M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent


 PAXTA TOLASINI CHIGITDAN AJRATISH



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

1.10. PAXTA TOLASINI CHIGITDAN AJRATISH
USKUNALARI. ARRALI JINLAR
Paxta tolasini ajratish, bu — jinlarda tolani chigitdan ajratish jarayoni 
hisoblanadi. Jinlar ishchi organining konstruksiyasiga ko‘ra, arrali va 
valiklilarga bo‘linadi. Tola ajratishdan maqsad talab etilgan unumdorlikda 
maqbul sifatli va eng ko‘p tola chiqarishga erishishdir.
Arrali jinlar PD rusumli ta’minlagichlar (1.10-rasm) bilan ji hozlangan 
bo‘lib, ular paxtaning jinga bir maromda va muvo fiqlashgan holda 
uzatilishini, shuningdek, uning qo‘shimcha titili shini hamda mayda 
iflosliklardan tozalanishini ta’minlashi lozim.
Chigitli paxtani iflosliklardan tozalashda, oqim tizimi va agregatlardan 
foydalanganda tozalangan paxtani jinga oxirgi tozalagichdan o‘tkazish 
mumkin.
O‘rta tolali paxtaning barcha sanoat navlari UMPD kamerali 3XDDM 
rusumli arrali jinlarda (1.11-rasm) va DP—130 (1.12-rasm), 4DP (1.13-rasm) 
va 5DP (1.14-rasm) arrali jinlarda qayta ishlanadi.
3XDDM rusumli arrali jin mustahkam konstruksiyaga ega bo‘lib, 


45
shnek, kamera, arrali silindr, korpus, havo kamerasi, o‘lik konveyeri, chigit 
uchun tarnov va elektr uskunalardan iborat. Ana shu yon devorlarning 
ustiga arra silindri va quyma boshmoqlar yordamida havo kamerasi 
o‘rnatilgan.
Korpusning oldingi kerkiga ikkita bosqichli ustun o‘rnatilgan bo‘lib, 
ularga sharnir usulida ishchi kamerasi mahkamlanadi.
3XDDM jini DPCH—130 jini detallari bilan unifikatsiyalanishi uchun 
modernizatsiya qilingan bo‘lib, UMPD kamerasi bilan ta’minlangan. 
DP—130 arrali jini 3XDDM jinidan farqli yuqori ish unumdorligiga 
ega bo‘lib, ishchi kamerasini ko‘tarish va tushirish mexanizmi bilan 
ta’minlangan. 4DP—130 jini DP—130 jinidan farqli takomillashtirilgan 
ishchi kamerasiga ega.
5DP—130 jinida arradan tolani ajratish uchun havo kamera sining 
1.8-rasm. CHX—5 rusumli ikki seksiyali tozalagich tizimi:
1 — ta’minlash valiklari; 2 — pichoqli baraban; 3 — titish dekasi; 4 — pax tani arra 
tishlariga bosish cho‘tkalari; 5, 8, 11 — arrali barabanlar; 6 — flanets;
7 — kolosnikli panjaralar; 9, 12 — tarnovlar; 13, 14 — cho‘tkali barabanlar.
1 2 3 4 5
6
7
8
9
10
11
12
14
13
12


46
konstruksiyasi o‘zgartirilgan, tovoni kengaytirilgan konsol xilidagi 
kolosniklar, jinni avtomatik usulda paxta bilan ta’minlash moslamasi 
hamda toladan iflosliklarni ajratish uchun o‘lik ajratish kolosniklari 
o‘rnatilgan.
Paxta taqsimlash shnekidan DP ta’minlagichiga uzatilib, unda ti tiladi 
va mayda iflosliklardan tozalanadi. Jinning unumdorligi, uning ta’minlash 
valiklarining aylanish tezligini o‘zgartirish bilan sozlanadi.
Ta’minlagichlardan tarnovlar orqali ishchi kamerasiga tushi rilgan 
paxta arra silindri tishlari ta’siriga uchraydi va xomashyo vali gini hosil 
qiladi.
Arra silindri tishlari xomashyo valigidagi paxta tolalarini ilib, kolos-
niklar orasiga olib kiradi va chigit sirtidan yulib oladi. Arra tishlaridagi 
tolalar soplodan 55—65 m/s tezlikda chiqayotgan havo oqimi bilan 
ajratilib, umumiy tola quvuri orqali tola tozalash dast gohiga uzatiladi. 
1.9-rasm. «Mehnat» (CHX-3M2) paxta tozalagichi:
1 — ta’minlash valiklari; 2 — qoziqli baraban; 3 — aspiratsiya tizimi quvurlarini ulash 
uchun flanets; 4 — to‘r; 5 — kolosnikli panjaralar;
6 — tarnov; 7, 12 — paxtani arra tishlariga bosish cho‘tkalari;
8, 11 — arrali barabanlar; 9, 10 — cho‘tkali barabanlar. 
1
2
3
4
5
6
7
12
11
10
9
8


47
Kolosniklarning ishchi qismida tirqishlar kengligi 3,2 mm dan katta 
bo‘lmagani uchun chigit o‘tib keta olmaydi, aylanib turgan chigit paxta 
valigiga qo‘shilib ketadi va hamma tolalari ajralmaguncha aylanishda 
davom etadi.
Jami tolalardan ajratilgan chigitlar o‘zining ish qobiliyatini yo‘qotadi, 
chigitli valikdan ajralib, kolosnik sirtiga va u orqali pastga tushadi. Jindan 
chiqayotgan chigitlarning tuklilik darajasi chigit tarog‘i bilan o‘zgartirilib 
turiladi.
Arra tishlari ishchi kamerasidan kolosnik orqasiga chiqqandan keyin, 
tolani tishlardan ajratish bilan birga o‘lik va mayda iflosliklardan tozalash 
jarayoni bajariladi.
O‘lik va mayda iflosliklar tolalar arra tishidan ajralmasdan oldin 
markazdan qochma kuch ta’sirida toladan ajraladi va o‘lik dastagi 
orqasiga o‘tib ketadi. Ajratilgan iflosliklar va o‘lik mashinadan buramali 
konveyer yordamida chiqariladi.
1.7- j a d v a l
Arrali jinlarning texnik tavsifi


48
1.10-rasm. DP jin ta’minlagichi:
1 — ta’minlagich valiklari; 2 — qoziqli baraban; 3 — teshikli to‘r;
4 — orqa qopqoq; 5 — iflosliklarni yig‘ishtirish; 6 — tarnov.
6


3
50
450
5
Æ 
500


49
1.11-rasm. 3XDDM arrali jin:
1 — ishchi kamera; 2 — arrali silindr; 3 — havo kamerasi; 4 — o‘lik kon veyeri; 5 — 
chigit yo‘naltirgich; 6 — korpus; 7 — chigit tarog‘i; 8 — kolosnik.



8
7
6
5
1.12-rasm. DP—130 arrali jin:
1 — ta’minlovchi valiklar; 2 — qoziqli 
baraban; 3 — chiqindi yig‘uvchi 
konveyer; 4 — ko‘rak;
5 — o‘lik konveyeri; 6 — havo 
kamerasi; 7 — arrali silindr;
8 — ishchi kamera; 9 — chigit tarog‘i; 
10 — kolosnik.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə