Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

O.K.Lange
(1883—1975).


3 0
yilga kelib O‘rta Osiyo industrial
(hozirgi Toshkent texnika univer-
siteti) sanoat institutiga aylantirildi.
1933- yili Sama r qan d d a ha m
o‘zbek (hozirgi Samarqand) Davlat
universiteti ochilib, geologiya soha-
sida ham mutaxassislar tayyorlana
boshladi. 1932-yillar O‘zbekistonda
ilmiy-tekshirish ishlarini ham bosh-
lab yuborilish davri bo‘ldi.
Shuning uchun ham 1933-yili
O‘zbekistondagi ilmiy-tekshirish
tashkilotlariga boshchilik qilish ish-
larini yo‘lga qo‘yish maqsadida res-
publika fan komiteti tuzildi. Bu
komitet qoshida qator ilmiy-tekshi-
rish tashkilotlari, jumladan, geolo-
giya, kimyo, botanika institutlari,
sektor va bo‘limlari ochilishiga sa-
babchi bo‘ldi.
1934-yili O‘rta Osiyo industrial instituti qoshida tog‘ geologiyasi
fakulteti ochildi va to‘rt soha bo‘yicha — geologiya va rudali konlarni
qidirish, ruda bo‘lmagan qazilmalar, yonuvchi qazilmalar, gidrogeolo-
giya va injenerlik geologiyasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlana bosh-
lanadi.
1935-yili O‘rta Osiyo davlat universiteti qoshida tuproqshunoslik,
geologiya-geografiya fakulteti, keyinchalik bu fakultet asosida geologiya,
geografiya, biologiya fakultetlari ochildi.
1940-yillarga kelib respublika Oliy o‘quv yurtlarida tayyorlangan mu-
taxassislar jamoasi vujudga keldi. Bular: X. M. Abdullayev, G‘. O. Mav-
lonov, V. I. Popov, N. A. Kenesarin, E. M. Isamuhamedov, O. I. Islo-
mov, O. S. Sodiqov, K. A. Boboyev, A. L. Petrov, M. Mirboboyev,
E. N. Minakova, A. B. Batalov, B. A. Bederlar edi. O‘zbekistonda bunday
katta olimlar jamoasining vujudga kelishi O‘zbekiston geologiya fani u
yoki bu yo‘nalishlarining, to‘g‘rirog‘i, u yoki bu soha bo‘yicha maktab-
larning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldi.
Bunday yo‘nalishlardan biri petrometallogeniya yo‘nalishi bo‘lib, bu
yo‘nalishning O‘zbekistonda tashkil topishi va rivojlanishida X. M. Ab-
dullayevning roli kattadir (2.7-rasm). Uning mazkur sohada yaratgan
asarlari faqat O‘zbekiston hududi uchun taalluqli bo‘lmay, balki butun
planetamizga ham taalluqlidir. U birinchi bo‘lib O‘rta Osiyoni alohida
metallogenik maxsus provinsiya sifatida ajratdi, u o‘zining qisqa, lekin
sermahsul va sermazmun hayoti davomida 130 dan ortiq asar yozdi.
2.7-rasm

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə