M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent


 RAYONLASHTIRILGAN VA YANGI G‘O‘ZA NAVLARI UCHUN



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

1.4. RAYONLASHTIRILGAN VA YANGI G‘O‘ZA NAVLARI UCHUN
PAXTA TOLASINING TURLAR BO‘YICHA TEXNOLOGIK 
XUSUSIYATLARINING ME’YORIY KO‘RSATKICHLARI
Paxtani qabul qilish korxona qoshidagi va korxona hududidan 
tashqaridagi qabul qiluvchi maskanlarida to‘dalar (partiyalar) shak li da 
amalga oshiriladi. Bitta nav, tur va sinfga oid sifat ko‘rsat ki chi haqidagi 
hujjat bilan rasmiylashtirilgan mahsulot partiya hisoblanadi.
Agar bu partiyada turli seleksion va sanoat navlari, turlari hamda sinf-
lariga tegishli paxta aralashtirilgan bo‘lsa, paxta shu partiya mav jud bo‘lgan 
eng past nav, tur va sinflari bo‘yicha qabul qilinadi. Bel gilangan seleksion 
paxta paxta tolasining turi me’yoriy hujjat lariga muvofiq o‘rnatilgan 
tartibda aniqlanadi (O‘z RST 615-95 ga binoan).
Har bir paxta turi rangi, tashqi ko‘rinishi va pishib yetilganligi 
koeffitsiyentiga binoan besh navga bo‘linadi — I, II, III, IV, V. Paxta — 
navi, rangi va pishib yetilganlik koeffitsiyenti ko‘rsat kichlariga ko‘ra 
aniqlanadi.
Paxta navi berilgan me’yorlarga muvofiq ifloslanganlik (iflos 
aralashmalarning vazniy ulushida) va namlik (namlikning vazniy nisbati) 
miqdoriga qarab 1 (qo‘l), 2 (mashina) va 3 (to‘kilgan paxtani terish) xilga 
bo‘linadi (1.2-jadval).
1- va 2-sinflar uchun ifloslanganlik belgilangan me’yoridan yuqori 
bo‘lgan taqdirda paxtani ifloslanganligi bo‘yicha u to‘g‘ri kelgan sinfga 
o‘tkaziladi, namlik miqdori oshgan taqdirda esa, belgilangan tartibda 
narxi pasaytiriladi.
I, II, III va IV navlarida 3-sinf uchun belgilangan ifloslanganligi yoki 
namligi me’yoridan oshiq bo‘lsa, paxta topshiruvchiga qaytarib beriladi 
yoki past nav bo‘yicha qabul qilinadi.
Agar ifloslanganligi yoki namligi me’yori 22 foizdan oshib ketsa, paxta 
topshiruvchiga qaytarib yuboriladi yoki belgilangan tartibda narxi yoki 
vazniy miqdori kamaytirib qabul qillinadi.
1.2- j a d v a l
Paxtaning sinflar bo‘yicha iflos aralashmalarning vazniy ulushi va namlikning vazniy 
nisbati me’yorlari, foiz hisobida 


26
Qabul qilingan paxtaning navi, namligi va ifloslanganligini aniq-
lash uchun namunalar tanlash va tahlillar 643—95, 592—92J, 593—92, 
644—95 (1, 2, 3, 4) raqamli respublika standartlari bo‘yicha standart 
namunalarda tekshirilgan yoki «O‘zdavstan dart»ning metrologik xizmati 
attestatsiyasidan o‘tkazilgan asbob larda olib boriladi. Namunalar tanlash, 
laborantlar ishini, labo ratoriya asbob-uskunalarini paxta zavodining TNB 
boshlig‘i nazorat qiladi.
Qabul qilish maskanining laboratoriyasi quyidagi asboblarga ega 
bo‘lishi kerak: O‘z—7 m shkafi, USX—1 va VXS yoki VXS—M1 namlikni 
aniqlash asbobi, paxta ifloslanganligini aniqlash uchun LKM qurilmasi, 
1.4-rasm. Paxta tolasining turli koeffitsiyentli
pishganlik darajasi.
5,0
4,5
4,0
3,5
3,0
2,5
2,0
1,5
1,0
0,5
0,0


27
LPS—4 tola navini aniqlash asbobi, PPV jin tola ajratkich, paxta uchun 
SXL—3 laboratoriya quritkichi, mayda qadoq toshli texnik tarozilar
mikroskop, mikroskopga P—2 nurni qutblantiruvchi moslama — 
eksikator, namunalar olish uchun bankalar (katta va kichik), LPS—4 
asbobida nazorat tekshiruvlarining ruxsat etiladigan farqlari paxta 
tolasi bo‘yicha 2,5 foizdan oshmasligi kerak. Agar bu ajrimlar orasidagi 
farqlar ruxsat etiladigan miqdordan oshib ketsa, unda ikkita qo‘shimcha 
namuna LPS—4 da o‘lchanadi va o‘lchov natijalari bo‘yicha o‘rtacha 
qiymat hisoblanadi.
Ikki namuna tahlilining natijalari orasidagi farq, ifloslikni nazorat 
tahlilida ifloslanganlik 10 % gacha bo‘lganda — 0,6 % (mut.) dan oshmasligi, 
10 foizdan yuqori bo‘lganda esa 1,0 % (mut.) dan oshmasligi kerak. Ikki 
namunani sinash natijalari orasidagi farqlar nazorat tahlillarida paxta 
namligi 10,0 % gacha bo‘lganda 0,5 % dan oshmasligi va namligi 10 % dan 
ko‘proq bo‘lganda 5,0 % (nisb.) dan oshmasligi lozim. Agar dastlabki va 
nazorat tahlillarining natijalari orasidagi farqlar yuqorida ko‘rsatilgan 
chegaralardan chiqmasa, unda dastlabki tahlil to‘g‘ri hisoblanadi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə