M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

4.2. UZUN TOLALI ZIG‘IR TOLASI OLISH
Trestadan tolani chiqarib olish uchun tresta tekislanadi, eziladi va 
savaladi. Bu jarayonlar ezish-savash agregatlarida yoki ezish-savash 
mashinasidan ajratib olib boriladi. Trestani yupqa qatlam qilib bir xil 
uzatish uchun tekislash va ezish moslamasi, ya’ni qatlamga shakl beruvchi 
(bir xil qatlam qiluvchi) mashina ishlatiladi. Trestani yoyish (tekislash) uni 
katta bosim bilan silliq moslama orqali tekislashdan iborat. Bu esa ichki 


125
yog‘ochlik (chi qindi) ka tegishli bo‘lgan po‘stloqning harakatlanishini 
ta’minlab, poya qalinligining bir xil bo‘lishiga va keyingi ezishga yordam 
beradi.
Trestani ezish yog‘ochlikning buzilishi va qismlarga ajratilishi uchun 
xizmat qiladi, bu jarayonda taramli valsalar yordamida bo‘lakchalarga 
ajratilgan chiqindi kostra deb ataladi. Ezishning borishi taramlar 
sonining oshishi bilan baholanadi, prujinalarning moslamaga beradigan 
bosimiga va valsa taramlarning chuqurligiga ham bog‘liq. 1 = D – V. 
Mahsulot chiqishda kattalik va moslama lardan beriladigan bosim 
kamayadi, taramlar soni esa ko‘payadi. Mayda taramli valsalardan maxsus 
tayyorlangan trestalar o‘tkaziladi. Soni esa ko‘payadi, mayda taramli 
valsalardan maxsus tayyorlangan trestalar o‘tkaziladi. Ezilgan trestani 
savash — asosiy qism, chiqindi po‘stloq matolar va tola bo‘lmagan 
moddalarning ajratilishi jarayoni. Bu bilan uzunasiga yorilgan tolasimon 
qatlamning texnik tolaga aylanishi ro‘y beradi.
Xom zig‘ir, A ning bitta oxiriga qistirilgan transportyor (5) ning cheksiz 
tasmasiga, savash barabani (3) ning ichida harakatlatiriladi. D nuqtada (6) 
savalagich uchrashadi va titrash yo‘li bilan rost tomonga harakatlanadi, 
qoqib silkinadi, bu esa chiqindi va boshqa moddalarning ajralishiga 
yordam beradi. Zarba vaqtida xom zig‘ir (6) savalagich qirralariga urilib 
savaladi. Panjara (2) savalashni kamaytiradi. Qattiq savashda tola uzilishi 
mumkin, kam savashda esa yaxshi savalmaydi. Shuning uchun savash 
intensivligini bir xilda oshirish uchun barabanlar (3) avval kichkina tezlikni 
oladi yoki xom zig‘ir savash zonasiga bir xilda beriladi.
O‘ramning o‘rta qismi DE ikki marta savalanadi: bu uchun xom 
zig‘ir mashinaning 1-seksiyasida DB qismida savalanadi, keyin havo 
oqimi sopla (4) dan 2-seksiyadagi transportyorning tasmalari (5) ostida 
erkin qismiga o‘tadi, bu yerda xom zig‘ir EA uchastkasida savalanadi. 
Savashning intensiv oshishi ezilmagan, namli va ingichka poyali trestaga 
ishlov berishda albatta ta’sir ko‘rsatadi. Faqat ezishda savashning haddan 
tashqari oshirilishi tola sifatining buzilishiga sabab bo‘ladi va uning 
yo‘qo tilishini oshiradi, qisqa tolalar miqdori ko‘payadi.
Savashdan keyin zig‘irdan savalgan zig‘ir (uzun tola) va tolali 
chiqindilar (tarkibida chiqindi va qisqa tolalar mavjud) olinadi. Uzun tola 
olishda poya chiqindilari bo‘linishi kuzatiladi, shu bilan birga aralashgan, 
qisqa va jarohatlangan poya chiqindi sifatida olinadi.
Qisqa tolaning olinishi
Qisqa tolaning olinishi quyidagi jarayonlar bilan amalga oshiriladi: 


126
silkitish mashinasida chiqindilarni boyitish uchun yopishqoq chiqindining 
asosiy qismini ajratib tashlash; 1) silkitish; 2) boyitilgan chiqindini quritish; 
3) quritilgan chiqindini ezish, savash va silkitish; 4) ajratilgan tolani 
navlash va presslash.
Silkitish chiqindilarni titkilab turuvchi, pastki va ustki qimirlab 
turuvchi taroqlari bo‘lgan mashinada amalga oshiriladi, ajralgan 
chiqindi panjara orqali o‘tib (2) ketadi. Mahsulot mahkam panjarali 
mashina ichida quyidagi shart bilan harakatlanadi: a

> a
2
. Kostra yupqa 
qatlam holida yaxshi ajratiladi. Ezish, savash va silkitish (2-marta) kudel 
tayyorlash mashinasida amalga oshiriladi. Ezish uchun bir nechta ezish 
jufti ishlatiladi, keyin iste’molchi valsalar (1) (4.8-rasm), savash esa urish 
plankali ikki baraban (2) ishlatiladi. Uruvchi barabanlar (3) tolaning 
boshqa tolalarga o‘ralmasligini ta’minlab, tolani savash barabanlari 
bilan uradi.
Ezish, savash va kudel tayyorlash mashinalaridan olingan chiqindidan 
tola ajratish mashinasi yordamida yigirib bo‘l maydigan qisqa tolalar 
olinadi. Uni kanop losi (teploizolyatsiya uchun) va qog‘oz sanoatida 
ishlatiladi.
Qisqa tolalarni navlash va presslash texnik shartlarga ko‘ra tola 
ajratishdan boshlanadi. Navlangan tola 60 kg li kiplarga presslanadi.
4.1-rasm. Zig‘irpoyaning umumiy va ko‘ndalang kesimda ko‘rinishi:
1 — poyaning kutikula qoplamasi; 2 — qobiq; 3 — po‘stloq;
4 — elementar tola; 5 — yog‘och qism; 6 — o‘zak.
H
H
 
/
3
d
L
T
1
5


127
Sanalgan zig‘ir, qisqa tola va zig‘ir lubining sinflanishi
Bularni baholashda raqam tizimi ishlatiladi, xomashyo raqami 
uning chiqishini va kalavaning standart sifatini, berilgan xomashyo dan 
olinganligini bildiradi. Xomashyo qanchalik yaxshi bo‘lsa, uning raqami 
yuqori bo‘ladi. 
Ezilgan zig‘ir 9 raqamga bo‘linadi: 24, 22, 20, 18, 16, 14, 12, 10 va 
8. Har bir raqam uchun ishlov berilmagan qism, chiqindi va boshqa 
keraksiz moddalar qanchalik kam bo‘lsa, u shunchalik yuqori bo‘ladi. 
Tola konditsion massada qabul qilinadi, hamma tola raqamlari uchun 
12 % namlik, chiqindi va boshqa moddalar me’yorlari beriladi.
Zig‘ir sifati standart namunalarga tenglashtirib organoleptik baholanadi, 
baholashda ziddiyatlar bo‘lsa, tarash va nazorat mashinalarida o‘tkaziladi, 
savalgan zig‘ir sifati, olingan taram va tarandilar namunalariga ko‘ra yakuniy 
baholash o‘tkaziladi. Qisqa zig‘ir tolasi uzilish kuchi ko‘rsatkichiga ko‘ra 
buramli tolali tasma, chiqindi miqdori va xas-cho‘plar miqdoriga ko‘ra 
4.2-rasm. Zig‘irpoyani yanchish mashinasining chizmasi:
a — yon tomondan ko‘rinishi. b — reja.
1 — bo‘luvchi; 2 — tasma; 3 — tashish tasmalari;
4 — kirish tirqishi.
1 2
3
2
4
a
)
b
)


128
5 ta raqamga bo‘linadi: 8, 6, 4, 3 va 2. Tola qancha yaxshi bo‘lsa, raqam 
shuncha yuqori bo‘ladi. Boshida tola standart namunalarga taqqoslab 
organoleptik baholanadi. Ziddiyatlar tug‘ilganda labora toriyada olingan 
natijalar yakuniy baholashni aniqlaydi. Savalgan zig‘irga o‘xshab, kalta 
tola ham konditsion massada qabul qilinadi.
Uzun va kalta lubning har bir raqamiga ruxsat etilgan va chegaralangan 
chiqindi miqdori belgilangan.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə