M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

1.8. PAXTANI QURITISH USKUNALARI
Zavod hududida va undan tashqarida joylashgan quritish-tozalash 
sexlari hamda paxta zavodining tozalash sexi issiqlik yetkazib berish va 
paxta bilan ta’minlash tizimlariga ega 2SB—10 yoki SBO (STB, UMSR) 
quritgichlari bo‘lgan ikki quritish uskunalari to‘plami bilan jihozlanadi.
Quritgichlarni issiqlik bilan ta’minlash suyuq yoqilg‘ida ishlay digan 
TJ—1,5 rusumli yoki gazsimon yoqilg‘ida ishlaydigan TG—1,5 rusumli 
issiqlik ishlab chiqargichlari yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, 
suyuq yoqilg‘ida ishlaydigan STAM—K—2 issiqlik ishlab chiqargichdan 
foydalanish hollari ham mavjud.
Barcha turdagi issiqlik ishlab chiqargichlari issiqlik tashuvchi 
agentning haroratini nazorat qiluvchi TPGSK va boshqa termo-
metrlarni, tutunso‘rgichning tortish kuchini aniqlovchi asboblarni o‘zida 
birlashtirgan nazorat o‘lchov asboblari va xavfsizlik avto matikasi bilan 
jihozlangan bo‘lishi shart.
Quritgichga boradigan gaz quvuri burilishlarsiz va egilishlarsiz 
(ko‘ndalang kesimi 0,5 m

va uzunligi 8—10 m) qilingan holda o‘t yoqish 
quvuri, issiqlikdan kengayish kompensatori va portlash klapaniga ega 
bo‘lishi kerak. Issiqlik ishlab chiqargich suyuq yoqilg‘ida ishlaganda gaz 
quvuri qo‘shimcha ravishda uchqun tutqich bilan jihozlanadi, yonilg‘i 


40
uzatish tizimining nasos va purkagich oralig‘ida esa, albatta, tozalash 
filtri va yoqilg‘i qizitgichi o‘rnatilishi shart. 
Issiqlik generatorlarining qiziydigan barcha tarkibiy qismlari va bo‘g‘inlari, 
gaz quvurlari issiqlikning sexda sarf bo‘lishiga yo‘l qo‘y maslik uchun 
issiqlikni o‘tkazmaydigan qoplama bilan o‘ralishi kerak. Xuddi shu 
maqsadda o‘t yoqish quvurining shiberi labirintsimon zichlagich bilan 
ta’minlanishi kerak (quvur va burilma qopqoq orasi).
1.7-rasmda sanoatda keng tarqalgan 2SB—10 quritgichining 
texnologik chizmasi keltirilgan. Paxta ta’minlagich (2) orqali baraban 
(5) ga uzatiladi, quritish agenti esa quvur (1) orqali beriladi, quritiladi 
va chiqarish tarnovi (13) tomon suriladi hamda u orqali keyingi qayta 
ishlashga uzatiladi. Ishlatilgan quritish agenti quvur (6) orqali atmosferaga 
chiqariladi.
1.6- j a d v a l
2SB—10 rusumli quritgichning texnik tavsifi
Paxta quritishning texnologik tartibi
Tayyorlov punktlarida topshiruvchilardan qabul qilingan paxtaga 
quritish-tozalash sexlarida ishlov beriladi, bundan maqsad paxtani kerakli 
darajada saqlashga tayyorlashdir. Bunda 1, 2 va 3-nav paxtalar – 11 foiz; 
4 va 5 – nav paxtalar – 14 foiz namlikkacha quritiladi. Quritgichlarning 
ish tartibi paxtaning navi, dastlabki namligi va talab etiladigan namlikni 
pasaytirish darajasiga qarab o‘rnatiladi (1.3 va 1.4-jadvallar). Namligi 
19 % gacha bo‘lgan paxta bir marta quritiladi. Namligi 29 % dan ortiq 
bo‘lsa, ikki marta quritiladi va hokazo.
Zavodning tozalash sexiga quritish uchun namligi 14 % dan yuqori 
bo‘lmagan paxta yuborilishi kerak.
Paxta va tola tozalagichlarida iflos aralashmalardan ajratish jarayoni 
qiyin kechmaydigan seleksion navlar uchun paxtaning birinchi sanoat 
navlari namligini 8—9, past navlarini esa 9—10 % gacha quritish tavsiya 


41
etiladi.
Quritish tozalash sexi sharoitida 2SB—10 va SBO (SBT) quritgichlarida 
uzun tolali paxtani quritish xuddi o‘rta tolali paxtani quritishdek amalga 
oshiriladi.
Valikli jinlash zavodlarida paxtani qayta ishlashning maqbul sifat 
ko‘rsatkichlariga erishish uchun uzluksiz texnologik jarayonda paxta 
6,5—7,0 % namlikkacha quritiladi. 
Qiyin tozalanadigan o‘rta tolali paxtani qayta ishlashda maqbul sifat 
ko‘rsatkichlariga erishish uchun paxtaning birinchi navlari 6,5—7,0 % 
namlikkacha quritiladi. Bunda quritgichlarning ish tartibi paxtaning 
dastlabki namligiga, namlikning pasayishi miq doriga va qayta ishlash 
paytidagi ob-havo sharoitlariga qarab belgilanadi.
Namligi 9 % bo‘lgan paxtaga barabanli quritgichda 130° gacha ha-
roratda bir marta termik ishlov beriladi. Namligi 9% va undan ko‘p bo‘lgan 
xomashyoni quritish birin-ketin ikki quritgichda — avval issiqlik tashuvchi 
bilan jadvalga muvofiq, keyin ochiq havoda sovuq tashqi havo bilan 
ikkinchi quritgichda, agarda bulutli yoki yomg‘irli havo bo‘lsa, 60°—80° 
darajagacha isitilgan havo bilan paxtani quritish amalga oshiriladi. 
Paxtani quritgichlarda quritish ikki bosqichda bajariladi. Pax taga 
1.7-rasm. 2SB—10 rusumli quritgich chizmasi:
1 — quvur; 2 — paxta ta’minlagich; 3 — paxta ta’minlagich;
4 — barabanning ko‘ndalang kesimda ko‘rinishi; 5 — baraban;
6 — ishlatilgan issiq havoni chiqarish quvuri; 7 — qovurg‘a; 8 — mufta;
9 — reduktor; 10 — dvigatel; 11, 14 — tayanch; 12 — quritilgan pax tachiqarish 
quvuri; 13 — chiqarish tarmog‘i.
4
Nam 

3 5
paxta
Issiq
havo
14
I
II
13
12
11
10
9
8
7
6
I

I
kesim
II

II
kesim
Ishlatilgan
havo


42
ishlov berishning birinchi bosqichida quritgich orqali 18—20 ming m
3
/
soat quritish agenti sarflanadi. Quritish agentining sar fi tutunso‘rgich 
oldidagi siyraklanish miqdori bilan belgilanadi. Ik kinchi bosqichda 
paxtaga ishlov berish tutunso‘rgichning yo‘nal tiruvchi apparatini to‘la 
ochgan holda amalga oshiriladi.
1-sinf 1 va 2-navli paxtani (ikkinchi bosqichda ishlov bermas dan) 
«oliy» va «yaxshi» sinfli tola olish sharti bilan bir marta quritishga 
ruxsat etiladi. Namligi 8 % dan yuqori bo‘lgan urug‘lik chigit 7,0—8,0 % 
namlikkacha, qiyin tozalanadigan navlar esa 6,5—7,0 % namlikkacha 
quritiladi.
Tozalash mashinalari batareyasi va uzluksiz ishlov berish tizimi 
majmuidagi quritgichlarning birida 9 % gacha namlikdagi urug‘lik 
paxtani quritish ko‘zda tutilgan. Paxtaning namligi 9 % dan ko‘p bo‘lgan 
taqdirda quritish avval issiq quritish agenti bilan birinchi quritgichda, 
keyin atmosfera havosi bilan ikkinchi quritgichda quritiladi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə