Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Palegidrogeologiya. Gidrogeologiyaning bu tarmog‘i yer osti suvla-
rini Yer tarixiy taraqqiyoti mobaynida vujudga kelgan yer qobig‘i tog‘
jinslari qatlamlari hosil bo‘lish davri bilan bog‘lagan holda o‘rganadi,
u yoki bu yoshga ega bo‘lgan yer osti suvli qatlamlarini ajratadi, ularning
paydo bo‘lish, o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlaydi;
Gidrogeoseysmologiya — yer osti suvlarining tarkibini, xossa va xusu-
siyatlarini yer qimirlash hodisasining tayyorlanish, vujudga kelish davri
bilan bog‘liq holda o‘zgarishi qonuniyatlarini o‘rganadi. Bu tarmoq
asosan O‘zbekistonda 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin vujudga
keldi. O‘zbekistonda va unga yondosh hududlarda sodir bo‘lgan qator
yer qimirlashlarni bashorat qilishga erishildi (G‘.O. Mavlonov, A.N. Sul-
tonxo‘jayev va boshqalar);
Meliorativ gidrogeologiya tarmog‘ining asosiy maqsadi sug‘orilayot-
gan va yangi o‘zlashtirilayotgan maydonlardagi mavjud yer osti suvla-
rining vujudga kelishi, o‘zgarish qonuniyatlarini, fasllar, uzoq yillar


1 7
mobaynidagi rejimini, ana shu yerlarda yer osti suvlari ta’sirida paydo
bo‘layotgan botqoqlanish, sho‘rlanish va boshqa qator texnogen
jarayonlarni, ulardan qutulish yo‘llarini, qishloq xo‘jaligi ekinlariga
ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini, yog‘ingarchilik kam bo‘lgan yillarda ulardan
qishloq va xalq xo‘jaligida foydalanish yo‘llarini o‘rganadi. Bu fan
O‘zbekistonda o‘zining 3 000 yildan uzoq tarixiga ega;
Qazilma konlari gidrogeologiyasi — konlarning gidrogeologik sharoiti-
ni o‘rganish, yer osti suvlarining foydali qazilmalarni qazib olish ishlariga
ko‘rsatadigan ta’sirini va unga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish
hamda konlarni qazib olish, saralash jarayonida kerak bo‘ladigan yer
osti suvlari miqdorini aniqlash, ichish maqsadlari uchun yaroqli ekanligi
darajalarini baholash bilan shug‘ullanadi;

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə