M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

1.5. PAXTA TERISH MASHINALARI
Mahalliy tuproq va iqlim sharoitlariga qarab, paxta hosili turli 
mintaqalarda har xil texnologiya bo‘yicha yig‘ishtiriladi. Lekin 
respublikamizda qo‘llaniladigan texnologiyalarning asosini quyidagilar 
tashkil etadi:
— hosili pishib yetilgan dalalarning chetlarida mashina uchun 
burilish yo‘laklari qoldiriladi, o‘qariqlar tekislanadi;
— g‘o‘za barglari defoliatsiya qilinadi;
— qurigan barglar to‘kilib, hosil 60 foiz (gorizontal shpindelli mashina 
bilan terganda 85—90 foiz) atrofida ochilgandan so‘ng, birinchi terim, 
qolgan qismi ochilgandan so‘ng ikkinchi terim boshlanadi;
— hosil qoldiqlari maxsus mashinalarda yoppasiga yig‘ilib, qisman 
tozalanadi;
— iqlim sharoiti paxtaning to‘liq ochilishiga imkon beradigan 
joylarda hosilni bir marta yig‘ishtirish bilan cheklaniladi.
Paxta yig‘im-terimida bajaradigan ishi bo‘yicha ishlatiladigan 
mashinalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Ochilgan paxtani teradigan mashinalar, ya’ni paxta terish 
mashinalari.
2. Paxta hosili qoldiqlarini yig‘ishtiradigan hamda tozalay digan, yerga 
to‘kilgan paxtani yig‘ishtiradigan, ko‘sak teradigan va ko‘sak chuviydigan 
mashinalar.


28
3. Dalani g‘o‘zapoyadan tozalaydigan mashinalar: g‘o‘zapoyani 
sug‘urib olib, dala chetiga chiqaradigan yoki uni o‘rib maydalab, dalaga 
sochib ketadigan mashinalar.
Vertikal shpindelli paxta terish mashinasining tuzilishi va ishlashi. 
Vertikal (tik) shpindelli paxta terish mashinalari ochilgan chanoqlardagi 
paxtani terish uchun mo‘ljallangan. Paxta terish mashinasining asosiy 
qismi quyidagilardan iborat (1.5-rasm). Terish apparatlari bloki (8), 
yig‘gich (7), rama (11), bunker (6), tozalash barabani (4 ), boshqaruv 
maydonchasi (12), mashinani yuvish tizimi, elektr jihozlari, gidrotizim, 
uzatish va yurgizish moslamalari.
Mashinaning g‘o‘za teradigan qismlari maxsus to‘skichlar bilan 
yopilgan bo‘lib, ochilgan paxtani to‘kilishdan saqlaydi. G‘o‘za shox-
larini barabanlar oralig‘iga yo‘naltirish uchun terish apparati shox larni 
ko‘targich va yo‘naltirgichlar bilan jihozlangan. Mashi naning ishchi 
qismlariga traktorning quvvat olish validan tarqatish reduktori orqali 
harakat uzatiladi. Terilgan paxta havo so‘rish tizimi yordamida bunkerga 
o‘tadi. Bunker ag‘darma tipda bo‘lib, terilgan paxtani tirkama aravaga 
bo‘shatadi.
Suv tizimi mashinaning shpindellarini yuvadi va bakka suv to‘ldiradi. 
Elektr jihozlari traktor yuritgich (dvigatel) ini ishga tushirish, uning ishini 
nazorat qilish, tunggi smenada ish joyini, mashina qism va mexanizmlarini 
yoritish uchun mo‘ljallangan. Mashinani boshqaruvchi barcha qismlar 
boshqaruv maydonchasiga o‘rnatilgan.
14XV—2,4 rusumli to‘rt qatorli paxta terish mashinasi. To‘rt qatorli 
vertikal shpindelli bu mashina T—28X4M rusumli traktorga o‘rnatib 
ishlatiladi. U qatorlar orasi 60 sm bo‘lgan uchastkalardagi ochilgan 
ko‘saklar paxtasini terishga mo‘ljallangan.
Mashinaning ishlash texnologik sxemasi. Mashina dalada hara-
katlanayotganda uning g‘o‘za tuplarini ko‘taruvchi apparatlari va oldingi 
g‘ildirakning to‘sig‘i paxtasi teriladigan to‘rtta qatordagi g‘o‘ zalarni 
barabanlar orasidagi ish tirqishlariga yo‘naltiradi. Barabanlar mashinaning 
harakatlanish tomoniga teskari yo‘nalishda aylanadi. Ularning aylana 
tezligi mashinaning harakat tezligidan 1,6 baravar kattadir; shunga ko‘ra 
barabanlar g‘o‘za tupini apparatlarning ish tirqishiga tortayotganida 
shoxlarni ortiqcha egmaydi va sindirmaydi.
Barabanlar atrofida joylashgan shpindeller g‘o‘zalarga va ko‘saklarga 
tegib turadi va ish tirqishlari zonasida barabanlarning ay lanish tomoniga 
nisbati teskari aylanib, ochilgan ko‘saklar pax tasini tishlari bilan ilib 
oladi-da, o‘ziga o‘raydi. Barabanlar paxta o‘ralgan shpindellarni ish 
zonasidan cho‘tkali barabanlar (paxta ajratish) zonasiga olib o‘rgandan 


29
keyin shpindellar teskari tomonga aylana boshlaydi.
Paxtani shpindellardan ajratib oluvchi baraban (ajratgich) lar tashqi 
cho‘tkalarining aylana tezligi shpindellarning aylana tez ligidan olti 
baravar katta. Shu sababli shpindellardan paxta to‘la ajratib olinib
ajratkichdan ajratkichga, so‘ngra tirqishsimon kameraga tishlanadi, bu 
yerdan paxta ventilator yo‘naltirayotgan havo oqimiga ergashib, mashina 
bunkeriga borib tushadi. Qabul kamerasi tubsiz bo‘lganligidan kesak, 
tosh, yetilmagan ko‘sak kabi og‘ir aralashmalar yerga tushib ketadi.
Ikki qatorli o‘rnatma XVN—1,2A paxta terish mashinasi. XVB—1,8 va 
XVA—1,2 yarusli paxta terish mashinalari. Paxta terish mashinalarining 
g‘o‘za tupidagi ochilmagan ko‘saklarni ezadigan moslamasi (PRK). G‘o‘za 
tuplaridagi ko‘saklarning qurishi va ochilishini tezlatish maqsadida 
birinchi va ikkinchi terimdan keyin defolatsiya o‘tkazish tavsiya etilmoqda. 
Lekin dalalarni bu usulda tayyorlash samaradorligi ko‘p jihatdan tashqi 
omillarga (havoning harorati, namligi, shamol va boshqalarga) bog‘liq.
Paxta terish mashinalarining qoldiq hosilni terish moslamasi (PDK). 
Paxta va ko‘sak terishning yangi usulida ko‘sak terish mashinalari kabi 
g‘o‘za tuplarini tarashga to‘g‘ri kelmaydi. Bunda mashinalarning maxsus 
valiklari ko‘saklarni ezib chiqadi-da, paxtasini tortadi, keyin shpindellar 
uni o‘ziga o‘rab oladi, ya’ni teradi. Chaqish valiklarining aylanma tezligi 
har xil bo‘lganligidan ular chaqilgan ko‘saklarning har pallasidan paxtani 
tortib oladi.
SKO—2,4, SKO—3,6, va SKO—5,4 ko‘sak terish mashinalari. SKO—2,4, 
SKO—3,6 va SKO—5,4 ko‘sak terish mashinalarining tuzilishi, texnologik 
ish jarayoni, sozlanish, moslanish tartibi hamda ularning texnikaviy qarovi 
amalda bir-biridan farq qil maydi. Mashinalar o‘rtasidagi asosiy farq ish 
apparatlarining har xil joylashganligidan iborat. Masalan, SKO—2,4 
mashinasida ish ap paratlari 60 sm li qator oralariga, SKO—5,4 va SKO—3,6 
ma shinalarida esa 90 sm li qator oralariga moslab joylashtirilgan; shu 
bilan birga, SKO—2,4 va SKO—3,6 mashinalari bir yo‘la to‘rt qatorning, 
SKO—5,4 mashinasi esa olti qatorning paxtasini teradi.
Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasining tuzilishi va 
ishlashi. Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi ham vertikal 
shpindelliga o‘xshab, shpindelli barabanlar, ajratkichlar, terilgan paxtani 
uzatish moslamasi, bunker kabi qismlardan iborat bo‘lib, ochilgan 
paxta hosilini terishga mo‘ljallangan. Bu mashina vertikal shpindelli 
mashinadan shpindelli barabani, ajratkichi va shpindellarni yuvib 
tozalash moslamasining tuzilishiga ko‘ra tubdan farq qiladi.
Mashina apparatining texnologik ish jarayoni. Erkin turgan g‘o‘zapoya 
shoxlari yo‘naltirgich (1) yordamida 70—100 mm qalinlikkacha kuchli 


30
siqilib, terish kamerasi (2) ga majburan tortib kiritiladi (1.6-rasm).
Kasseta (3) shpindellari (4) yo‘lakcha (6) ta’sirida ishchi kameraga 
deyarli perpendikular yo‘nalishda (A nuqda) kiritiladi va g‘o‘zapoyaning 
bir joyida aylanib turadi, chunki mashinaning siljish tezligi V
m
va 
kassetaning baraban bilan birgalikda oladigan chiziqli zichligi V
b
o‘zaro 
teng. Shu sababli, o‘z o‘qi atrofida aylanayotgan shpindel g‘o‘za oralig‘iga 
kirayotganida paxtani tishlari bilan ilintirib, o‘z ustiga halqa ko‘rinishida 
o‘rab oladi. Paxta o‘rab olgan shpindellarni g‘o‘za shoxlari orasidan tik 
yo‘nalishda (V nuqtada) sug‘urib olgan kasseta, VS nuqtalar oralig‘ida 
ilgari tomon keskin burilib, shpindellarning aylanishini tezlatadi. 
Markazdan qochirma kuchlar ortishi sababli paxtaga ilingan xas-cho‘plar 
darcha (5) dan tashqariga chiqarib yuboriladi, demak, paxta qisman 
tozalanadi. Bu keskin burilish hisobiga kassetadagi shpindel uchlari 
ajratkich likopchalari (7) ga tegadi. Shu vaqtdan boshlab, baraban bilan 
birga aylanayotgan kasseta teskari tomonga, ya’ni orqasiga burilishi 
hisobiga, shpindelning ajratkichga uzoqroq tegib turishini (kassetaning 
SD nuqtalari orasida) saqlab qoladi.
Kasseta o‘zining SD nuqtalari orasidagi masofada orqaga burilib, 
birinchidan, shpindelning ajratkich likopchalariga uzoqroq tegib turadi, 
ikkinchidan, shpindelning aylanish tezligi sezilarli kamayishi hisobiga 
o‘ralgan paxta halqasi inersiya kuchi ta’sirida qisman yechilib ulguradi, 
1.5-rasm. Paxta terish mashinasining tuzilishi va texnologik ish jarayonining chizmasi:
a) — yon tomonidan; b) — ust tomonidan ko‘rinishi; 1 — shpindelli barabanlar; 2 — 
shpindellar; 3 — ventilyator; 4 — tozalash barabani;
5 — ajratish barabani; 6 — bunker; 7 — yerga to‘kilgan paxtani yig‘gich;
8 — terish apparatlari bloki, 9 — qabul kamerasi; 10 — to‘skich;
11 — rama; 12 — boshqaruv maydonchasi; 13 — ajratkich.
13
12
4 5
3
6
11 10 9 8 7
13
1 2

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə