M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent


 PAXTA XOMASHYOSI VA UNI YETISHTIRISH



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

1.2. PAXTA XOMASHYOSI VA UNI YETISHTIRISH
Tabiatda g‘o‘zaning 37 turi va navlari ma’lum. Ularning hammasi 
«Gossipium» deb ataladigan botanik avlodga birlashgan. «Gossipium» 
avlodi gulxayridoshlar oilasiga kiradi. Kanop, bammiya, dag‘alkanop, 
bo‘ritaroq, xitoy atirguli, tugmachagul ham ana shu oilaga mansub 
o‘simliklardir.
G‘o‘za avlod sifatida juda qadimdan, taxminan Bo‘r davrining 
bo shidan ma’lum. U tropik mintaqa o‘simligi, uning vatani ham, 
yetishtirilgan joyi ham o‘sha yer bo‘lgani uchun, qo‘ng‘ir rangli siyrak tuk 
bilan qoplanganligi tufayli hozir ekiladigan navlardan farq qiladi. Ularning 
deyarli hammasi fotoperiodik xususiyatga ega bo‘lib, me’ yorli gullashi 
va ko‘sagi yetilishi uchun yorug‘ kun qisqa bo‘lishini talab qiladi.
Ular orasida qator qimmatli belgilarni — kasallik va zarar kunandalarga, 
vertitsillyoz va fuzarioz viltga, bakterioz, ildiz chirishga qarshi immunitetni, 
past haroratga va sho‘rlanishga chidamlilikni o‘zida mujassamlashtirgan 
turlari ko‘p. Ayrim turlar juda serhosil, ertapishar, ipaksimon, tolasi pishiq, 
yaltiroq bo‘ladi.
Xromosomalar soni — diploidda — 26 ta va tetraploidda — 52 ta 
bo‘lgan g‘o‘za o‘simliklari «Gossipium» avlodiga kiradi. Bular bir yillik va 
ko‘p yillik butachalar shaklidagi chog‘roq daraxt lardir.
G‘o‘za navlarining yovvoyi turlari uzoq yashashi, yer tanla masligi, 
qurg‘oqchilikka chidamliligi, monopodial shox langanligi, hosil shoxlari 
sust rivojlanganligi, ko‘saklari juda mayda bo‘lishi, chigitining po‘sti 
«toshdek qattiq» bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Yovvoyi turlar ekvatorning u yoki bu tomonida joylashgan terri-
toriyalarni egallagan. Ular dasht, cho‘l va quruq savannalarda tarqalgan 
bo‘lib, tepaliklar yonbag‘rida, okeanlar qirg‘og‘idagi toshli yerlarda ham 
o‘sadi.
G‘o‘zaning bizga ma’lum bo‘lgan barcha yovvoyi turlaridan faqat 


11
4 tasi madaniylashtirilgan. Bular 2 ta diploid Eski Dunyo g‘o‘za turi — 
arboreum bilan xerbatseum hamda 2 ta tetraploid Yangi Dunyo g‘o‘za 
turi — xirzutum bilan barbadenzedir.
1.2-rasmda ekiladigan g‘o‘za turining hosil qismlari ko‘rsatilgan bo‘lib, 
unda har bir tur uchun alohida paxta hosilining butun rivojlanish davri 
keltirilgan.
I Goss barbense L.
1 — gul; 2 — shona; 3 — gultojbarg; 4 — pishmagan ko‘sak; 5 — 
pishmagan ko‘sakning ko‘ndalang kesimi; 6 — tukli chigit; 7 — tuksiz 
chigit; 8 — ochilgan ko‘sak; 9 — ochilgan ko‘sak; 10 — yakka chigit 
paxta.
II. Goss hirsutum L.
1 — gul; 2 — shona; 3 — gultojbarg; 4 — pishmagan ko‘sak; 5 — 
pishmagan ko‘sakning ko‘ndalang kesimi; 6 — tukli chigit; 7 — tuksiz 
chigit; 8 — ochilgan ko‘sak; 9 — ochilgan ko‘sak; 10 — yakka chigit 
paxta.
III. Goss herbacem L.
1.2-rasm. G‘o‘za turlarining botanik ko‘rinishlari.


12
1 — gul; 2 — shona; 3 — gultojbarg; 4 — pishmagan ko‘sak; 5 — 
pishmagan ko‘sakning ko‘ndalang kesimi; 6 — tukli chigit; 7 — tuksiz 
chigit; 8 — ochilgan ko‘sak; 9 — ochilgan ko‘sak; 10 — yakka chigit 
paxta.
IV. Goss arboreum L.
1 — gul; 2 — shona; 3 — gultojbarg; 4 — pishmagan ko‘sak; 5 — 
pishmagan ko‘sakning ko‘ndalang kesimi; 6 — tukli chigit; 7 — tuksiz 
chigit; 8 — ochilgan ko‘sak; 9 — ochilgan ko‘sak; 10 — yakka chigit 
paxta.
G‘o‘zaning botanik ta’rifi
G‘o‘zaning ildiz tizimi baquvvat o‘qildiz bo‘lib, o‘simlikning butun 
hayoti davomida shakllanib boradi. Urug‘ murtagidayoq hosil bo‘lgan 
birlamchi ildizchadan asosiy o‘qildiz rivojlanadi. U o‘sgan sari birinchi 
tartib yon ildizlar, ulardan esa ikkinchi tartib ildizlar o‘sib chiqadi va 
hokazo.
O‘qildiz yon ildizlarning yosh qismlari tuk bilan qoplangan bo‘ladi. 
G‘o‘za ana shu tukchalari yordamida yerdan suv va unda erigan moddalarni 
so‘rib oladi. G‘o‘za ildiz tizimi yerga 2,4—2,6 m chuqurlikkacha o‘sib 
kiradi. Ularning asosiy qismi 0—50 sm li qatlamda tarqalgan bo‘ladi 
(1.3-rasm).
Poyasi tik, shoxlanuvchi, pishiq. Vegetatsiya davri oxirida bo‘yi 
70—150 sm ga yetadi va asosiy poyasida 20—25 ta va undan ortiq barg 
bo‘ladi.
Barglari navbat bilan joylashgan, yupqa yoki qalin, yon bargchalari 
bor; rangi och yashildan to‘q yashilgacha; shakli tuxumsimon cho‘ziq-oval 
lansetsimondan, cho‘ziq, keng uchbur chaksimongacha, barg plastinkasi 
chuqur yoki yuza o‘yilgan yuraksimon shaklda, 3—7 bo‘lmali.
Barg plastinkasi bo‘yining yarmigacha va deyarli asosigacha 
qirqilgan bo‘ladi. Barglar har doim quyosh nurlariga per pen dikular 
joylashadi. G‘uyosh botgandan keyin ularning cheti egilib qoladi.
G‘o‘zada ikki xil: o‘suv (monopodial) va hosil (simpodial) shox lar 
bo‘ladi. Ular asosiy poyadagi barglar qo‘ltig‘idagi kurtaklardan o‘sib 
rivojlanadi.
Barg yozilishiga qarab, monopodial shox chiqayotganini bilish 
mumkin, chunki bu vaqtda ichki o‘sish nuqtasi ko‘rinmaydi. Birinchi 
chin barglar qo‘ltig‘ida, tasodifiy hollardan tashqari, me’yorli rivojlangan 
monopodial shoxlar bo‘lmaydi.


13
G‘o‘zaning guli ikki jinsli, yirik bo‘lib, gul gulbandida joy lashgan 
(mevabandi), uchta gulyon bargchasi bor. Gul kosacha, gultoj, chang 
ustunchasi va urug‘chidan iborat. G‘o‘zaning har xil turi va navlarida 
gul bandi turli uzunlikda hamda yo‘g‘onlikda bo‘ladi. O‘rtacha va 
ingichka tolali navlarida u 2—4 sm, yo‘g‘onligi 1,5—2 mm bo‘ladi. 
Gulyon bargchalari soni o‘rta tolali g‘o‘zada 3 tadan 15 tagacha, ingichka 
tolalilarda 5 tadan 11 tagacha bo‘ladi. Kosacha bir-biriga qo‘shilib o‘sgan 
5 ta kosachabargdan tuzilgan och yashil rangli bo‘lib, ko‘rinishi yopiq 
kalta yoqani eslatadi. Gultoj simmetrik bo‘lmagan 5 ta tojbargning 
asosidan boshlab o‘zaro qo‘shilib o‘sishdan hosil bo‘ladi. Ularning rangi 
och pushtidan och-sariq va to‘q sariqqacha o‘zgaradi.
O‘rta tolali g‘o‘za navlarining tugunchasi 4—5 uyali, ingichka tola-
lariniki 3—4 uyali, har qaysi uyada 6—10 tadan ortiq urug‘ kurtak 
urug‘langandan keyin ularning har birida chigit hosil bo‘ladi.
Ko‘sak 20—25 kunlarda eng katta holatga yetadi, keyingi 40—45 
kunda tolasi bilan chigiti pishib yetiladi.
Xirzutum turining ko‘saklari yirik, 4—5 chanoqli, ko‘pincha oval 
shaklida bo‘lib, juvoldizsimon tumshuqli, usti silliq yashil rangda, ba’zi 
shakllarida antotsian dog‘li bo‘ladi. Bitta ko‘sak paxtasining vazni 
1,5—2 g dan (asosan yovvoyi va yarim yovvoyi shakllarda) 8—12 g 
gacha o‘zgaradi.
Barbadenze L turining ko‘saklari 3, ba’zan 4 chanoqli ko nussimon, 
uzun tumshuqli, usti mayda chuqurchali, to‘q yashil rangda, yaltiroq 
bo‘ladi. Bitta ko‘sak paxtasining vazni 3—4 g keladi.
Xerbatseum L turining ko‘saklari 4—5 chanoqli, sharsimon, 
tumshuqsiz, usti silliq, och yashil rangda yoki antotsion dog‘li bo‘lib, 
devori yupqa, yetilganda bir oz ochiladi, chala ochiq yoki yopiq. Bitta 
ko‘sak paxtasining vazni 1,0—1,5 dan 6—7 gramm gacha keladi.
Arboreum L turining ko‘saklari 3—4 chanoqli, cho‘ziq, tuxum simon 
bo‘lib, yaxshi ochiladi. Bitta g‘o‘zasida 25—35 ta ko‘sak bo‘ladi.
Chigiti tuxumsimon yoki noksimon shaklda bo‘lib, bo‘yi 0,6—1,5 sm, 
keng qismining diametri 0,5—0,8 sm keladi. Ingichka tomoni mikropile, 
unga qarama-qarshi tomoni xalaza deb ataladi.
Pishgan (yetilgan) chigit qattiq po‘st va yadrodan tashkil topgan 
bo‘ladi. Yadro yetilgan chigit umumiy vaznining 55—60 % ni tashkil 
etadi; yetilmagan chigitda u ancha kam bo‘ladi. Yadro chigit po‘stining 
ichki yuzasidan yupqa parda (membrana) — oziq to‘qima bilan ajralgan. 
Murtak oziqlanishi uchun asosiy elementlar ana shu to‘qima bo‘ladi.
Pishgan chigit po‘chog‘ining qalinligi va vazni har xil: ba’zi chigitniki 
0,25—0,35 mm, ba’zilariniki 0,53 mm gacha bo‘ladi.


14
Ekiladigan g‘o‘za navlari chigitining vazni, yirik-maydaligi, tukli-
tuksizligi, tolasining rangi va boshqa belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. 
Xirzutum L navining ko‘p turlarining chigiti yirik, tolasi kalta bo‘ladi. U, 
odatda, och kul rang, bir qator ko‘rinishlarida ko‘k yoki qo‘ng‘ir rangda. 
Barbadenze L navining chigiti ham yirik, asosan, tuksiz, faqat uchi biroz 
tukli, qora bo‘ladi. Xerbatseum L navining chigiti siyrak, arboreum L 
naviniki kalta tolali bo‘ladi. Bu turlarning chigiti mayda.
Taralgan, tekislangan tolali chigit letuchka — uchma deb ataladi.
Chigit mag‘zida 22—29 % gacha yog‘ bo‘ladi. Chigitning yog‘liligiga 
ko‘ra, g‘o‘za turlari quyidagi tartibda joylashadi: barbadenze L, xirzutum 
L, xerbatseum L va arboreum L.
G‘o‘zaning hamma turlari chigit tarkibida polifinol tabiatiga ega 
modda — gossipol mavjud. Uzun tolali barbadenze L turining chigiti 
tarkibida gossipol eng ko‘p, xerbatseum L va arboreum L turlarining 
chigitida kam bo‘ladi.
Paxta chigiti tarkibida 20—22 % oqsil bo‘ladi. Tarkibidagi oqsil 
miqdoriga ko‘ra, g‘o‘za kungaboqar, kunjut va soyaga yaqin turadi. 100 
tonna chigitdan tarkibida 65 % sifatli oqsil bo‘lgan 11 tonna dan ortiq 
un tayyorlash mumkin.
Tola. Chigitning sirtini qoplagan tolaning ko‘pgina biologik ahamiyati 
bor. G‘o‘za madaniylashtirilgunga qadar chigitning tolasi avlodning 
tarqalishida va saqlanib qolishida ma’lum rol o‘ynagan.
Ekiladigan navlar chigitining tolasi uzun, to‘g‘ri, chigit po‘ chog‘idan 
oson ajraladigan, pishiq, ingichka va gigroskopik bo‘ ladi. Bu paxta. Uning 
uzunligi, asosan, 20 mm dan oshadi. Bu tola tagida momiq (lint) bo‘lib, 
uning uzunligi 20 mm dan kalta, uning tagidagi tola (delint) esa 5 mm 
dan kalta bo‘ladi. Madaniy nav paxta tolasi yetilgan sari burg‘isimon 
jingalaklashib boradi, bu ularning yovvoyi ko‘rinishlar tolasidan farq 
qiladigan muhim texnologik afzalligidir.
Xirzutum L navi sanoatbop turlarining tolasi oq, ingichka tolali, 
barbadenze L niki och sarg‘ish bo‘ladi. G‘o‘za turlari orasida och kul 
rang, yashil, qo‘ng‘ir va och jigarrang-qo‘ng‘ir tolali madaniy va yovvoyi 
ko‘rinishlari ham bor.
G‘o‘zaning turiga va tur xiliga qarab, chigit tolasining uzunligi 
10 mm dan 50—55 mm gacha bo‘ladi. Yovvoyi turlarning tolasi eng 
kalta (8—10 mm), Si –Aylend xili barbadenze L turining tolasi eng uzun 
(50—55 mm) bo‘ladi. Tolasining uzunligiga ko‘ra, barcha g‘o‘za navlari 
kalta tolali (27—30 mm), o‘rta tolali (32—33 mm), uzun tolali (34—36 mm) 
va ingichka tolali (37—42 mm) ga bo‘linadi.
Tola sifatining ko‘rsatkichlaridan biri uning yetilganligidir. Yetilgan 
tola polarizatsiya nurida har xil rangga kiradi. Tola rangi bo‘yicha to‘rt 


15
guruhga bo‘linadi. Yetilgan tolaning rangi tilla rang, sariq va to‘q sariq, 
och pushti-binafsha rang ko‘rinishda bo‘ladi. Birinchi guruh tolasining, 
ya’ni yetilgan tolaning foiz miqdori paxta navini belgilaydi. Yetilgan tolalar 
qancha ko‘p bo‘lsa, pax taning sifati shuncha yuqori bo‘ladi.
Olinadigan tola miqdori chigitdagi tolachalar soni va vazniga bog‘ liq. 
Turli ko‘rinishlardagi chigitda tolachalar soni 20—43 % gacha bo‘ladi.
G‘o‘za zararkunandalari
G‘o‘zada turli hasharotlar, kanalar va mikroorganizmlar tar qalgan 
1.3-rasm. G‘o‘za shoxlarining turlari:
1 — o‘suv shoxi; 2 — hosil shoxi; 3 — cheklangan xildagi hosil shoxi;
4 — birinchi xildagi hosil shoxi; 5 — ikkinchi xildagi hosil shoxi;
6 — uchinchi xildagi hosil shoxi; 7 — to‘rtinchi xildagi hosil shoxi.
1
2
3
4
5
6
7


16
bo‘lib, ular asosan o‘simliklar bilan oziqlanadi va ko‘paya di, bir-birlari 
hamda atrof-muhit bilan oziqlanish orqali bog‘liq bo‘ladi. Ulardan biri 
oziqlanish bilan o‘simlik barglari, poyasi va ildi zini zararlasa yoki ularning 
shirasini so‘rib shikastlasa (zararku nandalar), boshqasi zararkunandaning 
o‘zini (yirtqichlari, parazit lari) qiradi, mikroorganizmlar esa har xil 
kasalliklarni keltirib chi qaradi, nobud bo‘lgan o‘simlik va hayvonot 
qoldiqlarini parchalab, ularni o‘simlik tomonidan o‘zlashtira oladigan 
holatga keltiradi.
G‘o‘za o‘simligiga zarar keltiradigan umurtqasiz jonivorlarning 214 
turi, zararkunandalarni qiradigan yirtqich va parazitlarning 150 dan ortiq 
turi, o‘simlik va hasharotlarda har xil kasalliklarni keltirib chiqaradigan 
mikroorganizmlarning bir necha o‘nlab turi hisobga olingan.
G‘o‘zaga zarar keltiradigan umurtqasiz jonivorlar uchta turga 
bo‘linadi.
I tur — dumaloq qurtlar nematodlar sinfidan bo‘lib, ularning ikki 
turi; 
II tur — molluskalar yumshoq tanlilar sinfidan bo‘lib, ularning besh 
turi;
III tur — bo‘g‘inoyoqlilar qisqichbaqasimonlar sinfidan bo‘lib, ularning 
bir turi bor.
O‘rgimchaksimonlar sinfi va kanalar turkumi uch turga, hasharotlar 
sinfi 203 turga, shu jumladan, to‘g‘ri qanotlilar 38 turga, uxovertkalar 
uch turga, teng qanotlilar 15 turga, yarim qattiq qanotlilar (qandalalar) 
14 turga, pufakoyoqlilar (tripslar) 4 turga, qattiq qanotlilar (qo‘ng‘izlar) 
79 turga, qo‘sh qanotlilar (pashshalar) 4 turga, parda qanotlilar 3 turga, 
tanga qanotlilar (kapalaklar) 43 turga bo‘linadi.
Bu turlarning ko‘pchilik qismi g‘o‘zada onda-sonda uchraydi, shuning 
uchun ham ular o‘simlikka ko‘pda zarar yetkazmaydi. Bu turlardan juda oz 
miqdordagisi ayrim dalalardagina paydo bo‘ lishi tufayli, ular keltiradigan 
zarar ayrim xo‘jaliklargagina tegishli bo‘ladi. Bu xildagi turlarga dala 
chigirtkalari, poya kuyasi, mak kajo‘xori parvonasi, terak qandalasi, beda 
tunlami, shuvoq tun lami, mavrak tunlami, o‘simta pashshasi, ildiz shirasi, 
ildiz kanasi va boshqalar kiradi.
G‘o‘zada keng tarqalgan asosiy zararkunandalarga quyidagilar kiradi: 
Turkiston o‘rgimchak kanasi, ildiz shirasi, beda va katta g‘o‘ za shirasi, kuzgi 
tunlam, mayda yer tunlami (karadrina), ko‘sak qurti.
Bularga yana bazis va bahorikor suvaraklar, Osiyo va Marokka 
chigirtkalari, tamaki tripsi, o‘tloq va beda qandalalari, chiril doqlar ning 
ayrim turlari kiradi.
Bahorikor suvaraklar, Osiyo va Marokka chigirtkalari paxta dala laridan 


17
ancha olislarda ko‘payadi. Qolgan zararkunandalarning hammasi paxta 
dalalari doirasida rivojlanadi.
Og‘iz apparatining tuzilishiga qarab zararkunandalar ikki guruhga 
bo‘linadi: so‘ruvchi, ular oziqlanayotganda o‘simlik shi rasini so‘radilar; 
kemiruvchilar, ular kemiruvchi og‘iz apparatiga ega bo‘lib, o‘simlikning 
ildizi, poyasi, barglari va mevalarini kemiradilar.
Gommoz va boshqa kasalliklar
Gommoz g‘o‘zaning bakteriya keltirib chiqaradigan kasalligi 
hisoblanadi. G‘o‘zaning gommoz kasalligi paxta ekiladigan hamma 
mamlakatlarda tarqalgan.
Kasallik belgilari g‘o‘zaning chigitbarglarida to‘q moysimon dog‘lar 
paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. Dog‘lar yumaloq shaklga ega. 
Barg tomiri bo‘ylab joylashgan dog‘lar bir-biri bilan qo‘shilib ketadi. 
Gommoz dog‘lari sirtida quyuq yelimsimon suyuqlik paydo bo‘lib, bu 
suyuqlikda juda ko‘p gommoz bak teriyasi bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan bu 
suyuqlik quriydi va oqish kul tusli parda hosil qiladi.
Muhit asosiy omillarining g‘o‘zaga ta’siri
G‘o‘zaning hayot faoliyatini belgilaydigan asosiy omillar harorat, 
yorug‘lik, suv, tuproqdir.
Harorat. G‘o‘za issiq tropik zonadan kelib chiqqan. Shuning uchun 
uzoq evolutsiya davrini o‘tishiga va seleksiya qilinishiga qaramay, butun 
vegetatsiyasi davomida issiqqa talabchan bo‘ladi. Chigit ekilgandan nihol 
chiqqunga qadar g‘o‘za haroratiga ta’sirchan bo‘ladi. Bahorda harorat 
past kelsa, chigitning unib chiqishi kechikadi. O‘rta Osiyodagi paxtakor 
rayonlarda g‘o‘za nihollari paydo bo‘lgan vaqtda havo bilan tuproqning 
harorati sekin-asta ko‘tariladi, va odatda, optimal darajada bo‘ladi. 
Harorat 38° dan yuqori bo‘lganda, ayniqsa nam kam bo‘lsa, o‘simliklar 
qizib ketadi. G‘o‘za vegetatsiyasi davrida samarali harorat (10° dan 
yuqori) yig‘indisi 3100 dan 4800° gacha bo‘lishi kerak. Bu g‘o‘za naviga 
va ekiladigan rayonga bog‘liq. Harorat — 1—2° bo‘lsa, g‘o‘za nihollarini 
sovuq uradi, kuzdagi 3—4 daraja sovuq ham g‘o‘ zani nobud qiladi.
Yorug‘lik. G‘o‘zaning barcha turlari yorug‘sevar o‘simliklardir. Shuning 
uchun ular doim bargining holatini quyosh nurlari maksimal darajada 
tushadigan qilib o‘zgartirib turadi. Bu esa fotosintez jarayonida o‘simlik 
butun barg shapalog‘idan samarali foydalanishiga imkon beradi.
Suv g‘o‘za hayotida eng muhim omil hisoblanadi. Birinchidan, suv 


18
yetishmasa, u maromida o‘sib hosil bermaydi, ikkinchidan, tuproq va 
havo ortiqcha nam bo‘lishiga chidash berolmaydi (ayniqsa, harorat past 
bo‘lganda). Bundan tashqari, namlik ortiqcha, harorat past bo‘lsa, g‘o‘za 
zamburug‘ kasalliklari va zararkunandalardan ko‘proq zararlanadi. Bo‘liq 
bitta ko‘sak shakllanishi uchun vegetatsiya davrida kamida 1 m
3
suv talab 
etilishi hisoblab chiqilgan. G‘o‘zalar kam suv ichsa, o‘sishi sekinlashadi, 
juda kam ko‘sak hosil bo‘ladi, ular ko‘p to‘kiladi, chanoqlari barvaqt 
qurishi natijasida ko‘saklar tez ochiladi. Shunga ko‘ra, ularning tolasi 
xom va chigiti puch bo‘lib qoladi.
G‘o‘zaning kimyoviy tarkibi, %
(Ya. D. Nagibin ma’lumoti)
Uglerod ................................45,0 
Aluminiy ............................. 0,35
Kislorod ..............................43,0 
Fosfor ...................................0,30
Vodorod ..............................6,3 
Magniy ................................ 0,30
Azot ......................................1,4 
Oltingugurt........................ 0,20
Kaliy ......................................1,2 
Temir ....................................0,20
Kalsiy ....................................1,0 
Natriy ...................................0,20
Kremniy ...............................0,4 
Xlor .......................................0,07
Bor .........................................0,01 
Rux........................................0,006 
Marganes ............................0,008
Mis ........................................0,001
Tuproqda biror element yetishmasligini o‘simliklarga qarab ham bilish 
mumkin: azot yetishmasa, bargi tiniq yashil bo‘ladi, temir yetishmasa, 
xloroz (barglarning rangsizlanishi) paydo bo‘ladi, fosfor yetishmasa, barg 
shapalog‘ida qizil tomirlar ko‘rinadi, kaliy yetishmasa, vilt kasalligidagi 
kabi boshlang‘ich rivojlanish bos qichida barglar marmarsimon rangga 
kiradi. G‘o‘za, ayniqsa ildiz tizimi radiatsiyaga ta’sirchan.
G‘o‘za seleksiyasi. Seleksiya — o‘simliklarning yangi navlari hamda 
duragaylarini va hayvonlarning yangi zotlarini yetishtirish usullari 
haqidagi fan.
G‘o‘za ustida seleksiya ishlari olib borishda biologiya, ge ne-
tika va ularga yaqin fanlarning nazariy asoslariga tayaniladi. Ularni 
ishlab chiqishda fan allomalari Ch. Darvin, K. A. Ti mir yazev, N. I. Vavilov, 
I. V. Michurin va boshqalar ta’limoti kat ta rol o‘ynagan. Ularning ta’limoti 
g‘o‘za seleksiyasiga ham asos soldi.
Paxta tolasiga qo‘yiladigan sanoat talablari
va tolaning texnologik xususiyatlari
Paxta tolasining sifati va assortimentiga muayyan talablar qo‘yi-
ladiki, bu narsa undan ishlab chiqariladigan buyumlarga bog‘liqdir. 


19
To‘qimachilik sanoati o‘z rejalariga muvofiq muayyan sifat ko‘r satkichlariga 
ega bo‘lgan paxta tolasiga buyurtma beradi.
Mamlakatda yetishtiriladigan paxta tolasi sakkizta turga bo‘ linadi. Har 
bir tola turiga muayyan shtapel massa uzunligi va nisbiy uzilish kuchi 
to‘g‘ri keladi. Tolaning shu xilga mansubligini belgilashda ana shu ikki 
ko‘rsatkich asos qilib olinadi. Shu bilan bir vaqtda chiziqli zichlik va uzilish 
kuchiga oid ma’lum ko‘r satkichlar har bir tola xiliga mos keladi.
Rayonlashtirilgan hamda yangi navlar uchun xillar bo‘yicha pax ta tolasi 
normativlari va respublikamizdagi yetishtirilayotgan paxta navlari 1.1-
jadvalda keltirilgan. Yangi navlar tola sifatiga bo‘lgan yuqori talabchanlik 
shu narsaga bog‘liqligi, bu navlarning tola sifati sanoat ishlab chiqarishi 
jarayonida asta-sekin yomon lasha boradi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə