Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Seysmotektonika. Geologiyaning bu bo‘limi zilzilalarning vujudga
kelish tarixiy taraqqiyot sharoitlarini o‘rganadi, tahlil etadi, kerakli ilmiy
va amaliy xulosalar chiqaradi. Bu bo‘limning asosiy tadqiqot obyekti
bo‘lib mezozoy va kaynozoy geosinklinal oblastlarida
1
vujudga kelgan
alp geosinklinallari, epigeosinklinallar
2
, epipatforma
3
va materiklar,

Geosinklinal oblastlari — bu Yer tarixiy taraqqiyotining ma’lum davrlarida, uning
ma’lum qismlarining cho‘kishi va pasayishi oqibatida vujudga kelgan juda katta qalinlikdagi
(10—20 km) cho‘kindi tog‘ jins qatlamlari yig‘ilgan yirik botiq sath. Bu sath, yer osti
harakatlari natijasida jiddiy bukilmalarni vujudga kelishi, qayta-qayta cho‘kishi va ko‘ta-
rilishi, magmatik harakatlarining turli-tumanligi bilan ajralib turuvchi dengiz ichida yoki
materikda paydo bo‘lgan yer qobig‘ining asosiy geotektonik elementlaridan biri bo‘lib,
nihoyatda murakkab geokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘luvchi minerallar,
konlarning ham manbayi bo‘lib hisoblanadi. Arxangelskiy fikricha hozirgi zamon geo-
sinklinal oblastlariga Kuril, Yaponiya, Aleut orollari, Kamchatka yarim oroli, Koreya
cho‘ziq tog‘i, Tinch okeanining Osiyo chegaralariga yopishgan qismi, O‘rta Osiyoning
tog‘li hududlari kiradi.

Epigeosinklinal oblastlari — bu yer tarixiy taraqqiyoti jarayonida vujudga kelgan
geosinklinal oblastlari o‘rnida paydo bo‘lgan hududlar hisoblanadi. Bu hududlar ko‘tarilish
oblasti — antiklinal va ular oralig‘ida ikkilamchi bukilmalar — sinklinallardan tashkil
topgan bo‘ladi.

Epiplatforma oblastlari — bu o‘ziga xos mustaqil rivojlanishga, geologik tuzilishga,
nisbatan chuqur tektonik yoriqlarga ega, ko‘tarilish va cho‘kish jarayonlarning tezligi
har xil bo‘lgan yer tarixiy taraqqiyotining mezozoy-paleogen davrlari tekisliklari zami-
nida vujudga kelgan oligosen to‘rtlamchi davr tog‘ va tog‘ oralig‘i hududlaridir.


1 3
okeanlardagi riftlar
1
hamda shu vaqtlarda tektonik harakatlar nihoyatda
tezlik bilan yuz berayotgan hududlar hisoblanadi.
Seysmotektonika yo‘nalishi respublikamizda 1960-yillardan, ayniqsa,
1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin yuqori darajada rivojlandi.
Geologiya yo‘nalishidagi fanlarga «Gidrogeologiya» va «Injenerlik
geologiyasi» fanlari ham kiradi. Ushbu darslik ana shu fanlarning maq-
sadi va vazifalariga, ularning o‘rganish obyektlariga, uslub va usullariga
bag‘ishlanganligi tufayli, bu fanlar to‘g‘risida darslikning keyingi bob-
larida mukammal to‘xtalinadi.

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə