Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 QUYOSH SISTEMASI TO‘G‘RISIDA



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

3.2. QUYOSH SISTEMASI TO‘G‘RISIDA
UMUMIY MA’LUMOT
Quyosh. Quyosh quyosh sistemasiga kiruvchi planetalar: Merkuriy,
Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton hamda bir
necha minglab osmon jismlari markazida harakat qiluvchi, yuqoridagi
planetalarni yoritishda, ularning sathida, atmosferasida, qobiq qatlam-
larida yuz beradigan o‘zgarish, hodisa va jarayonlarni boshqarib turadigan
birdan-bir manba — kuch bo‘lib hisoblanadi.
Quyoshning diametri 1 390 000 km dan oshiqroq, yoinki Quyosh
sistemasiga kiruvchi hamma planetalarni qo‘shib hisoblaganda ularning
hammasi Quyosh hajmidan 600 barobar kichik bo‘ladi (Bayev, Shisha-
kov, 1959). Agar Yerga solishtiradigan bo‘lsak, Yer hajmi Quyosh haj-
midan 1 300 000, diametri esa, 109 barobar kichikdir. Yer bilan Quyosh
oralig‘idagi masofani ko‘z oldimizga keltiradigan bo‘lsak, bu masofa
150 000 000 km ni tashkil qilib, sekundiga 300 000 km tezlik bilan
harakatlanadigan Quyosh yorug‘lik nuri Yerga 8 minut-u 18 sekundda
yetib keladi.
Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha,
Quyoshning sirtidagi issiqlik harorati 5000 gradusga yetishi ma’lum
(Sattorov, 1973).
1
Quyoshdagi bunday yuqori haroratning mavjudligi
uning asosan vodorod (41%) hamda geliy (52%) elementlaridan tashkil
topganligi bilan tushuntiriladi.
Endi Quyoshning quyosh sistemasiga kiruvchi planetalarga ta’siri
masalasiga qaytsak, bu planetalarning unga uzoq-yaqinligiga qarab,
ularning sathidagi harorat ham turlichadir. Bu harorat ayniqsa, tun bilan
kunning almashishida yaqqol ko‘rinadi. Quyosh bilan Yer oralig‘idagi
planetalarda harorat Yerga nisbatan yuqori ekanligi bilan farq qilsa,
Yerdan keyingi turuvchi planetalarda bu harorat pastligi bilan xarakter-
lanadi.
Quyosh sistemasidagi planetalarning unga yaqin-uzoqligi faqat
ulardagi issiqlik haroratigagina ta’sir qilib qolmay, balki ularning hajmiga,

Koinotda shunday yulduzlar borki, ulardagi issiqlik harorati hatto 50000 gradusga
boradi (I. Sattorov, 1973).


4 6
zichlik darajasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, yer guruhiga kiruvchi
planetalar (Merkuriy, Venera, Yer, Mars) zichligi nihoyatda yuqori
bo‘lib, 3,9—6 g/km
3
oralig‘ida o‘zgarsa, yer guruhiga kiruvchi planeta-
lardan keyin joylashgan gigant planetalar (Yupiter, Saturn, Uran,
Neptun, Pluton) zichligi 0,7—1,6 oralig‘ida o‘zgaradi, xolos. Bu esa,
Quyoshning o‘zidan uzoqda harakat qiluvchi planetalarga bo‘lgan
ta’sirining kamayib borishi bilan tushuntiriladi.
Quyida ana shu quyosh sistemasiga kiruvchi planetalardan Yer va
uning yo‘ldoshi Oy to‘g‘rsidagi qisqacha ma’lumotlarni keltiramiz.
1
Yer. Quyosh sistemasidagi boshqa planetalardan hajmi, zichligi,
o‘ziga xos atmosferasi, tabiiy sharoiti, relyefi, geologik tuzilishi, undagi
hayotning mavjudligi va qator xossa hamda xususiyatlari bilan farq qiladi.

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə