M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

3-bob
. KANOPPOYAGA DASTLABKI
ISHLOV BERISH
Kanop, uning tuzilishi va xususiyatlari
Kanop gulxayridoshlar oilasiga mansub tolali bir yillik o‘sim likdir. O‘sish 
sharoitiga qarab, kanoppoyaning balandligi 5 metr gacha, yo‘g‘onligi esa 
5 mm dan 25 mm gacha bo‘ladi. Kanopning vatani Janubiy Afrika va 
Amerika bo‘lib, u yerlarda hozir ham yovvoyi holda o‘sadi. Kanop o‘simligi 
Hindiston, Pokiston, Xitoy, Afg‘oniston, Eron, Kuba, Braziliya, Indoneziya, 
Sudan, Yava orollari va Afrika mamlakatlarida qadimdan ekilib, sanoat 
2.10-rasm. Pillakashlik avtomati:
1 — pilla tortish qozoni (tos); 2 — pillaning uchini 
topish reshetkasi (vilka); 3 — val (chiviq); 4 — ip 
yo‘naltiruvchi; 5 — tutgich;
6 — o‘rnatilgan yuk (kulachok); 7 — yo‘naltiruvchi; 
8 — shkaf; 9 — o‘rovchi moslama; 10 — nazorat 
apparati; 11 — yuqori rama; 12 — asos; 13 — 
ta’minlovchi moslama; 14 — tarqatuvchi; 15 — 
pilta; 16 — bosh kulachokli val; 17 — mexanizm; 
18 — brus;
19 — pastki rama; 20 — bog‘langan quvur.


96
ahamiyatiga ega bo‘lib kelgan.
Ayniqsa, O‘zbekiston iqlimi kanop tolasi va urug‘ining pishib yeti lishi 
uchun juda qulay ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun O‘zbekistonda, 
ayniqsa, Toshkent viloyatida kanop ekish maydonlari va hosildorligi 
yildan yilga oshib bormoqda.
Kanop o‘simligining tuzilishi
Kanoppoya bir-biri bilan yondosh turgan alohida hujayralardan 
ibo rat bo‘lgan murakkab tuzilishli o‘simlik. Har qaysi shunday to‘ qima 
hujayralarida yupqa qobiq bo‘lib, u yosh hujayralarda protoplazma, katta 
yoshli hujayralarda esa sharbat yoki havo bilan to‘lgan bo‘ladi.
Tabiatda juda ko‘p har xil shaklli va hajmli hujayralar uchraydi. Shunga 
qaramay hamma hujayralarni ikkiga bo‘lish mumkin:
1. Parenximali hujayralar — uch tomonga (uzunligiga, eniga va 
yo‘g‘onligiga) bir xilda o‘sadigan hujayralar.
2. Prozenximali hujayralar — uchi nayzalashgan, dukka o‘xshash 
cho‘zilgan hujayralar.
Hujayralarning kattaligi katta diapozonda: mikrondan bo‘la digan bir 
qancha santimetrgacha o‘zgaradi.
Yosh hujayralar qattiq qobiqdan tuzilib, massasida mag‘izi (yadro) 
bo‘lgan protoplazma bakdan to‘lgan bo‘ladi. Hujayralar o‘sishi bilan 
protoplazmada hujayra sharbati bo‘lgan bo‘shliq paydo bo‘ladi. U asta-
sekin ko‘payib, protoplazmani hujayra devoriga siqib chiqaradi. Katta 
yoshli hujayralarda protoplazma hujayra ichki devorini qoplovchi yupqa 
pardalarni tashkil qiladi. Ba’zi hollarda hujayralar o‘zlarining tarkibiy 
qismlarini yo‘qotib, ularning o‘rni havo bilan to‘ladi. Bunday hujayralarda 
hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi — ular o‘lik hujayralardir.
Hujayralar bo‘linishi orqali ko‘payadi. Oldin mag‘izi (yadrosi) bo‘linadi, 
undan keyin o‘rta devor hosil bo‘ladi va ikkita hujayraga bo‘linib 
o‘sadi hamda yana bo‘linadi va h. k. Ikki yangi bo‘lingan hujayrani 
birlashtiruvchi o‘rta devor o‘rta plastinka deb ataladi. O‘simlik hujayrasida 
asosan sellulozadan iborat qattiq qobiq (obolochka) bor. Qobiq o‘sish 
qobiliyatiga ega. Kanoppoya ikki yo‘l bilan: protoplazmadan yangi 
selluloza qatlamining ajrali shi hisobiga va eski bo‘lakchalari o‘rtasida 
selluloza bo‘laklar ning hosil bo‘lishi — (hujayralarning uzunasiga o‘sishi) 
hisobiga o‘sadi.
Hujayralarning bo‘linishi orqali ularning soni ko‘payadi va buning 
hisobiga o‘simlik o‘sadi.
Yosh hujayralarning qobig‘i sellulozadan tuzilgan bo‘lishiga qaramay, 
o‘simlikning o‘sish jarayonida uning kimyoviy tarkibi o‘zgarishi mumkin. 


97
Bu o‘zgarishning bir ko‘rinishi hujayralarning qobig‘iga legnin moddasi 
singishi natijasida to‘qimaga qattiqlik va mo‘rtlik beruvchi qobiqning 
yog‘ochlanishidir. Hujayralarga legnindan tashqari boshqa moddalar 
— pektin va shunga o‘xshash moddalar ham singishi mumkin. Mahkam 
birlashgan yosh o‘simlik hujayralari vaqt o‘tishi bilan ayrim yopishgan 
joylaridan bo‘shab ketishi natijasida hujayralar orasida bo‘shliq hosil 
bo‘lishi mumkin.
O‘simlikdagi har xil hujayralar ma’lum funksiyalarni bajaradi.
Tuzilishi joylashishi va funksiyasi bir xil bo‘lgan hujayralar guruhi 
anatomik to‘qima deb ataladi. Hamma o‘simlik to‘qimalari hosil qiluvchi 
to‘qimadan paydo bo‘ladi. Hosil qiluvchi to‘qimalar birlamchi va 
ikkilamchi to‘qimaga bo‘linadi.
Birlamchi hosil qiluvchi to‘qimalar poyaning uchi va ildizida, ya’ni 
o‘sish nuqtasi deb atalgan joyda joylashgan bo‘lib, o‘simlikda birlamchi 
to‘qimani hosil qiladi.
Ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimalar birlamchi hosil qiluvchi 
to‘qimalardan kelib chiqib, o‘z navbatida, ikkilamchi to‘qima deb 
ataluvchi yangi to‘qimani hosil qilish xususiyatiga ega. Ikkilamchi hosil 
qiluvchi to‘qimalar kambiy deb ataladi.
Birlamchi hosil qiluvchi to‘qimalar yordamida o‘simlik bo‘yiga 
o‘sadi, ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimalar tufayli esa eniga o‘sadi 
(yo‘g‘onlashadi).

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə