M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent


 PAXTANI QAYTA ISHLASH UCHUN TEXNOLOGIK



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

1.7. PAXTANI QAYTA ISHLASH UCHUN TEXNOLOGIK
JARAYONLAR VA ASBOB-USKUNALAR
Paxta yetishtiradigan xo‘jaliklardan paxta tayyorlov punktlariga 
qop-qanorsiz 2PTS—4—793 va 2PTS—4—793A—01 turlaridagi 
traktor tirkamasida yetkazib beriladi. Paxta tayyorlov punktlaridan 
paxta zavodlarga asosan TMZ—879 va TMZ—879—01 rusumli avto 
poyezdlarda, shuningdek, traktor shataklarida tashiladi.
Texnik chigit yog‘-moy zavodlariga qop-qanorsiz: 50 va 60 t yuk 
ko‘taradigan 106 va 120 m
3
sig‘imli yuk ortiladigan usti yopiq temir yo‘l 
vagonlarida, shuningdek, avtomobil transporti yordamida tashiladi. 
Paxta tozalash va yog‘-moy zavodlari yonma-yon joylashsa, chigit 
uzluksiz transport vositalarida, asosan, vintli konveyerlarda tashiladi.
Qoplarga joylashtirilgan urug‘lik chigit paxta tozalash zavod laridan 
tayyorlov panktlariga avtomobil transportida keltiriladi. Paxta tolasi, 
momiq va tolali chiqindilarning toylari usti berk temir yo‘l vagonlarida 
tashiladi. Kirish uchun temir yo‘llari bo‘lmagan paxta tozalash zavodlaridan 
jo‘natish bekatigacha, ayrim hollarda esa, belgilangan joygacha toylar 
avtotransport bilan tashiladi.
Paxtani quritish
Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayoni paxta tozalash zavodiga 
keltirilgan nam paxtani quritishdan boshlanadi. Paxtani quritish issiqlik 
bilan uning tarkibiy qismlarini suvsizlantirishdan iborat murakkab amal 
bo‘lib, texnologik jarayon va ishlov berish tartibini tanlashda katta 


37
mas’uliyat talab qiladi. Quritishning to‘g‘ri tashkil etilishi uni amalga 
oshirishga ketgan yoqilg‘i sarfining salmog‘ini kamaytirish bilan birga 
paxta chigitining miqdori, sifatining yuqori bo‘lishini hamda paxta 
zavodlarida butun texnologik asbob-uskunalarning muvaffaqiyatli 
ishlashini ta’minlaydi.
Hozirgi vaqtda paxtani quritishning ikki xil usuli mavjud. 1-usul — 
ochiq maydonchalarda oftobda quritish, 2-usul — baraban turidagi 
qurilmalarda amalga oshiriladigan konvektiv usulda quritishdir.
Quritiladigan paxtaning tavsifi
Paxta xomashyosi tola qatlami, chigit va iflos aralashmalari bo‘lgan 
ko‘p komponentli materialdir.
Ayrim komponentlar nisbati paxta turiga, uning seleksion naviga, 
sinfiga, pishib yetilish darajasiga va boshqa sharoitlarga bog‘liq.
Tolali chigit komponentlarining gigroskopik xususiyatlari ularning 
tarkibiy tuzilishi, tola hamda chigitlarning namligi, ular ning qancha 
miqdorda suv shimilishi bilan belgilanadi. Pishgan chigit vaznining 
60 % ni mag‘iz tashkil qiladi. Kimyoviy tarkibi jihatidan u asosan organik 
oqsilli moddalardan (protein) va yog‘dan iborat. Uning tarkibiga, asosan, 
uglevodlar, kristall va kolloidli shakar, gemitselluloza va pektinlar kiradi. 
O‘z tabiatiga ko‘ra, chigit mag‘izi kolloid materiallarga, tuzilishi bo‘yicha 
esa kolloid — g‘o vak materiallarga kiradi. U osmotik va kapillar hamda 
kimyoviy-fizik bog‘langan namlikka ega. Qobiq o‘z tuzilishiga ko‘ra 
yog‘ochga o‘xshash. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra, unda sellu loza, lignin, 
pentozan va boshqa moddalar bo‘lib, spirt bilan benzol aralashmasida 
eriydi. Quritish obyekti sifatida qobiq kapil lar-g‘ovak material turiga 
kiradi. Ularda namlik asosan kapillar kuchlar bilan bog‘langan.
Tolali komponent asosan kam miqdorda lignin bo‘lgan a-selluloza
b-selluloza va moy-mum moddalaridan tashkil topadi. O‘zining 
tarkibiy tuzilishiga ko‘ra, tola kapillar-g‘ovak material larga kiradi va 
adsorbsiyalangan hamda kapillar namlikni saqlashi mumkin.
Tola atrof-muhitdan namlikni juda tez tortadi, bunda ha roratning 
oshishi uning namlik muvozanatining kamayishiga, harorat pasayganda 
esa namlik muvozanatining oshishiga olib keladi.
Chigitning sorbsion xususiyatlariga kelganda, uning qobig‘ida 
mag‘ziga nisbatan namlik miqdori, atrof-muhit parametrlaridan qat’i 
nazar, ko‘proqdir. Chigit mag‘izi, unda moy miqdori bo‘lishi hisobiga 
namlikni kamroq singdirish qobiliyatiga ega. Chigitning atrof-muhit 
bilan issiqlik va namlik almashish intensivligi uning tola qoplami bilan 
to‘xtatib turiladi.


38
Shunday qilib, paxta komponentlarining sorbsion xususiyatlari uni 
namlikni yaxshi o‘zlashtiradigan material sifatida ajratib turadi, u ko‘p 
jihatdan quritish jarayonida tola va chigitning notekis suvsizlanishi 
bilan bog‘langan. Tadqiqotlarning ma’lumotlari bo‘yicha paxtaning 
muvozanatli holatida uning komponentlari orasidagi namligi quyidagicha 
taqsimlanadi (1.5-jadval).
1.5- j a d v a l
Paxta namligi turlicha bo‘lganda uning paxta komponentlari
orasida taqsimlanishi
Paxtani quritish jarayonida uning namligi komponentlari ora sida 
qayta taqsimlanishi ro‘y beradi. Shuning uchun tola va chigit nam-
ligi muvozanatining o‘zgarish xususiyati paxtani quritishda mu him 
ahamiyatga egadir.
Paxtada namlik miqdori
Amaliyotda paxtaning jami namligini erkin va bog‘langan nam likka 
bo‘lish qulay. Bunday ajratishning fizik ma’nosi quyidagidan iborat. 
Odatda, ochiq yuzada namlikning bug‘lanish tezligi, atrof-muhitdagi 
suv bug‘lari hamda bug‘lanish yuzasi ustidagi bug‘ning parsial bosimi 
ayirmasiga to‘g‘ri mutanosibdir. Tola va chigit qobig‘i ustidan namlik 
bug‘lanishi haqida ham shunday deyish mumkin. Binobarin, muayyan 
parametrlarga ega quritish agenti muhitida nam paxta bug‘lanish 
yuzasidagi parsial bosim gaz oqimidagi bosimga tenglashmaguncha 
namlik berishi mumkin. Bu holda paxta bilan quritish agenti orasida 
namlik almashuvi to‘xtaydi va muvozanatli namlik holati paydo 
bo‘ladi.
Paxtadan muvozanatli holat kelguncha yo‘qotilgan namlik shartli 
ravishda erkin namlik, qolgani esa bog‘langan namlik deb ataladi. 
«Erkin namlik» va «bog‘langan namlik» atamalari quritish jarayonini sifat 
jihatdan tavsiflaydi, miqdoriy jihatdan esa ular muayyan sharoitlarga 
bog‘liqdir. Agar quritish agenti muhitida suv bug‘larining parsial bosimi 
o‘zgarsa, tegishli ravishda erkin va bog‘langan namlikning miqdor nisbati 
ham o‘zgaradi.


39
Paxtaning namlik miqdorini namlikning vazniy nisbati U deb 
ta’riflash qabul qilingan. U paxtaning mutloq quruq qismining vazn 
birligidan foizlarda yoki vaznining materialning quruq qismiga nisbatida 
ifodalanadi.
 
(1.1)
Bu yerda: W — paxtadagi namlikning vazni, kg; 
— material quruq 
qismining vazni, kg. 
Paxta quritishni tashkil etishda yoki paxta quritgichlarining moddiy 
balansini aniqlashda bug‘langan namlik miqdorini (W
0
) quyidagi nisbatda 
aniqlash mumkin:
(1.2)
bu yerda: M
1
, M
2
— paxtaning quritishgacha va keyingi umumiy vazni, 
kg;
V
1
, V
2
— paxtaning boshlang‘ich va pirovard namligi, foiz.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə