiga ikkilamchi tola 
qatlamlari hamda yog‘ochlik hujayralari ko‘payadi.
Yog‘ochlik quyidagilardan iborat: 1) poyaning ildizidan ozuqali 
sharbat va suvni yuqoriga harakatlantiruvchi suv yo‘llari (12) dan; 2) qalin 
devorli, cho‘zilgan, yog‘ochlashgan hujayrali, poya konstruksiyasining 
uzunasiga pishiqlik va mustahkamlik beradigan yog‘ochlik tolasidan; 3) 
yog‘ochlik parenximasidan.
Poyaning oxirgi qatlam to‘qimasi o‘zak (13) deb ataladi. O‘zak 
poyaning markaziy qismini egallagan katta yupqa devorli paren ximali 
hujayralardan iborat.
Hujayralarning baquvvatligi poyaning uzunligi bo‘yicha har xil 
bo‘ladi. Past qismida yog‘ochlik va o‘zagi kuchli o‘sgan, uch qismida 
esa aksincha.
Birlamchi tola poyaning taxminan o‘rta qismida bir qancha baquvvat, 
ikkilamchi tola esa past qismida baquvvat bo‘ladi 
To‘qimachilik sanoati uchun birlamchi va ikkilamchi po‘stloq tolasi 
tolali material bo‘lib hisoblanadi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə