M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent


LINTERLASH TEXNOLOGIYASINING ASOSIY



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

1.14. LINTERLASH TEXNOLOGIYASINING ASOSIY
USKUNALARI 5LP VA PMP—160M RUSUMLI
UMPL KAMERALI LINTERLAR
5LP va qismlari modernizatsiyalangan PMP—160M linterlari bir 
xil ishlab chiqarish tavsifiga ega bo‘lib, ular bir xil ish kamerasi bilan 
ta’minlangan. 5LP linterining tuzilishi 1.25-rasmda ko‘rsatilgan. Linterning 
asosiy tashkil etuvchi qismlari ta’minlagich (1), korpus, ishchi kamera (3), 
arrali silindr (4) va linterlangan chigit uchun tarnovlardan iborat.
Linter ta’minlagichi ikki quyma yopgich, ta’minlash barabani (13), 
chigit oqimini tekislash barabani (10), g‘alvir (9), iflosliklar shnegi, chigit 
tarnovi (2) va yo‘nalgichdan iborat.
Linterlash mashinasining ish tartibi
Linterlash mashinasida ish jarayoni quyidagicha bajariladi. Chigitlar 
linterning ish kamerasiga ma shinaning uzunligi bo‘yicha ta’minlagich 
novasidan bir tekisda oqib o‘tadi. Ish kamerasida aylanayotgan arrali 
silindr va to‘zitgich ta’sirida chigitlar zichlangan aylanuvchi valik hosil 
qiladi. Arra tishlari aylanib turgan chigit valigiga sanchilib, chigit 
sirtidan lint va tuklarni ajratib, ularni kolosnik panjarasidan tashqariga 
chiqaradi.
Yuqoridagi sopladan puflanayotgan havo oqimi arra tishlaridagi lintni 
ajratib, quvur bo‘ylab batareya kondenseriga yetkazib beriladi.


71
Chigitlar linti ma’lum darajada olingandan keyin ular ayla nayotgan 
valikdan ajralib, kolosnik ustiga tushadi, so‘ngra pastga sirpanib, taroq 
va kolosniklar orasidan o‘tib, yig‘ish konveyeriga tushadi va navbatdagi 
ishlov berish mashinalariga yuboriladi.
Lintning arra tishlardan ajratish vaqtida ajralgan o‘luk va mayda xas-
cho‘plar konveyer orqali mashinadan tashqariga chiqariladi.
Linter korpusi, pastki qismi tortqichlar bilan qotirilgan yop qich, havo 
kamerasi (7), katta va kichik tarnovlardan, elektr dvigatel tumbasini 
o‘rnatishga mo‘ljallangan ramadan iborat.
1.25-rasm. 5LP linter agregati:
1 — ta’minlagich; 2 — tarnov; 3 — ishchi kameralar; 4 — arrali silindrlar; 5 — vintli 
ifloslik konveyeri; 6 — taglik; 7 — havo kameralari; 8 — iflos liklarni yig‘ish va olib 
ketish bunkerlari; 9 — g‘alvir; 10 — chigit oqimini tekislash barabani; 11 va 12 — 
ta’minlagich yondorlari;
13 — ta’minlash barabani.
13
11
12
10
9
8
7
1
2
3
4
5
6


72
Linter ishchi kamerasi kolosniklar tagiga to‘sin uchun maxsus 
kronshteynlar yordamida osib qo‘yiladi. Ish kamerasining yon de vorlari 
cho‘yandan quyilib, uning ichki sirti silliqlangan bo‘ladi. Ish kamerasining 
yon devorlariga kolosniklar bog‘lanadigan yuqori brus biriktirilib, ularga 
pastki brus bog‘lanadi. Yon devorlar teshigiga to‘zitgich o‘rnatilib, maxsus 
o‘yilgan yeriga kameraning fartugi osib qo‘yiladi. Fartuk bilan yon 
devorlar orasida ochilishi uchun imkon beradigan har birining tomoni 
1—1,5 mm li masofa qoldiriladi.
PMP—160M rusumli linterning ishchi kamerasi o‘zining profili va 
arraga nisbatan joylanishi jihatidan PO–160 va POMning hajmi kat-
taligi sababli, chigit valigining massasi va arrali silindr ishi sa marasini 
oshiradi.
Chigit tarog‘i fartukka qattiq biriktirilgan. Uning kolosnik pan jarasiga 
nisbatan holati ekssentrik valni burab, fartukning faqat pastki qismini 
surib o‘zgartiriladi.
Arrali silindr valga o‘rnatilgan 160 ta arra va arralar orasidagi 
qistirmalardan iborat. Arralar va qistirmalar ikki tomondan maxsus 
shaybalar orqali gayka bilan qotirilgan. Linter ishchi kameraning ko‘tarish 
mexanizmi bilan jihozlangan, u esa quvvati 1,1 kVt ga ega bo‘lgan elektr-
dvigatel chervyakli reduktorga ega.
Arra tishlari chigitdan momiqni ajratib olib, kolosniklar ora li g‘i dagi 
tirqishdan olib o‘tadi. Arra tishlaridagi momiq havo oqimi orqali chiqarib 
olinib, momiq olib ketish quvuri orqali kondensorga uza ti la di. Markazdan 
qochma kuch ta’siri natijasida ajralgan o‘lik va iflos liklar tarnovlar hamda 
shaxtalar orqali yig‘ish konveyeriga tushadi.
6LP — linter agregati ikkita linterlash seksiyasidan iborat bo‘lib, arrali 
silindr, havo kamerasi va ishchi kameraning ko‘tarish mexanizmidan 
iborat. Ushbu linterning ishlash usuli 5LP va PMP—160 linterlarining 
ishlash usuli bilan bir xil.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə